37
Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar
1. Milliy kurash necha yillik tarixga ega.
2. “Oynoma” asarida qanaqa ma’lumotlar berilgan
3. Ibn Sinoning jismoniy tarbiya haqidagi fikrlarini bayon
qiling
4. Alisher Navoiyning kurash haqidagi fikrlarini bayon qiling
5. Xalq og‘zaki ijodida kurash qanday ta’riflangan
6. Xalq bahodirlari haqida ma’lumot bering
7.Birinchi kurash maktabi qachon ochilgan?
8. Ilmiyamin Ilimbuva kim?
9. Milliy kurashning yangi qonun-qoidalari qachon kim
tomonidan ishlab chiqilgan?
10. Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi (KXA)
tuzilmasini
tushuntirib bering.
11. Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Faxriy prezidentlari
kimlar?
12. Xalqaro “Kurash” Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
nechanchi yil qabul qilindi?
13 Dunyoda milliy kurashni ommaviylashtirish maqsadida
nima ishlar amalga oshirildi
14. Bugungacha nechta Jahon chempionatlari o‘tkazilgan.
38
II BOB. MILLIY KURASHDA O‘QITISH USLUBIYATI
2.1. Milliy kurashda o‘qitishning maqsad va vazifalari
Milliy kurashda o‘qitish - bu milliy kurash nazariyasi va uni
o‘qitish usullari to‘g‘risidagi bilimlar kurashchining asosiy o‘ziga
xos
musobaqa, hakamlik, pedagogik, tashkiliy faoliyati hisoblangan
ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishga qaratilgan maqsadli
tashkil qilingan pedagogik jarayondir.
O‘qitish maqsadi shug‘ullanuvchilarda
murabbiyning kasb
faoliyati
konsepsiyasini
aks
ettiruvchi
bilimlar
tizimini
shakllantirishdan iborat. Ushbu konsepsiya bilimlar va malakalar,
ilmiy fikrlash uslublari, shug‘ullanuvchilarda ongli hamda amaliy
faoliyatga ijodiy munosabatni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Milliy kurash fanining o‘ziga xos sharoitlari hamda
xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy
vazifalar quyidagilardan
iborat:
- milliy kurash nazariyasi va o‘qitish uslubiyati bo‘yicha
bilimlarning optimal hajmi, har tomonlamaligi va yetarlicha chuqur
bo‘lishini ta’minlash;
- ijodiy anglash imkoniyatlarini takomillashtirish;
- kurashchining umumiy tayyorgarlik mashqlarini bajarish
malakalarini shakllantirish va takomillashtirish;
- kurash texnikasi-usullari, himoyalanishlar va qarshi usullarni
bajarishni shakllantirish hamda takomillashtirish;
- musobaqa bellashuvlaridagi texnik-taktik harakatlarning
optimal hajmi va turli xilligini shakllantirish;
- o‘quv, o‘quv-mashg‘ulot, nazorat, musobaqa va ko‘rgazmali
bellashuvlarni olib borish ko‘nikmalari
hamda malakalarini
shakllantirish;
- kurash usullarini bajarish, texnikasini tahlil qilish bilimlari,
malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
- kurash texnikasini ko‘rsatib berish va tushuntirish malakasini
egallash;
- murakkab texnik-taktik harakatlarni bajarishga o‘rgatish va
takomillashtirish
bilimlari,
malakalari
hamda
ko‘nikmalarini
shakllantirish va takomillashtirish;
- kurash bo‘yicha darslarni tahlil qilish va o‘tkazish
malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
39
- kurash musobaqalariga hakamlik qilish va ommaviy sport
tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazish bilimlari,
malakalari va
ko‘nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: