13
Kongress. Doimiy ishlovchi organ bo‘lmish - Ijroiya qo‘mitasi o‘tgan
davr mobaynida to‘la shakllandi va muntazam ish olib bormoqda, 15
kishidan iborat qo‘mita o‘zida O‘zbekiston, JAR, Boliviya,
Hindiston, Yangi Zelandiya, Polsha,
Vengriya, Turkiya, Eron va
Niderlandiyadan iborat davlat vakillarini birlashtirgan. Ijroiya
qo‘mita bir yilda eng kamida ikki marta to‘liq tarkib bilan yig‘iladi.
Pan-Amerika, Okeaniya, Afrika, Osiyo va Yevropadan iborat, jami 5
qit’ada
Assotsiatsiyaning
mintaqaviy
bo‘limlari,
ya’ni
Konfederatsiyalari ham tashkil etilgan va ular keng faoliyat olib
bormoqda. Dunyoning 100 ga yaqin davlatida
esa Kurash Xalqaro
Assotsiatsiyalari rasman tashkil etilgan. KXA a’zosi sanalmish har
bir davlatlarda 100 dan ziyod klublar ishlab turibdi.
2.Musobaqa raqami: KXA tuzilganidan beri dunyo bo‘ylab
1000 dan ziyod yirik va nufuzli musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ular
qatoriga
Jahon
chempionatlari,
o‘smirlar o‘rtasida Jahon
birinchiliklari,
o‘smirlar va kattalar o‘rtasida kontinental
chempionatlar, xalqaro turnir va homiylik
asosida tashkil etilgan
musobaqalar, kubok musobaqalari kiradi. Hozirgacha 10 ta Jahon
chempionati bo‘lib o‘tdi. 2005-yildan boshlab jahon chempionatlari
har 2 yilda o‘tkaziladi. Qolgan barcha musobaqalar har yili bo‘lib
o‘tadi. Kattalar va o‘smirlar o‘rtasida kontinental chempionatlar ham
doimiy o‘tkazilmoqda. Birinchi Yevropa chempionati 1999-yil
Belorussiyaning Minsk shahrida, birinchi Osiyo chempionati 2001-
yil O‘zbekistonning
Toshkent shahrida, birinchi Afrika chempionati
2001-yil Afrikaning Xartenbos shahrida, birinchi Pan-Amerika
chempionati 2002-yil
Boliviyaning La-Pas shahrida, birinchi
Okeaniya Chempionati 2003-yil Yangi Zellandiyaning Oklentd
shahrida bo‘lib o‘tgan.
Buyuk Britaniya Kurash Milliy Federatsiyasi 2000-yil dan
boshlab London shahrida an’anaviy Kurash Assotsiatsiyasi Faxriy
Prezidenti Islom Karimov xalqaro turnirini muntazam o‘tkazib
kelmoqda.
Bundan tashqari, Kurash Milliy Federatsiyasi har yil eng
kami yoshlar, ayollar, kattalar bo‘yicha 5 ta milliy chempionatlar va
3 ta turnirlar o‘tkazib kelmoqda.
3.Xalqaro munosabatlar, KXA rahbariyati Xalqaro Olimpiya
qo‘mitasi, Xalqaro Sport Tashkilotlari
Bosh Assotsiatsiyasi, Osiyo
Olimpiya Kengashi, Futbol, Dzyudo, Djit-su, FILA, Og‘ir atletika,
Sambo kabi Jahon sport Federatsiyalari bilan hamkorlik o‘rnatgan.
Bu faoliyat kurashni dastlab mintaqaviy va qit’aviy o‘yinlariga, keyin
esa yozgi Olimpiyada o‘yinlariga kiritishga qaratilgandir.