O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Mustaqillik yillarida kurashning rivojlanishi



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

1.2. Mustaqillik yillarida kurashning rivojlanishi 
 
Asrlar davomida shakllangan, shaxsning kamolotga erishuvida 
muhim ahamiyat kasb etgan kurash ba’zi davrlarda, xususan, 130 
yildan ziyod vaqt davom etgan chor mustamlakasi va sho‘rolar 
hukmronligi paytida anchayin zavol topdi, oyoqosti qilindi. Totalitar 
tuzum mutasaddilari mahalliy xalqni ruhan ko‘taradigan, mudroq 
qalbini uyg‘otib, faxr va g‘urur bag‘ishlaydigan kurash singari milliy 
qadriyatlarimizning payini qirqishdan manfaatdor edilar. Shu bois 
ham avloddan-avlodga o‘tib, sayqal topib kelgan kurash sho‘rolar 
davrida ro‘yobga chiqa olmadi. 
Biroq jismu dilida buyuk ajdodlar qoni gupurib turgan, 
ularning ma’naviy merosidan qandaydir darajada bahra olgan beli 
baquvvat polvonlar tor doirada bo‘lsa ham kurash udumiga sodiq 
qoldilar. Faqatgina O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 
kurashga qaytadan ruh bag‘ishlandi. Bayramlaru sayillarga yana 
kurash kirib keldi. 
Asrlar sinovidan, murakkab davrlardan mardona o‘tgan, 
chinakam mardlar raqiblar bahsi, ezgu niyatlar, oliy maqsadlar bo‘lib 
e’tirof etilgan kurash yana xalq nazariga tushdi. Davlat, mamlakat 
darajasidagi muhim ishga aylandi. Bir necha yildirki, jahon 
ommasining mehrini qozonib, dunyo sport sahnasida o‘z o‘rnini 
topdi. 
1991-yil 7-10-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz 
tumanida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikasining polvonlari 
ishtirokida o‘tkazilgan katta kurash musobaqasi (sayli), oldingi 
musobaqalardan tubdan farq qildi. Chunki unda polvonlar mutloq 
yangi bo‘lgan qonun-qoidalar asosida kurashishdi. Ana shu yangi 
qonun- qoidalar asosida 1992-yildan boshlab nufuzli bellashuvlar 
boshlanib ketdi. Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
o‘tmishda yashab o‘tgan barcha pahlavonlar va ulug‘ allomalarning 
ruhlarini shod etishni kurash bo‘yicha xalqaro turnirlar o‘tkazish 
bilan boshlagan edilar. Qorako‘lda Tursun ota, Shahrisabzda Amir 
Temur, Surxondaryoda At- Termiziy, Buxoroda Bahouddin 


12 
Naqshband, Andijonda Bobur Mirzo, Xorazmda Pahlavon Mahmud 
xotirasiga bag‘ishdab Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro 
turnirlar kurashni yuksak darajaga ko‘tarilishida, sport olamiga yangi 
tur bo‘lib kirishiga katta hissa qo‘shdi. Chunki kurash ilk 
musobaqalardayoq jozibadorligi va jangovorligi, go‘zalligi va 
halolligi bilan barcha ishtirokchilarning, xorijiy mutaxassislarning 
mehrini qozondi. 
Milliy sport turini dunyo sportiga aylantirish uchun 
mamlakatimizda tashkil etilgan bu bellashuvlar kamlik qilardi. 
Albatta, shuning uchun ham Janubiy Koreya (1992 yil), Kanada 
(1993), Litva (1993), Yaponiya (1994), Irlandiya (1997), Hindiston 
(1995), Atlanta (1996), Moskva (1998), Fransiyada o‘tkazilgan yirik 
sport anjumanlarida to‘plangan mutaxassis va muxlislarga 
tashabbuskorlar tomonidan kurash haqida atroflicha ma’lumotlar 
berildi, ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. 
Tinimsiz mehnat, ko‘plab izlanish va sa’y-harakatlar bekor 
ketmadi. 1998-yil 6-sentabrda Lotin Amerikasi, Yevropa va Osiyo 
qit’asining 28 ta davlatidan kelgan vakillar ishtirokida Toshkentda 
bo‘lib o‘tgan ta’sis kongressida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi 
(KXA) tuzilganligi, xalqimizning milliy qadriyati “kurash” nomi 
bilan jahon maydoniga chiqqanligi e’tirof etildi
3

Shunday 
qilib 
ta’kidlash mumkinki, Kurash dunyo 
sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, avlodu ajdodlardan bizgacha 
yetib kelgan ma’naviy meros - katta bir xazina. Bu xazina bugun 
farzandlar tarbiyasida muhim omil bo‘lmoqda. Sayyoramizning turli 
qit’a va yurtlarida istiqomat qiluvchi ne-ne xalqlar, elatlar kurashning 
jozibasiga, uning insonparvarlik, baynalminallik, bag‘rikenglik 
g‘oyalariga mahliyo bo‘lib, sevimli sport turi sifatida qabul 
qilmoqdalar 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin