RAQAMLI TEXNIKADA QO'LLANILADIGAN SANOQ SISTEMALARI Sanoq sistemasi deb predmetlar majmuasini maxsus belgilar bilan belgilash tushuniladi.
Raqamli qurilmalarda ikkilik sanoq sistemasi deb ataluvchi sistema ishlatiladi. Bundan tashqari EHM va mikroproscssor sistemalarida o‘n oltilik sanoq sistemasi deb ataluvchi sistema ham ishlatiladi. Demak, raqamli texnologiyani tushunish uchun bir sanoq sistemadan ikkinchi sistemaga va aksincha, teskarisiga o‘tkazishni bilish kerak.
Razryad og‘irligi Faraz qilaylik: sotuvchi xarid qilingan mol uchun 243 so‘m pul to‘lashni talab qildi. Siz unga taxminan shunday to‘laysiz:
2 ta 100 so‘mlik + 4 ta 10 so‘mlik + 3 ta 1 so‘mlik.
Bu misol razryad og‘irligini tushuntirib beradi. Bunda 2 raqami 200 sonini bildiradi. Chunki u o‘z joylashishiga ko‘ra o‘nlik nuqtadan chapda 3 razryadda turibdi. 4 soni 40 ni, chunki 2 razryadda, 3 raqami 3 sonini bildiradi. Chunki u l-rnzryadda turibdi. Shunday qilib, 243 soni quyidagi yig‘indidan iborat bo‘ladi:
243 = 200 + 40 + 3
Xuddi shunday ikkilik sanoq sistemasida ham razryad og‘irligi tushunchasi ishlatiladi. Masalan, 1101 (bir-bir-nol-bir) ikkilik soni qancha miqdordagi predmetlarni belgilaydi?
11012 = 13I0 Predmetlar soni:
о о
о о о
о о о
о
о о о о о о
Razryad og‘irligi: 8 4 2 1
Ikkilik son: 1 10 1
Quyidagi jadvalda ikkilik sanoq sistemasida har bir razryadning og‘irligi keltirilgan:
512
256
128
64
32
16
8
4
1
Har bir razryad og‘irligi har safar o‘zidan oldingi razryad og‘irligining ikkiga ko‘paytirilganidan hosil boiadi. Shuning uchun ikki asosga ko‘ra sanoq sistema deyiladi.