50
II BOB. Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirishning salbiy, ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlari.
2.1 Quloqlashtirish siyosati va uning oqibatlari.
“Quloq qilinish” degan ibora dastlab Oktabr to„ntarishi va fuqarolar urushi
davrida paydo bo„lgan. Bu davrda sinfiy kurash avvalgi o„tmish davr uchun
kurashayotgan tomonning xo„jaligini butunlay tugatish, shuningdek jismoniy
tomondan ham yo„q qilish degan ma'noni anglatgan.
70
Bizning fikrimizcha, “quloqlar” degan atama doirasiga kiritilgan kishilarning
aksariyati o„rtaxol dehqonlar edi. Lekin markaz iqtisodiy taraqqiyotini respublika
sharoiti bilan tenglash va xatto yuqori qo„yish hollari sababli, quloq qilingan
xo„jaliklarning soni ortib borgan. “Quloq qilish” ommaviy qonunsizlik orqali ma'lum
darajada oziga to„q bo„lgan xo„jaliklarning mol-mulkini musodara qilish hamda
ularni doimiy yashab turgan joylaridan tashqariga surgun qilishga mo„ljallangan
fojialar yig„indisidan iborat davrni tushunmoq kerak. Aslida boylar va quloqlar
“inqilobdan keying” dastlabki yillarda va 20-yillarning agrar islohotlari jatumanda
iqtisodiy jihatdan tanazzulga duchor qilingan edi. Avvalo, bunga asosiy sabab
“quloq” larni aniqlash uchun davlat tomonidan ishlab chiqilgan qat'iy me`zonning
yo„qligi edi. “Quloq” likni belgilashda uni ijtimoiy jihatdan emas, ko„p hollarda,
xo„jaliklarning ahvoliga qarab baholash boshlangan, chunki keyingi ko„rilgan
tadbirlar buni isbotlaydi. Jumladan, 1929-yil 29-noyabr kunida bo„lib o„tgan VKP (b)
MK plenumida Stalinning 1929-yil 7-noyabrdagi “Buyuk burilish yili” degan
maqolasidagi jadal kollektivlashtirishni nazariy jihatdan asoslab berganligi tufayli,
kollektivlashtirish sur'atlarini xaddan tashqari kuchaytirish, unga ommaviy tus
berishdan iborat aniq vazifa qo„yildiki, jamoa xo„jaliklarini tashkil etishda shoshma-
shosharlik, majbur qilish avj olib, kim ko„proq va kimki ko„proq kirmasa, u sho‟ro
hukumati dushmanidir singari shior asosida ish olib borishga sharoit yaratib berdi.
Ammo kurashning keskinlashuviga 1929-yil 27-dekabrda agrar markschilar
konferensiyasida so„zga chiqqan Stalin yoppasiga kollektivlashtirish asosida
70
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт ипроблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.57-ст.
51
quloqlarni sinf sifatida tugatish shiorini e'lon qilishi sabab bo„ldi. Natijada quloqlarga
qarshi kurash niqobi ostida asosan tadbirkor, ishbilarmon dehqonlarga nisbatan yalpi
urush e'lon qilindi.
Oradan biroz o„tib, bajarib bo„lmaydigan vazifalar yuki ostida, quloqlar bilan
qarshi kurashishga chorlangan mahalliy tashkilotlar qonunchilikni buzish, kuch
ishlatish yo„liga turgan edilar. Bu esa o„z navbatida, dehqonlarning noroziligiga
sabab bo„lgan. 1929-yilda qabul qilingan “Quloq xo„jaliklarida qonunlar kodeksidan
foydalanish tartibi to„g„risida” (20-fevral)gi va “Mehnat haqida qonunlar kodeksi
foydalanishi lozim bo„lgan quloq xo„jaliklari belgilari to„g„risida” (21-may) gi
qarorlarda
71
quloq xo„jaliklariga ko„rsatilgan 5 ta belgiga javob beradigan barcha
xo„jaliklar kiritilishi aytilgan edi. Bu belgilar: yollanma mehnat qo„llanayotgan
xo„jaliklar, tegirmoni, moyjuvozi, boshqa sanoat korxonalari mavjud bo„lgan
xo„jaliklar, murakkab qishloq xo„jalik asbob-uskunalarini, inshootlarni nasiyaga
berayotgan xo„jaliklar, savdo, sudxo„rlik bilan shug„ullanayotgan oila a'zolari, yoki
boshqa mehnat qilmasdan foyda ko„radigan oila a'zolari bo„lgan xo„jaliklar quloq
xo„jaliklariga kiritilardi.
O„zbekistonda qishloq xo„jaligini soxta kollektivlashtirishdan oldingi davrda
ham bu masalaga yondashishning ba'zi bir yo„llari har holda aytilgandi. Firqa vakili
Safarov RKP (b) MK 1921-yilda bo„lib o„tgan X s‟yezdida ta'kidlab o„tadi: “Sho„ro
hokimyati qachon ularga ( yerli aholiga - O.N. ) boshliq sifatida emas, balki o„rtoq
sifatida kelgan bo„lsa, shundagina sho„ro hokimyatiga ergashadilar”, degan dolzarb
fikrlarni aytgan edi. Ammo sho„ro hukumati bu masalada mahalliy shart-sharoitlarni
inobatga olmay, butun ittifoq miqyosida bir xil yo„l tutib, jamoa xo„jaliklariga
kirishni istamaganlar sho„ro hukumati dushmani deb hisoblandi. Ularni
“mushtumzo„rlar” qatoriga qo„shdilar va o„rni kelganda jazoladilar. Shu sababli ham
30-yillardagi tarixiy adabiyot “quloq” larga yangi tuzum dushmani nazari bilan qarab,
ularni faqat qoralash bo„ldi. Hatto MTSlar huzuridagi siyosiy bo„limlar ham jamoa
xo„jaliklarini quloqlardan dushmanlardan tozalash, jamoa xo„jaliklarini yangi
xodimlar bilan ta'minlash va tashkiliy-siyosiy jihatdan mustahkamlashda muhim rol
71
Собрание Законов и распоражений Рабоче-крестьянского правительства СССР.-1929.№14.Ст.117;№34.Ст.301.
52
o„ynadi degan xulosaga ham kelingandi.
72
Natijada soxta kolxoz qurilishi tez sur'atlar
bilan o„sishi, uning qishloq xo„jalik mahsulotlari ishlab chiqarishining qisman ortishi
qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning keskinlashuvi firqa va sho„ro
hukumati yangi kollektivlashtirish asosida “quloq” elementlarini cheklash va siqish
siyosatidan sinf sifatida tugatish siyosatiga o„tishga yo„l ochib berdi.
Vaholanki, quloq masalasida yoppasiga kollektivlashtirish uchun shart-sharoitlar
bo„lmagan rayonlarda (O„rta Osiyoda - O.N.) quloqlashtirishning o„tkazilishi eng
asosiy xato deb hisoblash zarurdir, deyiladi.
73
Bunday holatlar ittifoqning markaziy
qismida va O„rta Osiyoda keng kuzatilgan. Sho„ro hukumati bu masalada mahalliy
shart-sharoitlarni inobatga olmay butun ittifoq miqyosida bir xil yo„l tutib, jamoa
xo„jaliklariga kirishni istamaganlar sho„ro hukumati dushmanlari deb hisoblab, ularni
mushtumzo„rlar qatoriga qo‟shdilar va o„rni kelganda jazoladilar.
Ayniqsa, 1929-yil 29-dekabrda I.V.Stalinning agrar marksistlar ilmiy
konferensiyasida quloqlarni sinf sifatida tugatish siyosatiga o„tish to„g„risidagi shiori
ish yurituvchilarga qo„llanma bo„ldi. Natijada, mahalliy rahbarlar ish yuritishning eng
qaltis yo„llariga o„tib ketdilar. Shu tariqa, zo„ravonlikka asosan firqaning siyosiy
qarorlarini ijro etish uchun siquv dasturi asosida ish ko„rildi. Masalan, Xitoy qishloq
sovetiga Farg„ona okrugidan yuborilgan vakil xalqqa “kim bo„lishidan qat'iy nazar,
agar bir kun bo„lsa ham o„z yerida odam yollab ishlatsa, quloq sanaladi”,- deydi .
74
Yagona ibora bilan aytadigan bo„lsak, bu xo„jalik yuritish davrida mulkning
mohiyatini bilmaslik tufayli yuz berdi.
1930-yil 4-yanvarda “Pravda” gazetasida “Quloqlarni sinf sifatida tugatish kun
tartibiga qo„yilayotir” sarlavhali bosh maqola e'lon qilinganidan keyin quloqlarni yer
yuzidan supurib tashlashga da'vat etildi. Shuningdek, ko„rilgan tadbirlar amalda
siyosiy tus berish va kollektivlashtirishni hamda paxtachilikni rivojlantirish va
tezlashtirish uchun Yer ishlari komissarligi qoshida uchlik tashkil qilingan edi va bu
bo„lim 1930-yil yanvar oyidan boshlab o„z faoliyatini boshlab yuborgan edi. Kolxoz
masalasiga oid hamma vazifalarni hal qilish uchun ularga keng huquqlar berib
72
Азизов С.Сельское хозяйство за 15 лет (1925-1939)-Т.,1939.11-ст.
73
Аверьев В.Н.О двух этапах раскулачивания народного хозяйства средней Азии.-Т.,1930.89-ст.
74
Аминова Р.Х.Коллективизация в узбекистане:как это было?// коммунист узбекистана.1989.№9.84-ст.
53
qo„yildi. Natijada, kolxoz tuzumi davrida uchlikning beboshligi tufayli kolxoz tuzumi
uzoq yillar davomida fojiali kunlarni boshdan kechirishga majbur etildi.
Bu davrda yuz bergan xato-kamchiliklar ildizini faqat tushunmaslik oqibatida
quloq darajasini belgilashga borib taqaladi, degan xulosa emas, balki ko„rsatma va
qarorlarni muqarrar xal etish shiori ekanligi tufayli keyin xunrezlik boshlandi.
Masalan, Andijon viloyatining Qorasoy tumandan xabar berilishicha, rayon partiya
tashkiloti odamlarning sotsial jihatidan kelib chiqishini aniq bilmasligi tufayli 1770
kishini (shundan 394 tasi o„rtaxol dehqon) quloqlar sinfiga kiritilgan va 536 kishi
dindorlar bo„lganligi uchun huquqlari cheklangan.
75
Quloqlarni sinf sifatida tugatish
ishlari ostida ish yuritish orqali uni amalda bajarish uchun yuqoriga quloqlar sonini
ko„paytirib berish maqsadida o„rtaxol dehqonlarni ham ular qatoriga qo„shib yuborish
hollari ro„y bera boshladi. Sababi, ommaning ijtimoiy kelib chiqishi emas, balki soxta
kolxoz tuzumining zaruriyati bo„lgan iqtisodiy masalalar sabab qilib ko„rsatilgan (
mol-mulk-O.N. ).Oqibatda, VKP (b) MK siyosiy byurosi 1930-yil 30-yanvarda
“Yoppasiga kollektivlashgan rayonlarda quloq xo„jaliklarini tugatish tadbirlari
to„g„risida” gi qarorni tasdiqladi. Bu qarorda quloqlarning ishlab chiqarish vositalari,
chorva mollari , xo„jalik va uy-joy binolari, qishloq xo„jalik mahsulotlarini musodara
qilish kerakligi qayd etilgan edi. Xo„jalik mulki va imoratlar kambag„al va
batraklarning badali sifatida kolxozlarning bo„linmas fondlariga olib berildi va o„ziga
to„q xalq boshiga fojiali kunlar solish keskin tus oldi.
Mablag„larning qolgan bir qismi quloq xo„jaliklarining davlat va
kooperatsiyalardan qarzlarini uzishga sarflandi. O„zlari esa quloq qilinuvchilar
toifasiga kiritilib, kategoriyalarga bo„lib tashlandi:
1) kontrrevolutsion aktiv ( bular asosan qamoqqa olinadigan hamda oilasi turli
rayonlarga ko„chirishi ko„zda tutilgan );
2) kollektivlashtirishga qarshi faol chiqqan yirik quloqlar va sobiq yarim
pomeshchiklar ;
3) quloqlarning qolgan qismi.
75
Данилов В.П.коллективизация сельского хозяйства в СССР .История СССР.-М;.Наука,1990.Сентябрь-октябрь
№5.23-ст
54
Manbalarda ta'kidlanishicha, 1930-yillarning boshlarida respublikaning paxta
ekilmaydigan rayonlarida quloq xo„jaliklarini sinf sifatida tugatish masalasi qo„yilgan
emas edi. Sababi, bu rayonlarda yoppasiga kollektivlashtirishni o„tkazish uchun
yatarli darajada shart-sharoit yetishmasligi ma'lum edi. Ammo bu masalaga siyosiy
yondashish paytida yuqoridagi ko„rsatmaga amal qilinmadi. Bundan tashqari,
ko„pgina joylarda partiya organlari kambag„al dehqonlarning quloqlarga qarshi
tarqoq harakatini boshqara olmadilar, degan xulosa haqiqatga yaqin emas, chunki
bunday kurash bo„lishi uchun siyosiy vaziyatning o„zi yo„q edi. Lekin olib borilgan
noto„g„ri siyosat tufayli turli xil beboshliklar bo„lib o„tdi. Maqsad esa bitta - soxta
kollektivlashtirishni tezlatish, paxta mustaqilligiga erishish yo„lida har qanday
zo„ravonlik , siyosiy qaror va ko„rsatmalar orqali mustahkamlangan holda olib
borishdan iborat bo„ldi.
Soxta kolxoz tuzumini asl mohiyatini tushingan o„rtahol dehqonlar “siquv” dan
qochish maqsadida so„nggi choralarini ko„rishdi. Birgina Buvayda tumanidan
Farg„ona okrugi “zembodspor” komissiyasiga xabar qilishlaricha, qishloq xo„jalik
soliqlarini turli sabablarga ko„ra to„lamagan “quloq” xo„jaliklari juda ko„pligi,
ularning bir qismi ortiqcha yerlarini o„z xoxishicha davlat yer fondiga topshirganligi
to„g„risida ma'lumotlar mavjud. Xatda esa o„z mehnati bilan ishlamaydigan quloq
xo„jaliklaridagi yerlar to„laligicha olib qo„yilishi kerakmi, deb so„ralgan edi.
Yuqoridan korinib turibdiki, quloq xo„jaliklari yoppasiga ortiqcha yerlarini
topshirganlar.
Komissiya
javobiga
ko„ra
kollektivlashtirish
siquv
orqali
“muvaffaqqiyatli” ketayotgan joylarda bu masalaga ijobiy yondashib, quloqlarning
qolgan yerlariga tegilmasin, deyilgan.
76
Lekin bajarish vaqtida ko`p kamchiliklarga
yo„l qo„yildi. Jumladan, yoppasiga kollektivlashtirish davrida bir biridan o„zib ketish
musobaqasi qo„shimcha majburiyatlar olish vaqtida quloq xo„jalikari ko„p zarar
ko„rdi. Farg„ona okrugida O„zSSR “Zemvod por” komitetining 1930-yil 14-yanvar
kuni yig„ilishi bo„lib o„tdi. Uning tarkibida rais Norqo„ziyev, a'zolari Pisarik, sudya
Ismatullayeva va kotib Xo„jayevlar bor edi. Bu komissiya ko„p xollarda dehqonlarni
boshqa toifa kishilarning janjalli yoki hal qilinmagan yer masalasidagi arizalarini
76
Фарғона ВДА.Ф-170,рўйхат-1,90-йиғма жилд,105-варақ.
55
ko„rib chiqib, Raykomissiya chiqargan ko„pgina qarorlarni bekor qildi. Komissiya
samarali ishini shunda ko„rish mumkinki, nohaq ranjitilgan kambag„al va o„rtahol
dehqonlarning da'vo arizalari qondirila boshlanadi. Lekin bunday jonkuyar “xalq
farzandlari” ning taklif va ishlari “siyosiy siquvlar” tufayli o„z maqsadlarini amalga
oshira olmaganlar. Respublikada bu noxushliklarning avj olishi bosh sabablaridan
yana biri O„zSSR MIQ tomonidan 1930-yil 11-martda “kollektivlashtirish va quloq
qilish” qaroridan so„ng bu masalaga siyosiy tus berilishidir. Natijada, asossiz chaquv,
dalil va uydirmalarga asoslangan uchlikning qarori bilan markazning qarori, buyruq
va korsatmalarini o„ziga dastak qilib olgan mahalliy xodimlar qo„pol xatoliklarga
yo„l qo„ydilar.
Sun'iy “quloq” qilish voqea-tafsilotlari birgina O„zKP ( b) MK Toshkent okrug
Dostları ilə paylaş: |