O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Musobaqa mashqlari mavjud musobaqa qoidalariga muvofiq 
sport ixtisosligi vositasi hisoblangan harakatlar majmuasini bajarishni 
nazarda tutadi. Milliy kurashda ularga nazorat va musobaqa 
bellashuvlari kiradi. 
Nazorat bellashuvi musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirilgan 
sharoitlarda raqiblarning o‘zaro to‘liq qarshilik ko‘rsatishi bilan 
o‘tkaziladi. 
Uning maqsadi-kurashchining mashqlanganlik darajasi, uning 
musobaqalarda ishtirok etishga bo‘lgan tayyorgarligini belgilash, 
kurashchining u yoki bu texnik-taktik harakatlarni egallab olganlik 
darajasini aniqlashdir. Nazorat bellashuvi musobaqa qoidalariga mos 
bo‘lgan formula bo‘yicha o‘tkaziladi, uni to‘xtatish va qandaydir 
tushuntirishlar bilan birga olib borish mumkin emas. Xatolar 
bellashuv tugagandan so‘ng tahlil qilinadi. 
Musobaqa bellashuvi musobaqa qoidalariga muvofiq holda 
o‘tkaziladi. Uning maqsadi-o‘z vazn toifasida eng kuchli kurashchini 
aniqlashdir. Musobaqa bellashuvida kurashchi tayyorgarligining 
hamma tomonlarini keyingi takomillashtirilishi amalga oshiriladi. Bu 
bellashuvlar 
o‘zining 
ruhiy 
shiddatiga 
ko‘ra 
kurashchi 
musobaqalarda 
o‘tkazadigan 
bellashuvlarga 
yaqinlashtirilishi 
mumkin. 
3.4. Milliy kurash mashg‘uloti uslublari 
Sport mashg‘uloti jarayonida 2-bobda ochib berilgan hamma 
harakatlarga o‘rgatish uslublari qo‘llaniladi. Biroq mashg‘ulot 
jarayonining asosiy vazifasi yuqori sport natijalariga erishishdan 
iborat ekan, uni hal etish uchun asosan kurashchining funksional 
imkoniyatlarini oshirish hamda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan uslublardan foydalaniladi. 
Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar uslublari tizimi 
mashg‘ulotning asosiy uslubiy to‘plamini tashkil etadi. Harakatlarga 
o‘rgatish - bu butun va bo‘laklangan uslublardir
4

O‘rganilayotgan harakatlarni takomillashtirishda harakatlar 
tuzilmasini buzmagan holda jismoniy sifatlarning rivojlanishini 
rag‘batlantrishga 
yordam 
beradigan 
qo‘shimcha 
yuklamalar 
sharoitlarida 
harakatlarning 
butunligicha 
bajarilishi 
bilan 
tavsiyalanadigan uslublar, ya’ni mashqlarni birgalikda bajarish uslubi 
4
F.A.Kerimov. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. 2005 y.


53 
yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, tashlashlarni takomillashtirish 
paytida og‘irroq vazndagi raqib tanlanadi, bunda tashlashni bajarish 
texnikasi xatolarsiz aniq amalga oshirilishi lozim. Bu tezkorlik-kuch 
sifatlarini 
tashlash 
texnikasini 
yaxshilash 
bilan 
birgalikda 
rivojlantirishga yordam beradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin