8
Qishloq xo„jaligini yoppasiga kollektivlashtirish boshlanishidan to 1954-yilga
qadar GULAG tizimidagi lagerlar aholisining ko„pchiligini ayni “quloqlar” tashkil
qilgan.
Xulosa qilib aytganda, O„zbekistonda amalga oshirilgan yoppasiga
kollektivlashtirishning fojeali oqibatlaridan biri bo„lgan quloqlar surguni, maxsus
posyolkalar tarixini, o„zbek dehqonlarining surgundagi ayanchli turmushini bugungi
kun talablari darajasida tadqiq etish va o„rganish tarixshunoslik oldida turgan dolzarb
vazifalardan biridir. Xususan, kollektivlashtirish va quloqlashtirishni amalga
oshirishda, quloqlar surgun qilingan maxsus mehnat posyolkalarining ma‟muriy
boshqaruvida jazo organlari etakchi o„rin tutganki, bu muammoni ham
tarixshunoslikning bugungi kun talablari darajasida tahlil qilish muhim ahamiyat kasb
etmoqda, sababi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “atan fidoyilarini eslashimiz,
ularning haqqiga Qur‟on o„qishimiz yaxshi an‟ana. Ma‟rifatparvar bobolarimiz
mustaqillik uchun, xalqimiz emin-erkin yashashi uchun kurashganini bilamiz. Oxirgi
yillarda butun jamoatchiligimiz harakati bilan ularning nomlarini tiklash, muzeylarni
yangi namunalar bilan to„ldirish, ijod maktablarini tashkil etish bo„yicha ko„p ishlar
qilinmoqda. Bularning hammasi – odamlarga tarixiy adolatni va haqiqatni yetkazish
uchun xalqimiz u kunlarni bilishi va hech qachon unutmasligi, bugungi kunlarni
qadriga yetish uchun” degan falsafiy fikrlaridan kelib chiqib, muammoni yanada
kengroq va atroflicha tahlil etishni lozim topdik.
2
Dostları ilə paylaş: