5
Kirish
Tarixdan ma‟lumki, O„zbek xalqi tarixida asoratli voqealarni qoldirgan
ommaviy jamoalashtirish davri ittifoq tasarrufidagi respublikalar qatori O„zbekiston
xalqi tarixiy taqdirida ayanchli va sezilarli asoratlarni qoldirgan davr sanaladi.
Chunki xalqimizning qariyb chorak kam bir asrlik siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayoti mazkur tarixiy jarayon bilan mustahkam bog„liq bo„lgan davrdir.
Shu sababli, jamiyat taraqqiyotining real qonuniyatlari chuqur o„rganish
zarurligi, milliy tarixdagi yuksalish va tanglik davrlarini yangicha metodologik nuqtai
nazardan turib tahlil qilish, sovet mustamlakachilik tuzimining ko„rsatgan
buzg„unchilik ta‟siriga doir omillarini aniqlash, avvalgi mafkuraviy andozalar va
eskicha tafakkur ko„rinishlarining takrorlanishiga barham berish yo„llarini belgilash,
jamiyatning ma‟naviy-axloqiy takomilga erishuvida tarix fanining ta‟sirini
kuchaytirish zarurligini inobatga olgan holda tahlil qilish muhim vazifalardan biri
ekanligi monografiyada e‟tiborga olingan.
Ana shu muhim ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib, monografiyada vatanimiz
tarixining og„ir mastamlakachilik o„tmishi bilan bog„liq bo„lgan sahifalarda bugungi
kun nuqtai nazaridan qayta baho berish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ularga murojaat
qilishga bo„lgan ijtimoiy ehtiyojlarning ilmiy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, sovet
hokimiyati yillarda o„tkazilgan diktatorlik siyosati oqibatida sovet hukmronligi davri
tarixi nihoyatda soxtalashtirilgan holda buzib ko„rsatildi. Mustaqillik yillarida
mamlakatimiz olimlari mustamlaka o„tmishning haqqoniy solnomasini yaratish
sohasida muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Mustamlakachilik zo„ravonligi davri
tarixi ko„p jihatdan hali “oq dog„lar” va “qora o„pirilishlar” bilan ajralib turadi. Shu
jumladan sovet hukumatining O„zbekistonda amalga oshirilgan qishloq xo„jaligini
yoppasiga kollektivlashtirish bu siyosat natijasida qo`llanilgan qishloq aholisiga
nisbatan qo„llanilgan zo„ravonlik, aniqrog„i “qatag„onchilik siyosati” masalalari ham
taaluqli ma‟lumotlar tahlili keng yoritilgan.
Ayniqsa, O„zbekistonda 1929-1932 yillarda amalga oshirilgan yoppasiga
kollektivlashtirish siyosati va u bilan bog„liq muammolar yaqin davrgacha to„la
o„rganilgan deb kelindi. Biroq, bugungi kunda respublikamizda sovet davri tarixini
6
har taraflama, haqqoniy o„rganish natijasida qishloq xo„jaligini kollektivlashtirish
siyosati va amaliyoti ta‟rifining bizga qorong„u bo„lib kelgan qator muammo va
masalalari namoyon bo„lmoqdaki, ularni bugungi kun talablari bo„yicha har taraflama
ham ijobiy, ham salbiy xususiyatlari bo„yicha o„rganish, tahlil qilish, nazariy
xulosalar chiqarishga e‟tibor qaratilgan va ishda o„z tasdig„ini topgan.
Mustabid tuzum qulaganidan keyingina mazkur hujjatlaridan foydalanish
imkoniyati yuzaga keldiki, bu hol kollektivlashtirish tarixiga tamoman boshqacha
nuqtai nazardan baho berishni kun tartibiga chiqarib qo„ydi. Mustaqillik yillarida
vatanimiz siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy hayotida buyuk o„zgarishlar yuz berib,
tariximizning 1930-yillar voqealarini yangicha mushohada etish, baholash, tanqidiy
o„rganish, xolisona yoritishi sari qadam tashlanmoqda. Bu masalalarni o„rganishga
qiziqish va ehtiyojlar ham ortib bormoqda.
Chunki, O„zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan qishloq xo„jaligini
yoppasiga kollektivlashtirish, quloqlarni sinf sifatida tugatish siyosati va bu bilan
bog„liq masalalar uzoq yillar davomida faqat bir taraflama, kommunistik mafkura
talablari bo„yicha yoritildi. Bu masalaning bir qator ziddiyati, salbiy holatlari yashirib
o„tildi yoki soxtalashtirib talqin qilindi. Aynan shu muammolarni xolisona
o„rganishga ham monografiyada ahamiyat berilgan.
Shuningdek monografiyada kollektivlashtirish davrida bu siyosatdan norozi
bo„lgan dehqonlar asossiz ravishda jazo organlarining tazyiqiga va zo„ravonligiga
uchradilar. Mustabid tuzum o„z fuqarolariga qarshi ommaviy jazo – repressiv
choralarni keng qo„llaganligi, oqibatda qishloq aholisining asrlar mobaynida
shakllangan urf-odat, qadriyatlari va insoniylik huquqi qo„pol ravishda toptaldi. Jazo
organlarining qatag„on amaliyoti natijasida o„zbek qishlog„ida xos bo„lgan
tadbirkorlik, mulkka egalik, mehnatdan manfaatdorlik hissi kabi qadriyatlar bo„g„ib
qo„yilishi va yo„q qilinishiga oid ma‟lumotlar tahlili berilgan.
Va nihoyat, monografiyada kollektivlashtirish va quloqlashtirish jarayonidagi
sovet jazo organlarining tutgan o„rni va rolini haqqoniy va har taraflama o„rganish
orqali sovet tuzimining asl qiyofasini ochib berishga, yaqin o„tmishimizda yuz bergan
mudhish fojealarni mushohada qilish orqali milliy o„zligimizni anglab etishga hamda
7
o„tmish saboqlaridan to„g„ri xulosalar chiqarishimizga oid xulosalar ishda o„z aksini
topgan.
Ma‟lumki, sovet hukumatining qishloq xo„jaligini yoppasiga kollektivlashtirish
va “quloqlar sinf sifatida tugatish” siyosati boshlang„ich davrdanoq zo„ravonlik bilan
amalga oshirila boshlagan. Kollektivlashtirish harakati bolsheviklar hukumatiga xos
bo„lgan “inqilobiy” shiddat bilan, xalq ommasiga nisbatan zo„rlik va qatag„on
usullarini keng qo„llagan holda o„tkazila boshlandi.
O„zbekistonda sovet hukumati tomonidan amalga oshirilgan qishloq xo„jaligini
kollektivlashtirish va quloqlashtirish siyosati boshlang„ichidan qishloq aholisiga
nisbatan zo„ravonlik qilish vositasida olib borildi. Dehqonlarni kolxozlarga majburan
kiritish uchun ularga nisbatan zo„rlik ishlatildi va qatag„onlarning turli vositalari
ishga solindi.
Sovet hukumati kollektivlashtirishni amalga oshirishda “sinfiy kurash” degan
aqidani ishga solib, o„ziga to„q va tadbirkor dehqonlar qatlamiga nisbatan urush e‟lon
qildi. Bu xo„jaliklar turli usul va vositalar bilan siquvga olindi. Kollektivlashtirish
siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish usullarini tadbiq etishda sovet
davlatining jazo muassasasi bo„lgan OGPU-NKVD organlari alohida o„ziga xos rol
o„ynaydi.
Kollektivlashtirishda
norozilik
bildirganlar,
mol-mulkini
kolxozga
topshirilishni istamagan xo„jalik boshliqlari “aksilinqilobiy faol quloqlar” sifatida
ta‟qibga olindi. Jazo organlari tomonidan qo„lga olingan bunday kishilarning
aksariyati sudsiz, tergovsiz otib tashlandi. Qolgan qismi esa uzoq muddatga qamoqqa
tashlandi. Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta‟kidlaganlaridek, “Mustabid
tuzum davrida minglab begunoh vatandoshlarimizni umri xazon bo„lgan. 1937-53
yillarda O„zbekistonda 100 ming odam qatag„onga uchragan. Ularning 13 ming
nafari shafqatsiz otib tashlangan. Qanchadan-qancha oilalar xonavayron bo„ldi,
bolalar yetim qolgan. Birgina 1937-38-yillardagi katta qatag„on davrida 7 mingga
yaqin vatandoshimiz otilgan”ligi so„zimizning yaqqol isbotidir.
1
1
https:|\\ www.xabar.uz\\uz\jamiyat\shavkat-mirziyoyev-qatag‟on-qurbonlari-haqida
8
Qishloq xo„jaligini yoppasiga kollektivlashtirish boshlanishidan to 1954-yilga
qadar GULAG tizimidagi lagerlar aholisining ko„pchiligini ayni “quloqlar” tashkil
qilgan.
Xulosa qilib aytganda, O„zbekistonda amalga oshirilgan yoppasiga
kollektivlashtirishning fojeali oqibatlaridan biri bo„lgan quloqlar surguni, maxsus
posyolkalar tarixini, o„zbek dehqonlarining surgundagi ayanchli turmushini bugungi
kun talablari darajasida tadqiq etish va o„rganish tarixshunoslik oldida turgan dolzarb
vazifalardan biridir. Xususan, kollektivlashtirish va quloqlashtirishni amalga
oshirishda, quloqlar surgun qilingan maxsus mehnat posyolkalarining ma‟muriy
boshqaruvida jazo organlari etakchi o„rin tutganki, bu muammoni ham
tarixshunoslikning bugungi kun talablari darajasida tahlil qilish muhim ahamiyat kasb
etmoqda, sababi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “atan fidoyilarini eslashimiz,
ularning haqqiga Qur‟on o„qishimiz yaxshi an‟ana. Ma‟rifatparvar bobolarimiz
mustaqillik uchun, xalqimiz emin-erkin yashashi uchun kurashganini bilamiz. Oxirgi
yillarda butun jamoatchiligimiz harakati bilan ularning nomlarini tiklash, muzeylarni
yangi namunalar bilan to„ldirish, ijod maktablarini tashkil etish bo„yicha ko„p ishlar
qilinmoqda. Bularning hammasi – odamlarga tarixiy adolatni va haqiqatni yetkazish
uchun xalqimiz u kunlarni bilishi va hech qachon unutmasligi, bugungi kunlarni
qadriga yetish uchun” degan falsafiy fikrlaridan kelib chiqib, muammoni yanada
kengroq va atroflicha tahlil etishni lozim topdik.
2
Dostları ilə paylaş: |