62
faoliyatida ma’lum bir toliqishni yengib o‘tgan
taqdirdagina uning
chidamliligi takomillashadi. Jismoniy toliqish va chidamlilik asosida
mushak faoliyatining turli xildagi ta’minoti jarayonlari yotganligini
bilgan holda ularning faoliyat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun
ularga maqsadli ta’sir etish mumkin.
Mashg‘ulot yuklamasi, kurashchi organizmiga ta’sir ko‘rsatish
chorasi sifatida, quyidagi tavsiflar bilan belgilanadi:
- mashq shiddati;
- mashq davomiyligi;
- takrorlash soni;
- dam olish oralig‘i davomiyligi;
- dam olish xususiyati.
Bajarilayotgan mashq shiddati energiya ta’minotining aerob va
anaerob jarayonlari nisbati xususiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan
yuklamaning eng muhim tavsifi hisoblanadi. Bunda to‘rtta shiddat
zonasini ajratish qabul qilingan: maksimal, submaksimal, katta, sust.
Mashq davomiyligi uni bajarish shiddatiga nisbatan teskari
bog‘liqlikka ega. Ish davomiyligining 20 - 25 sekunddan 4 - 5
minutgacha ko‘payishi bilan uning shiddati keskin kamayadi.
Mashqning energiya ta’minoti turi uning davomiyligiga bog‘liq.
Anaerob-alaktat tartibdagi mashqlar davomiyligi 3-8 sekundga,
anaerob-glikolitik rejimda 20 sekunddan 3 minutgacha hamda aerob
tartibda - 3 minutdan va ko‘proqqa teng.
Mashqlarni takrorlash soni ularning organizmga ta’sir
ko‘rsatish darajasini belgilaydi.
Aerob sharoitlarda ishlashda takrorlash sonini ko‘paytirish
nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatini yuqori darajada uzoq
vaqt ushlab turishga majbur qiladi.
Anaerob tartibda mashqlarni
takrorlash soni kislorodsiz
mexanizmlarning tugashiga yoki markaziy asab tizimining qurshovda
qolishiga olib keladi.
Dam olish oralig‘i davomiyligi organizmning mashg‘ulot
yuklamasiga bo‘lgan javob reaksiyasi hajmi singari, uning
xususiyatini ham aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Bunda dam
olish
oraliqlarida
sodir
bo‘ladigan
tiklanish
jarayonlari
quyidagilardan iborat:
- tiklanish jarayonlari tezligi bir xil emas - avval tiklanish tez
kechadi, so‘ng sekinlashadi;
- turli ko‘rsatkichlar har xil vaqtdan keyin tiklanadi;
63
-
tiklanish
jarayonida
ish
qobiliyati
va
boshqa
ko‘rsatkichlarning fazali o‘zgarishi kuzatiladi.
Dam olish oralig‘i tiklanish uchun yetarli bo‘lgan sust shiddatli
mashqlarni bajarishda har bir keyingi urinish taxminan avvalgisiga
o‘xshagan ko‘rinishda boshlanadi.
Ushbu holda dam olish oralig‘ini
kamaytirishda yuklama
ko‘proq aerob yuklamaga aylanadi, chunki odatda 3-4 minutga kelib
vujudga kelayotgan nafas olish jarayonlari ham o‘z kuchini saqlab
qolgan bo‘ladi.
Maksimal va submaksimal quvvatli mashqlardagi dam olish
oralig‘ini kamaytirish yuklamani anaerob yuklamaga aylantiradi,
chunki mashq takrorlangan sari kislorod qarzi oshib boradi.
Dam olish xususiyati mashqlar o‘rtasida faol, sust va aralash
bo‘lishi mumkin.
O‘qitishning kritik nuqtasiga yaqin bo‘lgan tezlikda ishlash
paytida faol dam olish nafas olish jarayonlarini
yuqori darajada
ushlab turishga yordam beradi va ishdan dam olishga hamda
aksincha holatga keskin o‘tishning oldini oladi. Bu yuklamani
ko‘proq aerob yuklamaga olib keladi. Bundan tashqari, og‘ir
mehnatdan so‘ng faol dam olish tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi.
Mashqlar o‘rtasida sust dam olish paytida sportchi, butkul tinch
holatda bo‘lib, hech qanday harakatlarni bajarmaydi.
Chidamlilikni
rivojlantirish
uchun
quyidagi
uslublar
qo‘llaniladi: bajariladigan mashqlar
hajmi va shiddatini oshirish,
o‘zgaruvchan, oraliqli, o‘zgaruvchan-oraliqli, takrorlash.
Hajmni oshirish uslubi shundan iboratki, jismoniy mashqlarni
bajarish vaqti mashg‘ulotlardan mashg‘ulotga asta-sekin oshib
boradi. Bu uslub mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirishini nazarda tutadi.
Shiddatni oshirish uslubi jismoniy mashqlarni bajarish sur’ati,
shuningdek,
butunlay
mashg‘ulot
zichligini
mashg‘ulotdan
mashg‘ulotga asta-sekin oshirib borishni ko‘zda tutadi.
O‘zgaruvchan
uslub shundan iboratki, jismoniy mashqlar har
xil sur’atda bajariladi. Bunda past sur’atda o‘tkaziladigan vaqt
bo‘laklari mashg‘ulotdan mashg‘ulotga kamayib, baland sur’atda
o‘tkaziladiganlari ortib boradi.
Oraliqli uslub shundan iboratki, bunda jismoniy mashqlar
bo‘laklarga bo‘linib (yondashishlab), sust va faol dam olish oraliqlari
bilan bajariladi. Mashg‘ulot vazifalari mashqlarni bajarish sur’ati va
davomiyligiga, shuningdek kurashchining mashqlanganlik darajasi
64
hamda kayfiyatiga qarab, ish hamda dam olish oraliqlari
davomiyligiga ko‘ra har xil bo‘lishi lozim.
Takrorlash
uslubi
shundan
iboratki,
sportchi
bir
mashg‘ulotning o‘zida yoki bir nechta mashg‘ulotda hajmi va
shiddatiga ko‘ra bir xil bo‘lgan mashqlarni takrorlaydi.
Kurash mashg‘uloti jarayonida hamma
uslublar bir-biri bilan
turlicha
uyg‘unlashtirilgan
holda
qo‘llaniladi.
Chidamlilikni
tarbiyalash samaradorligi ko‘p jihatdan mashg‘ulot jarayonining
oqilona tuzilganligi bilan belgilanadi. Turli yo‘nalishdagi mashqlarni
bajarishda ma’lum bir ketma-ketlikka amal qilish va ularning ijobiy
o‘zaro ta’sir etishini ta’minlash juda muhimdir. Quyidagi ketma-
ketlikka rioya etish maqsadga muvofiqdir:
5
- avval alaktat-anaerob mashqlar (tezkor va tezkor kuch),
so‘ngra anaerob-glikolitik (kuch chidamliligi uchun) mashqlar;
- avval alaktat -anaerob, so‘ngra aerob mashqlar (umumiy
chidamlilik uchun);
- avval anaerob-glikolitik, keyin aerob mashqlar.
Agar mashqlar ketma-ketligi teskari bo‘lsa, tez mashg‘ulot
samarasining o‘zaro ta’siri salbiy bo‘ladi hamda bunday mashg‘ulot
kam foyda beradi.
Dostları ilə paylaş: