O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Kurashchining chidamliligi va uni rivojlantirish uslubiyati



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
4.3. Kurashchining chidamliligi va uni rivojlantirish uslubiyati 
 
Kurashchining chidamliligi - bu butun bellashuv davomida 
harakatlarni yuqori sur’atda bajarish va butun musobaqa davrida bir 
nechta bellashuvlarni shiddat bilan o‘tkazish qobiliyatidir. Yuqori 
darajadagi chidamlilik kurashchiga katta mashg‘ulot va musobaqa 
yuklamalarini o‘zlashtirishga, musobaqa faoliyatida o‘zining harakat 
qobiliyatlarini to‘laqonli ravishda amalga oshirishga imkon beradi. 
Kurashda umumiy va maxsus chidamlilik mavjud. 
Umumiy chidamlilik deganda sportchining sust shiddatdagi 
ishni uzoq vaqt bajarishga bo‘lgan qobiliyati tushuniladi. 
Maxsus chidamlilik kurashchining musobaqa bellashuvi 
davomida turli xususiyatdagi harakatlar va amallarni har xil 
kuchlanishlar bilan, hamda gavdaning turli holatlarida yuqori 
sur’atda bajarish qobiliyati orqali tavsiflanadi. 
Kurashchining musobaqa faoliyati ko‘p qirrali va mushak 
tizimining ulkan ishi bilan bog‘liq (kurashda statik va dinamik 
tartibda ishlovchi deyarli hamma mushak guruhlari qatnashadi). 
Shuning uchun chidamlilik nafaqat ishlayotgan mushaklarga yetkazib 
beriladigan kislorod miqdori bilan, balki mushaklarning o‘zining 
uzoq vaqt davom etadigan kuchli zo‘riqishli ishga bo‘lgan 
moslashishi bilan aniqlanadi. Kurashchi mashg‘ulot va musobaqa 


62 
faoliyatida ma’lum bir toliqishni yengib o‘tgan taqdirdagina uning 
chidamliligi takomillashadi. Jismoniy toliqish va chidamlilik asosida 
mushak faoliyatining turli xildagi ta’minoti jarayonlari yotganligini 
bilgan holda ularning faoliyat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun 
ularga maqsadli ta’sir etish mumkin. 
Mashg‘ulot yuklamasi, kurashchi organizmiga ta’sir ko‘rsatish 
chorasi sifatida, quyidagi tavsiflar bilan belgilanadi: 
- mashq shiddati; 
- mashq davomiyligi; 
- takrorlash soni; 
- dam olish oralig‘i davomiyligi; 
- dam olish xususiyati. 
Bajarilayotgan mashq shiddati energiya ta’minotining aerob va 
anaerob jarayonlari nisbati xususiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan 
yuklamaning eng muhim tavsifi hisoblanadi. Bunda to‘rtta shiddat 
zonasini ajratish qabul qilingan: maksimal, submaksimal, katta, sust. 
Mashq davomiyligi uni bajarish shiddatiga nisbatan teskari 
bog‘liqlikka ega. Ish davomiyligining 20 - 25 sekunddan 4 - 5 
minutgacha ko‘payishi bilan uning shiddati keskin kamayadi. 
Mashqning energiya ta’minoti turi uning davomiyligiga bog‘liq. 
Anaerob-alaktat tartibdagi mashqlar davomiyligi 3-8 sekundga, 
anaerob-glikolitik rejimda 20 sekunddan 3 minutgacha hamda aerob 
tartibda - 3 minutdan va ko‘proqqa teng. 
Mashqlarni takrorlash soni ularning organizmga ta’sir 
ko‘rsatish darajasini belgilaydi. 
Aerob sharoitlarda ishlashda takrorlash sonini ko‘paytirish 
nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatini yuqori darajada uzoq 
vaqt ushlab turishga majbur qiladi. 
Anaerob tartibda mashqlarni takrorlash soni kislorodsiz 
mexanizmlarning tugashiga yoki markaziy asab tizimining qurshovda 
qolishiga olib keladi. 
Dam olish oralig‘i davomiyligi organizmning mashg‘ulot 
yuklamasiga bo‘lgan javob reaksiyasi hajmi singari, uning 
xususiyatini ham aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Bunda dam 
olish 
oraliqlarida 
sodir 
bo‘ladigan 
tiklanish 
jarayonlari 
quyidagilardan iborat: 
- tiklanish jarayonlari tezligi bir xil emas - avval tiklanish tez 
kechadi, so‘ng sekinlashadi; 
- turli ko‘rsatkichlar har xil vaqtdan keyin tiklanadi; 


63 

tiklanish 
jarayonida 
ish 
qobiliyati 
va 
boshqa 
ko‘rsatkichlarning fazali o‘zgarishi kuzatiladi. 
Dam olish oralig‘i tiklanish uchun yetarli bo‘lgan sust shiddatli 
mashqlarni bajarishda har bir keyingi urinish taxminan avvalgisiga 
o‘xshagan ko‘rinishda boshlanadi. 
Ushbu holda dam olish oralig‘ini kamaytirishda yuklama 
ko‘proq aerob yuklamaga aylanadi, chunki odatda 3-4 minutga kelib 
vujudga kelayotgan nafas olish jarayonlari ham o‘z kuchini saqlab 
qolgan bo‘ladi. 
Maksimal va submaksimal quvvatli mashqlardagi dam olish 
oralig‘ini kamaytirish yuklamani anaerob yuklamaga aylantiradi, 
chunki mashq takrorlangan sari kislorod qarzi oshib boradi. 
Dam olish xususiyati mashqlar o‘rtasida faol, sust va aralash 
bo‘lishi mumkin. 
O‘qitishning kritik nuqtasiga yaqin bo‘lgan tezlikda ishlash 
paytida faol dam olish nafas olish jarayonlarini yuqori darajada 
ushlab turishga yordam beradi va ishdan dam olishga hamda 
aksincha holatga keskin o‘tishning oldini oladi. Bu yuklamani 
ko‘proq aerob yuklamaga olib keladi. Bundan tashqari, og‘ir 
mehnatdan so‘ng faol dam olish tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. 
Mashqlar o‘rtasida sust dam olish paytida sportchi, butkul tinch 
holatda bo‘lib, hech qanday harakatlarni bajarmaydi. 
Chidamlilikni 
rivojlantirish 
uchun 
quyidagi 
uslublar 
qo‘llaniladi: bajariladigan mashqlar hajmi va shiddatini oshirish
o‘zgaruvchan, oraliqli, o‘zgaruvchan-oraliqli, takrorlash. 
Hajmni oshirish uslubi shundan iboratki, jismoniy mashqlarni 
bajarish vaqti mashg‘ulotlardan mashg‘ulotga asta-sekin oshib 
boradi. Bu uslub mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirishini nazarda tutadi. 
Shiddatni oshirish uslubi jismoniy mashqlarni bajarish sur’ati, 
shuningdek, 
butunlay 
mashg‘ulot 
zichligini 
mashg‘ulotdan 
mashg‘ulotga asta-sekin oshirib borishni ko‘zda tutadi. 
O‘zgaruvchan uslub shundan iboratki, jismoniy mashqlar har 
xil sur’atda bajariladi. Bunda past sur’atda o‘tkaziladigan vaqt 
bo‘laklari mashg‘ulotdan mashg‘ulotga kamayib, baland sur’atda 
o‘tkaziladiganlari ortib boradi. 
Oraliqli uslub shundan iboratki, bunda jismoniy mashqlar 
bo‘laklarga bo‘linib (yondashishlab), sust va faol dam olish oraliqlari 
bilan bajariladi. Mashg‘ulot vazifalari mashqlarni bajarish sur’ati va 
davomiyligiga, shuningdek kurashchining mashqlanganlik darajasi 


64 
hamda kayfiyatiga qarab, ish hamda dam olish oraliqlari 
davomiyligiga ko‘ra har xil bo‘lishi lozim.
Takrorlash 
uslubi 
shundan 
iboratki, 
sportchi 
bir 
mashg‘ulotning o‘zida yoki bir nechta mashg‘ulotda hajmi va 
shiddatiga ko‘ra bir xil bo‘lgan mashqlarni takrorlaydi. 
Kurash mashg‘uloti jarayonida hamma uslublar bir-biri bilan 
turlicha 
uyg‘unlashtirilgan 
holda 
qo‘llaniladi. 
Chidamlilikni 
tarbiyalash samaradorligi ko‘p jihatdan mashg‘ulot jarayonining 
oqilona tuzilganligi bilan belgilanadi. Turli yo‘nalishdagi mashqlarni 
bajarishda ma’lum bir ketma-ketlikka amal qilish va ularning ijobiy 
o‘zaro ta’sir etishini ta’minlash juda muhimdir. Quyidagi ketma-
ketlikka rioya etish maqsadga muvofiqdir:
5
- avval alaktat-anaerob mashqlar (tezkor va tezkor kuch), 
so‘ngra anaerob-glikolitik (kuch chidamliligi uchun) mashqlar; 
- avval alaktat -anaerob, so‘ngra aerob mashqlar (umumiy 
chidamlilik uchun); 
- avval anaerob-glikolitik, keyin aerob mashqlar. 
Agar mashqlar ketma-ketligi teskari bo‘lsa, tez mashg‘ulot 
samarasining o‘zaro ta’siri salbiy bo‘ladi hamda bunday mashg‘ulot 
kam foyda beradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin