Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinadiki, kolxozdan chiqish butun okrug bo‘yicha ommaviy tus olgan
.
Kollektivlashtirishni tezlashtirish bilan bog„liq kamchilik va nuqsonlar faqat
Farg„ona okrugigagina xos bo„lmay, balki butun respublikaning 1930-31-yil hayoti
uchun xarakterli xodisadir. Masalan, Surxondaryo okrugida dastlab 4 foizi xo„jaliklar
kollektivlashtirilgan bo„lsa, 12 kun ichida kollektivlashtirishni 95% ga yetkazish
to„g„risida qaror qabul qilingan. Vaholanki, bu okrug boshqa okruglarga nisbatan
iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy qilgan okruglardan biri hisoblanardi.
Shu tariqa, O„zbekistan bo„yicha 1930-yil bahorigacha 51% dehqon xo„jaliklari
kolxozlarga birlashtirilgan edi. Shu davrdan boshlab kollektivlashtirish jadal sur'atlar
bilan bordi. Kezi kelganda aytish kerakki, 1931-yilda Ittifoq bo„yicha dehqon
46
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,38-варақ.
32
xo„jaliklarining
yarmini
kolxozlashtirishga
hozirlik
ko„rilayotgan
paytda
O„zbekistonda dehqon xo„jaliklarining 66,1 foizi kolxozlarga jalb etilib, 1932-yil
oxirigacha O„zbekistonda kollektivlashtirishni 81,7 foizga yetkazish ko„zda tutildi.
47
Demak, kollektivlashtirish jatumanda bu sohada markaziy rayonlarni quvib
o„tishga doir asossiz qarorlar va intilishlarning hammasi pirovardida dehqonlar
noroziligiga olib keldi. Kolxozlardan chiqishlar, xatto qurolli to„qnashuvlargacha
borib yetgan. Oqibatda 1931-yil kolxozlar sonining 64,1 foizdan 56,7 foizga
kamayishidan boshlandi.
48
Agar okruglar misolida ko„radigan bo„lsak, Andijon
okrugida 1930-yil 18-yanvarda 64,6 foiz xo„jalik kollektivlashtirilgan bo„lsa, 1930-
yil fevral oyiga kelib, shundan 18,1 foizi, 1930-yil 19-apreliga kelib 16,4 foizi qoldi.
Toshkent okrugi bo„yicha 1930-yil 18-yanvarda kollektivlashtirilgan xo„jaliklar 79.8
foizni tashkil qilgan bo„lsa, 1930-yil 1-fevralida bu raqam 35,4 foizga, 19 aprelda
24,9 foizga tushdi. Kolxoz tuzish siyosiy qarorlar oqibati ekanligi ochiq-oydin
namoyon bo„la boshlaganini yuqoridagi raqamlar aytib turibdi.
Buning ustiga kolxoz qurilishiga doir yuqoridagi xato-kamchiliklarni
murakkablashtirgan yana boshqa voqealar ham sodir bo„ldi. Masalan, VKP (b) MK
ning 1931-yil dekabr plenumida paxtakor rayonlarda kollektivlashtirishni 50 foizga
yetkazish, 1931-yildan boshlab kollektivlashtirishni chorvachilik rayonlarida ham
tezlashtirish vazifasi qo„yildi. Zero ma'muriy-buyruqbozlik bilan ish yuritish
sharoitida yoppasiga kollektivlashtirish uchun shart-sharoit yetildi, degan xulosaga
kelingan va 1931-yil 10-sentabrda O„zbekistonning 52ta paxtachilik tumanda
kollektivlashtirish 62,4 foizga, g„allachilik rayonlarida 49,9 foizga, chorvachilik
rayonlarida 41,4 foizga yetkazildi, deb ma'lumot berildi
49
va katta siyosiy
xatoliklarga yo„l qo„yildi. Oqibatda VKP (b) MK berilgan soxta faktlarga ishongan
xolda, O„zbekistonda kolxoz tuzumini 1932-yilda tugatish to„g„risidagi direktivani
bajarishga imkon bor degan xulosaga keldi. Bunga qo„shimcha ravishda aytishimiz
mumkinki, raqamlar o„rtasida farq bo„lishiga qaramasdan, yer ishlari xalq
47
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт ипроблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.85-ст.
48
Иткин А.социально-экономические предпосилики коллективизации хлопководства в средней Азии.-
Т.:Госиздат УзССР,1932.200-ст.
49
Уз РМДА.Ф-Р-196,оп-1.д.117,106-варақ.
33
komissarligining respublika bo„yicha kollektivlashtirish 1930-yil 20-iyulga kelib 62,7
foizga, 1931-yil 30-dekabrda esa 68,2 foizga yetkazildi, degan ma'lumotga asoslanib
O„z KP (b) MK 1931 yil 14 iyulda “1931- yil bahorida O„z SSRda kolxoz qurilishi
xal qiluvchi g„alabaga erishdi” degan rezolutsiyani qabul qilagan edi.
50
Zera,
yuqorining ko„rsatmasini bajarish shart edi. 1930-yilning 10-aprelidan 1931-yilning
30-iyuniga qadar kollektivlashtirish 29 foizdan 58 foizgacha o„sdi. Ya'ni bir yilda 100
foiz o„sishga erishildi,
⁴
degan xulosaga kelishdi va 1932-yil iyul oyiga kelib 81,7 foiz
xo„jalik majburan kollektivlashtirildi.
⁵
Soxta kollektivlashtirish, qaysi jihatini
olmang, faqat zo„ravonlik bilan amalga oshirilgan tadbirlardan bo„lak narsa emas edi.
Kolxozlashtirish borasidagi jadallikka qo„rqitish, iqtisodiyotning bir tomonlama
rivojlanishi hamda aholi turmush tarzining pasayishi evaziga erishilgani bugungi
kunda hech kimga sir emas. Shunday qilib, 1930-1932 yillarda partiya va sovet
hukumatining ma`muriy tazyiqi, oshkora zo`ravonlikdagi, iqtisodiy bosim choralari
va
siyosiy
tadbirlar
natijasida
O`zbekistonda
qishloq
xo`jaligini
kollektivlashtirishning yuqori o`sish sur`atlari ta`minlandi. 1931-yilda O`zbekistonda
kolxozlardagi xo`jaliklar soni 338482 tani yoki jami dehqon xo`jaliklarining 68,2
foizini tashkil etdi. 1932 yilda esa kollektivlashtirish 74,9 foizini tashkil etdi va
xo`jaliklar soni 638131 taga yetdi.
51
Bu ko`rsatkich O`zbekistonda kollektivlashtirish
rasman tamomlanganligini e`lon qilishga asos bo`ldi.
Biroq, kollektivlashtirish birinchi besh yillikda tugallangan emas. Bu jarayon
qishloq xo„jaligida yana uzoq vaqt davom etdi. O„zbekistonda kollektiv-xo„jaliklarni
tashkil qilish shakli, mazmuni va mundarijasi buzildi. Eng asosiysi dehqonlar ishlab
chiqarish vositalarining hammasi umumlashtirildi. Bizningcha, qishloq xo„jalik arteli
kolxoz harakatining bosh mezoni bo„lib xizmat qilishi lozim edi. Bunda asosiy ishlab
chiqarish vositalarinigina umumlashtirish taqozo etilar edi. Amalda esa bu haqiqat
“siyosiy siquv” tufayli chetga surib tashlandi.
Kommuna tashkil etilgan joyda birdaniga turar joylar, mayda chorvalar,
parrandalar ham umumlashtirila boshlandi. Qishloq odamlari onggiga to„g„ridan-
50
Ризаев Г.социалистеческое сельская хозяйство Узбекистана.-Т.:Узбекистан,1978.24-ст.
51
Ўзбекистон тарихи(1917-1991 йиллар) Т.:”Ўзбекистон”-2019. Б.513
34
to„g„ri salbiy (bozorlarni, masjidlarni yopib qo„yish, teskari targ„ibot va tashviqot)
ta'sir ko„rsatdi. Kambag„al va o„rtaxol dehqonlarning dastlab “ixtiyoriy” ravishda
kolxozga kirishini respublikamizda kolxoz tuzumining muvofaqqiyatli qadamlari,
deb baholanganda zaruriyat emas, balki tazyiq asosiy rol o„ynaganligi tufayli, hamda
jamoalashtirish asosiy me`zonlarining buzilishi oqibatida dehqonlar kolxozlarni tark
eta boshladilar. Bu esa o„z navbatida o„ziga to„q xo„jaliklar orasida mulkka nisbatan
munosabatning buzilishiga olib keldi va noto„g„ri buyruqlar norozilik kayfiyatini
keltirib chiqardi, xolos.
Eng asosiy salbiy hodisa shu bo„ldiki, dehqonlarning aksariyat qismi zo„ravonlik
bilan, iqtisodiy jihatdan ta'minlanmagan soxta kolxozlarga kiritildi. Jamoa mulkining
afzalliklari yo„qligiga ishonch hosil qilinganidan so„ng, dehqonlarning qattiq
noroziligiga sabab bo„ldi.
Chunki yakka dehqon xo„jaliklarining to„la-to„kis tugatilishi va kolxozlar yirik
umumlashgan ishlab chiqarishning yagona shakli sifatida qaror topishi sovet
hokimyatining “kolxozlardan oldingi qishloq” ni sotsialistik o„zgartirish borasidagi
siyosatining tantanasi, deb baholandi. Aslida O„zbekistondagi qishloq xo„jaligini
jamoalashtirishning sho`ro hokimyati nazarda tutgan maqsad va vazifalarning asl
mohiyati dehqonlarni davlat tomonidan asoratga solish edi. Mahalliy rahbarlar sho`ro
hukumatining qishloq xo„jaligini ommaviy jamoalashtirish borasida markaziy
tumanlarda olib borgan daxshatli siyosatidan to„la xabardor bo„lganlari xolda
markazni “qo„llashga” majbur bo„ldilar, deyish mumkin.
Jamoa xo„jaliklariga birlashtirish uchun dehqon xo„jaliklariga bevosita tajovuz
qilish, amaliy jihatdan buzg„unchilik harakatiga aylanib ketdi. Ushbu usul ayrim
sohalarda yuksalishga ko`maklashgan bo„lsada, oqibat natijada xalqlarning milliy
o`ziga xosligini yo„q qilinishiga, ular madaniyatining va iqtisodiy hayotining
yomonlashuviga olib keldi. Bu xil soxta ijtimoiy qurilish ko„p yillar mobaynida
anglab yetilmasdan, chinakam revolutsion metod sifatida olg„a surildi va unga amal
qilindi. O„zining barcha kuchini O„zbekistonkomfirkasi yer-suv islohoti davrida yerni
milliylashtirish, xususiy mulkni yo„q qilish, ishchi kuchini yollashda cheklashlar joriy
35
etish, “xo„jalik yuritishning sotsialistik formalarini” tadbiq etish kabi ishlarga
sarfladi.
Va nihoyat, firqa va sho`ro hokimyatining agrar sohadagi “eng muhim
tadbirlaridan biri” shu bo„ldiki, xo„jaliklarni ixtisoslashtirish iqtisodiy hayotda katta
ahamiyat kasb etishi, ayniqsa industrlashtirish o„z ulushini qo„shishi lozim edi. Lekin
O„zbekiston mehnatkashlari uchun faqat paxtachilik bilan shug„ullanishning salbiy
oqibatlari, biz yuqorida ko„rib o„tganimizdek, 20-30 yillardayoq ko„zga chalingan
edi. Paxta, g„alla, jo„xori, makkayi, sholi, poliz ekinlarining kamaytirilishi
ocharchilik yillarida o‟z ta'sirini ko„rsatdi. Ammo tarixiy asarlarda 30 yillar
oralig„idagi xato va kamchiliklar to„g„risida ma'lumot kam keltiriladi, balki ko„proq
ixtisoslashtirish himoya qilinadi.
Sababi - ma'muriy-buyruqbozlik tizimi kuchaygan bir paytda ixtisoslashtirishga
qarshi chiqqan qishloq aholisi “nomunosib” nom bilan atalib, ulardan qattiq o„ch
olindi. Kezi kelganda aytib o„tish lozimki, firqa va sho`ro hukumatining ommaviy
kollektivlashtirish xalqqa qarshi zo„ravonliklar ham amalga oshirildi.
1929-yilning kuzidan terror usulidagi siyosiy qarorlarni bajarish uchun raqamlar
ortidan quvish va qishloq xo„jalik artellari mulkining davlatlashtirilishi boshlandi. Bu
jarayon kolxozlarda nafaqat artelning bo„linmas fondidan, balki ishlab chiqarilgan
mahsulotlardan ham foydalanish huquqini yo„qligida o„z aksini topdi. Kolxozlarda
ishlashga majbur etilgan ishchi kuchining davlatlashtirilishi sodir bo„ldi. Natijada,
kolxozlar davlatning harbiy-siyosiy manfaatlariga xizmat qila boshladi. Davlat va
kolxozlar o„rtasidagi munosabatlar, boshqa qishloq xo„jalik korxonalar bilan bo„lgan
munosabatlar kabi, shartnomalar asosida tuzilmagan bo„lib, davlat buyurtmalari
tizimi orqali amalga oshirildi. Ular faoliyatining natijalari birinchi navbatda mahsulot
topshirishning majburiy tartibi va davlat tomonidan sotib olinish topshiriqlarining
bajarilishi bilan baholanadi. Bunday siyosatning pirovard natijasi shu bo„ldiki,
dehqonlar shaxsiy manfaatlarining yakuniy natija bilan bilan aloqadorligi buzildi.
Bevosita ishlab chiqaruvchi mahsulot ishlab chiqarishning ko„payishidan
manfaatdorlik sezmasdi. Chunki, uning mehnat natijalari to„lig„icha davlat xisobiga
olinar edi. Xo„jaliklar o„z ishlab chiqarish tuzilmalarini mustaqil ravishda
36
shakllantirish imkoniyatidan ham mahrum etilgan bo„lib, ko„pincha hech qanday
foyda keltirmaydigan, ayrim hollarda faqat zarar keltiradigan mahsulotni ishlab
chiqarishga majbur edilar. Oqibatda qishloq mexnatkashlari davlat hisobiga
ishlaydigan ishchi kuchiga aylanib qoldilar.
Shunday qilib, kolxoz qurilishi sur'atlarini sun'iy ravishda avj oldirish
kolxozlarni “sotsialistik asosda mustaxkamlash” ko„p sonli odamlarning qurbon
bo„lishiga, begunoh qonlar to„kilishiga sabab bo„ldi. Oqibatda respublikada faqat bir
xil shakldagi kolxoz tuzumi qaror topdi.
Xo„jalik yuritish tamoyillarining buzilishlari shunga olib keldiki, sotsializm
umid bog„lagan kollektiv xo„jalik shakli dehqonlarni shavqatsiz ekspluatatsiya
vositasiga aylanib qoldi. Kollektivlashtirishning ilk bosqichidan oxirigacha kolxozlar
hech qachon o„zining haqiqiy imkoniyatlari va mustaqil kooperativ xo„jalik sifatidagi
ustunliklarini ro„yobga chiqara olmadilar, ular ustidan doimiy ravishda ma'muriy-
buyruqbozlik tizimi hukumronlik qildi. Sotsializmning eng muhim g„oyalaridan biri
bo„lgan kooperatsiya shu tariqa xalokatga uchradi.
Hozirgi vazifa - bosib o„tilgan yo„lni sarhisob qilib, uni yangicha tahlil etishdir.
Bu faqat muvoffaqqiyatlar tarixini yoritib bermasdan, balki xato-kamchiliklarni ham
ochib tashlab, tarixiy chigalliklarni bartaraf etish, kelajakni belgilab olishda ham
katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |