Adabiyotlar
Akramov A.K. O'zberkistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. Т., 1997.
cu С1,птп,.*^ил.,п \—~u: i nm rvmimuT on,, Jiiannuiuiuu v т\.. т uiuu uu iai. i и ijiiuvuii, rzrzr / .
Xoshimov K., Nishonova S.,va b. Pedagogika tarixi. Т., O'qituvchi, 1997. O’zbekistonning yangi tarihi, 1 kitob. Т.: Sharq, 2000.
Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish . Т., 2008
Mavzu 8. 1917-1991 YILLARDA O'ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT
Sobiq sovetlar davrida O'zbekistondajismoniy madaniyat va sportning rivojlanish
xususiyatlari.
Jismoniy madaniyat va sportni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar.
O'zbekiston sportchilarining xalqaro sport musobaqalari va Olimpiya
o'yinlaridagi ishtiroki.( 1951-1991 y)
yil oktabrda bolsheviklar rahbarligida Rossiyada inqilob g'alaba qildi va yangi sovetlar Ittifoqi davlati tuzildi. Davlatni mustahkamlash va ruslarning mavqeini yanada oshirish maqsadida harbiy-jismoniy tayyorgarlik ishlari kuchaytirildi. Bunda eski mutaxassislardan foydalanish va yangi kadrlar tayyorlash ishlari tez amalga oshirildi. Buning yana bir sababi shundaki, 1918-yiI fuqarolar urushi boshlandi. Shu sababdan, 1918-yilning aprelidan boshlab harbiy majburiy ta'lim (Vsevobuch) e'lon qilindi. Unda faqat harbiy tayyorgarlikkina emas, balki jismonan sog'lom aholini majburiy ravishda o'qitish amalga oshirildi.
yil aprelda jismoniy tarbiya, sport va chaqiriqqa tayyorgarlik bo'yicha I Umumrossiya syezdi (qurultoy) o'tkazildi. 1920 yil avgustda davr talablari asosida Vsevobuch tarkibida Jismoniy tarbiya oliy kengashi (VSFK) ta'sis etildi. Uning raisi etib N.I.Podvoyskiy (1880-1948) tayinlandi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning tarkib topishi, shakllanishi va rivojlanishida uning xizmatlari kattadir.
yil Moskvada va 1919 yil Petrogradda jismoniy tarbiya institutlari tashkil etildi. Shu yillarda maktablarda jismoniy tarbiyani tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, 1918 yilda sport klublarida 38 ming kishi a'zo bo'lib, ular sport turlari bilan shug'ullanishgan 1920 yilga kelib esa ulaming soni 143,5 mingga yetadi. Undan tashqari 1,5 mln. kishi harbiy chaqiriq mashg'ulotlarida shug'ullangan.
Rossiya Xalqaro Olimpiya qo'mitasi a'zosi sifatida Olimpiya o'yinlarida qatnashib kelgan edi. Ko'pjoylarda «Olimp», «Olimpiya», «Olimpiyachi» kabi sport klublari vujudga kelgan edi. Lekin inqilobdan keyin siyosiy voqealar va davlat tizimi o'zgarishi tufayli XOQ tarkibidan chiqarildi.
Fuqarolar urushining tugashi tufayli Vsevobuch tarkibidagi Jismoniy tarbiya oliy kengashi ham 1921 yilda tugaydi. Uning o'miga yoshlar ittifoqi (komsomol) va kasaba uyushmalari ittifoqi jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik qila boshladi. Shu tufayli yoshlar ittifoqi «Chumoli» («Muravey»), «Spartak», «Yoshlar fioti» kabi sport jamiyatlarini tuzadi.
Yoshlar ittifoqining tashabbusi bilan Butunrossiya Markaziy ijroiya qo'mitasi (VSFK) 1923 yil 27 iyunda «Jismoniy tarbiya va Oliy Kengash»ni tuzishga qaror qabul qildi. Oliy kengashga sog'liqni saqlash komissari I.A.Semashko (1874-1899) tayinlandi. Kengashning zimmasiga ilmiy, o'quv va tashkiliy faoliyatlami muvofiqlashtirib olib borish yuklatildi. Shu yili «Dinamo» jamiyati ham tashkil etildi.
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishda turli-tuman usullardan foydalanish zaruriyati vujudga keldi. Bu sohada partiya va hukumatning maxsus qarorlari (1925, 1929 va h.k.) ham qabul qilindi. Shu qarorlar asosida mavjud bo'lgan sport to'garaklari o'miga sport seksiyalarini (sho'ba) tashkil etish tavsiya etildi. Lekin bu tajribalar hayotda juda sekin amalga oshirildi
yil avgustda Umumittifoq I spartakiadasi Moskvada o'tkazildi. Unda barcha ittifoqchi respublikalar va ba'zi bir chet mamlakatlarning sportchilari ishtirok etdi. 7225 qatnashchi orasida 600 dan ortiq inglizlar, argentinalik, germaniyalik, norvegiyalik, urugvaylik, fmlyandiyalik, fransiyalik, chexiyalik sportchilar bor edi. Ikki hafta davomida yengil atletika, gimnastika, kurash, o'q otish, gorodki, eshkak eshish va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar davom etdi. Umumiy yakunlar bo'yicha spartakiadada Rossiya - birinchi, Ukraina - ikkinchi, Belorussiya - uchinchi, O'zbekiston - to'rtinchi, Kavkazorti - beshinchi va Turkmenistan - oltinchi o'rinni egallashdi.
1929yildan boshlab «Umumittifoq jismoniy tarbiya ikki haftaligi» kasaba uyushmalari tomonidan o'tkazila boshladi va bunda qishloq sportchilarining ham ishtiroki amalga oshirildi.
Partiya va hukumatning 1929-yil 23-sentabr hamda 1930 yil laprel qarorlariga asosan mamlakatda jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qilish tartiblari kuchaytirildi. Markaziy Ijroiya qo'mita (MIQ) tarkibida Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashi tashkil etildi.
Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi (1936) bilan bu kengash «Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport bo'yicha qo'mita»ga aylantirildi.
1930 yildagi anjumanga asosan klublar tizimidan jismoniy tarbiya ishlab chiqarishga yo'naltirildi. Yangi ishchilar sport klublari o'rniga jismoniy tarbiya jamoalari (kollektivi fizkulturi) tuzila boshladi. Bunda «Har bir jismoniy tarbiyachi ilg'or, har bir ilg'or - jismoniy tarbiyachi» shiori keng tarqaldi.
1936 yillarda ko'ngilli sport jamiyatlari tashkil etila boshlandi. «Dinamo» (1923), «Spartak», «Lokomotiv», «Krasnoye Znamena» (1935) jamiyatlarining ilg'or tajri- balariga tayanib, Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi qaroriga asosan 64 ta ko'ngilli sport jamiyatlari (DSO) vujudga keldi.
30-yillardagi jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining muhim tomonlaridan biri siyosiy va davlatni himoya qilish tarafiga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
1930 yil Butunittifoq yoshlar tashkilotining (komsomol) tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan «SSSR mehnat va mudofaasiga tayyor» (GTO) jismoniy tarbiya majmui tashkil etildi. 1931 yilda jismoniy madaniyat Oliy kengashi GTO majmuining I bosqichi va 1933-yilda II bosqichini tasdiqladi. 1934 yilda esa BGTO («Bud gotov к trudu i oborone») majmui bolalar uchun ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Bu uch bosqichli jismoniy madaniyat majmuida asosan, barkamollik va salomatlik yo'nalishlari mujassamlanib, sovet jismoniy tarbiya tizimining asosini tashkil etdi. Shu sababdan, barcha joylarda bu majmuaning talablari hamda me'yorlarini bajarishga bo'lgan qiziqish, intilish kuchaytirildi.
1940 yilda bu majmua yangidan qabul qilindi. Bunda majburiy va tanlov tartibiga imkoniyat berildi. Majburiy turlarga: gimnastika mashqlari, to'siqlarni oshib o'tish, suzish, chang'i sporti, yugurish, o'q otish, gigiyenik bilimlar asosini va jismoniy tarbiya tizimini bilish talab qilib qo'yildi.
Tanlab olish turlarida 7 guruh mashqlar tavsiya etildi. Bunda kuch, tezlik, chidamlilik, epchillik, botirlik va qat'iylik kabi sifatlarni, himoya va hujum, uloqtirish hamda otish usullarini rivojlantimvchi mashqlar ko'zda tutildi.
yilda xalq komissarligi maktablarda 2 soatlik jismoniy tarbiya darslarini joriy etgan edi. Shu bilan birga bolalar sport maktablarini tashkil etish haqida qaror qabul qilgan edi. «Dinamo», «Spartak» sport jamiyatlari tarkibida sport maktablari tashkil qilingan.
yilda 200 dan ortiq bolalar sport maktablari mavjud edi. Maktab o'qituvchilari va oliy o'quv yurtlari talabalarining umumittifoq sport musobaqalari tashkil qilindi.
Sovet jismoniy tarbiya tizimining ilmiy asoslari tobora rivoj topa boshladi. 1925, 1927, 1929 yillarda o'tkazilgan Butunittifoq ilmiy anjumanlarning xulosalari shuni ko'rsatdiki, jismoniy tarbiya tizimini ilmiy asoslashni yanada takomillashtirish kerak edi. Aksariyat ko'pchilik olimlaming diqqat-e'tibori hamon shug'ullanuvchilar ustidan tibbiy nazorat o'tkazib borishni yanada yaxshilashga qaratildi. Sportchilaming mushaklari rivojlanishi, yurak, o'pka va boshqa a'zolarining funksiyalari ustida bir qator olimlar tomonidan katta tadqiqotlar o'tkazishdi. GTO (MMT) jismoniy madaniyat majmui va sport turlarining tayanch, sog'lomlashtirish va tarbiyaviy jarayonlarini hal etishga qaratilgan tadqiqotlar ham paydo bo'ldi.
Havaskorlik jismoniy tarbiya harakatida Butunittifoq ko'rik-tanlovlar o'tkazib borildi. Bunda markaziy shaharlar, sport jamiyatlari, sport klublari, jismoniy madaniyat jamoalari kengashlarining ilg'or tajribalarini ommalashtirish an'anaga aylandi. «Dinamo», «Spartak» va boshqa sport jamiyatlari juda katta tadbirlar o'tkazib, g'oliblikni qo'lga kiritdi, shu asosda hukumatning medal va yorliqlariga sazovor bo'ldi.
yilda Butunittifoq kasaba uyushmalarining I spartakiadasi o'tkazilib, unda 3850 kishi qatnashdi. 1935-1937 yillarda yagona Butunittifoq sport tasnifi ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi, bu esa sport maktabining asosiga aylandi. Shu sababdan, u yoshlaming sport tayyorgarligini oshirishning yagona tamoyili bo'lib xizmat qila boshladi. Keyinchalik bu tasnif qayta ishlab chiqilib, u ancha takomillashtirildi va o'z ichiga 34 sport turini oldi.
yilda birinchi marotaba jismoniy tarbiya xodimlarining Butunittifoq namoyishi o'tkazildi. U har to'rt yilda o'tkazishga mo'ljallandi. 1939 yil 27 mayda «Xizmat ko'rsatgan sport ustasi» unvoni ta'sis etildi. 1939 yildan boshlab hukumat qarori asosida Butunittifoq jismoniy tarbiya xodimlari kunini o'tkazish odatga aylandi.
1940 yilda bu bayramga bag'ishlab o'tkazilgan tantanalarda mamlakatdagi 62 ming jismoniy madaniyat jamoasida 5.3 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanayotganligi aytib o'tilgan. Bu davrda 6 ta institut va 25 ta texnikum jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashda faoliyat ko'rsatdi. Shuningdek, 378 stadion, 70 mingdan ortiq katta va kichik sport zallari qurildi.
30-yillaming qatag'oni (repressiya) sportni ham chetda qoldirmadi. Sport rahbarlari, yirik pedagog-olimlar begunoh jazolandi. Ular orasida Butunittifoq jismoniy madaniyat kengashi raisi A.K.Antipov, Butunittifoq jismoniy madaniyat va sport qo'mitasi raisi l.I.Xarchenko, Qizil sport intematsionalining Sovet sho'basi (seksiya) raisi M.S.Kedrov, Markaziy jismoniy tarbiya institutining rektori A. A.Zigmund va boshqalar bor edi.
Ikkinchi jahon urushidan oldingi 10 yillik davrda sovet sportchilarining xalqaro miqyosidagi obro'-e'tibori ancha oshdi. Sportchilaming yuqori natijalari va ommaviy sport tadbirlari jahonga tarqala boshladi. Bu esa sport tashkilotlarining xalqaro aloqalarini ta'minladi va ularni rivojlantirishga katta xizmat qildi.
Ittifoq sportchilari urush va fashizmga qarshi kuchlarni boshqarishda o'ziga xos faoliyat ko'rsatdilar, 1934 yilda Parijda bo'lib o'tgan fashizmga qarshi sportchilar slyotida, 1937 yilda Antiverpenda o'tkazilgan III xalqaro ishchilar Olimpiadasida ishtirok etdilar. Ittifoq sporti xalqaro ishchilar sport harakatining oldingi safida dadil bordi.
Sobiq Ittifoq hukumati va sport tashkilotlari chet mamlakatlar bilan o'zaro hamkorlik va do'stlik faoliyatlariga ma'lum darajada e'tibor berib bordi. 1938-1940 yillarda mamlakatga 250 dan ortiq chet el sportchilari tashrif buyurishdi. O'z navbatida esa ittifoq sportchilaridan 175 nafar kishi chet mamlakatlarda bo'ldi.
O'sha davrda sovet mamlakati chet mamlakatlar bilan turli sabablarga ko'ra mustahkam aloqada emas edi va bu sportga salbiy ta'sir ko'rsatardi. Shu sababdan, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ), Xalqaro sport uyushmalari va chet mamlakatlarning burjuaziya tashkilotlari ularni o'zlariga dushman deb bilishdi. Bu esa reaksion (sotsialistik tuzum dushmanlari) kuch sifatida tushunilar edi. Shu kabi sabablarga ko'ra, sovetlar mamlakatiga xorijiy davlatlarning deyarli hech biri xayrixohlik bilan qaramas edi.
Xulosa qilib aytganda, sobiq sovetlar mamlakati 1917-1941 yillar davomida jismoniy tarbiya va sportni yo'lga qo'yish, uni rivojlantirish masalalariga doir juda ko'p muhim tarixiy tadbirlarni amalga oshirdi.
Sovet sportini jahonga tanitish maqsadida 1928 yilda o'tkazilgan I Butunittifoq spartakiadasi shular jumlasidan edi. Lining an'analarini kasaba uyushmalari tashkilotlari keyinchalik davom ettirdi. Ilg'or tajribalar va sinov-tekshirishlar asosida sovet jismoniy tarbiya tizimining ilmiy-nazariy asoslari yaratildi.
asrning 30-40-yillar davomida sovet sportchilari chet mamlakatlar bilan o'zaro aloqalar bog'lashga urindi. Yoshlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligini oshirish va jismonan barkamollikni ta'minlash yo'lida «Mehnat va mudofaaga tayyor» (GTO) jismoniy madaniyat majmui ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |