AXBOROT TEXNOLOGIYASI VA TIZIMLARI Korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish, kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalardan, ilg‘or konstruksiyali materiallardan foydalanish dasturlarini amalga oshirish asosidagina mehnat unumdorligini o‘stirish, mahsulot sifatini yaxshilash, aholining xarid talabini qondirish, ilm-fan ishlab chiqarish tarmoqlarini, ayniqsa elektrotexnika, elektromexanika, elektronika, asbobsozlik, hisoblash texnikasi, aloqa vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifasini vujudga keltiradi.
Bularning hammasi axborotlashtirishning ulkan imkoniyatlaridan eng samarali foydalanishni, uning bozor munosabatlariga o‘tish davridagi jarayonlariga ta’sirini kuchaytirishning eng dolzarb vazifasiga aylantirmoqda.
Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan-texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Axborot texnologiyasi - bu usullar tizimi va axborotlarni yig‘ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo‘lidir. U informatikaning predmeti hisoblanadi h; .nda boshqaruv amaliyotini o‘tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarisi .11, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida kor- xonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq xo‘jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.
Axborot texnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o‘lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi.
Axborot texnologiyasi uch qismdan iborat:
Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari o‘rganiladi, bunda asosiy e’tibor axborot tizimmi yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan.
Axborot texnologiyasi tizimining unsurlari: hisoblash texnika- sining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi umumiy ta’minotlarni o‘rganadi.
Boshqarish subyekti faoliyatiga taalluqli bo‘lgan iqtisodiy masalalami yechish yo‘llari o‘rganiladi.
Axborot texnologiyasi tizim sifatida boshqarish subyektida shakl- lanadi. Shu sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish subyekti- ning ustqurmasi hisoblanadi. Demak, axborot texnologiyasining shakllanishi uchun quyidagi unsurlaming bo‘lishi majburiydir:
mutaxassislar;
texnik vositalar;
axborotlar.
Shuning uchun ham axborot texnologiyasi boshqarish funksiya- larini ifodalovchi axborotlami yig'ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi inson-mashina tizimi deb yuritiladi. Bu tizimni yaratish uchun bir qator tamoyillar ishlab chiqil- gan.
EHM XX asming 50-yillar boshlaridan to hozirgi kunlarga qadar bo‘lgan o‘zining rivojlanish tarixida bir necha avlodlami boshidan o‘t- kazdi:
avlod - elektron lampalar asosida;
avlod - yarim o‘tkazgichli diod va triod, tranzistorlar asosida;
avlod - integral mikrosxemalar;
avlod - katta integral sxemalar;
avlod - juda katta integral sxemalar.
Hozirgi kunda kompyuterlardan foydalanish nafaqat hisoblash sohasida, balki elektrotexnologiya sohalarida ham ulardan foydala- nishning yangi shakllarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
«Axborot texnologiyasi»ning asosiy maqsadi har bir talabada kompyuterga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va buning yordamida turli texnik masalalar yechish yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari «Axborot» so‘zi lotincha «informatsion» so‘zidan olingan bo‘lib, kutilayotgan yoki bo‘lib o‘tgan voqea, hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bildiradi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izoh- lagan. Masalan, falsafada axborot inson ongiga ta’sir etib, obyektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ish- latiladi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea-hodisa to‘g‘- risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo‘llaniladi.
Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi obyekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasi bilan uzviy bog‘langan, lekin har qanday ma’lumot axborot bo‘lavermaydi.
Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:
Uzluksiz hosil bo‘lish.
Harf-raqamlarda ifodalanish.
Diskret xarakterdaligi.
Yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.
Axborotni o‘lchashda turli xil birliklardan foydalanish mumkin.
Masalan, axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt, Kilobayt, Megabayt o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.
1 bayt = 8 bit
Kbayt = 1024 bayt
Qayd qilish jarayoniga ko‘ra axborotning o'lchov birligi sifatida belgi, so‘z, jumla, abzas va boshqa birliklardan foydalanish mumkin.
Axborotni uzatish va qabul qilishda Bodo kattaligidan foydalaniladi. 1 Bodo 1 simvolga teng.
Tizim haqida tushuncha va uning turlari Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qo‘llaniladigan tushuncha- lardan biri - tizimdir. «Tizim» yunoncha so‘z boiib, «tashkil etuvchi- lardan iborat bir butunlik» degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ular- ning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo‘lishi mumkin.
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo‘lib, har xil nazariya- lar, bilimlar, gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim unsurlarini (kompyuterlar, hujjatlar), ham nomoddiy tizim unsurlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o‘z ichiga oladi. Shu orada axborot texnologiyasiga ta’rif berib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Axborot texnologiyasi - obyektning, hodisa yoki jarayonning (axborot mahsulotining) ahvoli haqida yangicha ma’lumot olish maqsadida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari majmuasi (boshlang‘ich ma’lumotlar) dan foydalanish jarayonidir.
Axborot texnologiyasining maqsadi axborotlarni inson ularni tahlil qilishi va shu asosda biror ishni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishi uchun ishlab chiqishdan iborat.
Shunday qilib, tizim - bu o‘zaro bog‘liq va yagona maqsadga eri- shish uchun ma’lum qoida asosida o‘zaro munosabatda bo‘ladigan unsurlar to‘plami. Bu unsurlar to'plami oddiy unsurlar yig‘indisidangi- na iborat bo'lmay, har bir unsur ham o‘z navbatida tizim bo'lishi mumkin.
Tizimlar tuzilishi bo'yicha oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi unsurlar soni kam bo‘lib, sodda tuzilishga ega bo‘ladi.
Murakkab tizimlar esa bir nechta unsurlardan tashkil topgan boiib, bu unsurlar ham o‘z navbatida alohida tizimlarga boiinishi mumkin.
Vaqt davomida o'zgarishga qarab tizimlar statistik va dinamik turlarga ajratiladi. Statistik tizimda vaqt davomida o‘zgarish bo‘lmay- di. Dinamik tizimda esa vaqt o‘tishi bilan holat 0‘zgarib boradi.
Tashqi muhit bilan bo'ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar boiishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan aktiv alo- qada bo‘ladi. Yopiq tizimlarning unsurlari esa tashqi muhitdan ta’sir- lanmaydi.
Texnik obyekt tizim sifatida, boshqarish tizimi Texnik obyektni tizim sifatida ko‘radigan bo‘lsak, u ham quyidagi unsurlardan tashkil topgan bo‘ladi:
boshqaruvchi obyekt;
boshqariluvchi obyekt.
Bu unsurlar o‘rtasidagi aloqa ham katta ahamiyatga ega. Texnik obyekt deb elektr yuritmani olsak, boshqariluvchi obyektga, masalan, nasoslar, ventilyatorlar, turli stanoklar va hokazo, boshqaruvchi obyektga turli kontrollerlar, boshqarish qurilmalari, mikroprosessorlar, EHM va hokazolar misol bo‘ladi. Agar boshqaruvchi obyektdan ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi obyektga borsa, bu aloqa «to‘g‘ri aloqa» deyiladi. Agar aksincha, ma’lumotlar boshqariluvchi obyektdan boshqarish obyektiga borsa, «teskari aloqa» deyiladi. Masalan, bularga tezlik, tok va boshqa parametrlar misol bo‘la oladi.
Boshqarish deb obyektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funksiyasiga aytiladi.
Axborot tizimlarini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin:
Axborot ta’minoti tizimi.
Maqsadli faoliyat ko‘rsatuvchi tizim.
Axborot ta’minoti tizimi har qanday ABTning tarkibiga kiradi. Hozirgi davrga kelib quyidagi avtomatlashtirilgan tizimlar paydo bo‘ldi:
loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan qismi;
ilmiy izlanishning avtomatlashtirilgan qismi;
korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi.
Maqsadli faoliyat ko‘rsatuvchi tizimlar tarkibiga:
axborot - qidiruv tizimi;
axborot - ma’Iumotnoma beruvchi tizim;
axborot - boshqaruvchi tizim kiradi.
Axborot-qidiruv va axborot-ma’lumotnoma beruvchi tizimlar foydalanuvchi tomonidan berilgan talabga mos ravishda tegishli axborotlarni saqlash va taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Bunday tizimlar faoliyati ikki qismdan iborat:
Axborotni yig‘ish va saqlash.
Axborotlarni qidirish va foydalanuvchiga berish.
Ma’lumotlarni tarqatish usuliga ko‘ra axborot-qidiruv tizimlari
quyidagi uch turga bo‘linadi:
Axborot qidirishni tartibli amalga oshiruvchi tizim.
Berilgan talab bo‘yicha qidirishni amalga oshiruvchi tizim.
Umumlashtirilgan tizim.
Axborot-boshqaruvchi tizimlardan asosan texnologik jarayonlar- ning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida foydalaniladi.
Zamonaviy sharoitda axborot tizimi axborotlarni qayta ishlash- ning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydala- nishni ko‘zda tutadi.
Insoniyat tomonidan katta miqdordagi bilimning to‘planishi, turli xil axborotlarni saqlash masalasini hal qilishni talab etadi. Bunda axborotlarni saqlash yagona maqsad hisoblanmaydi, balki u kerakli ma’lumotlardan kerakli vaqtda foydalana olish, turli hujjatlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Hozirgi kunda bir qancha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yaratilgan: REBUS, KARAT, SUBD+, DBASE, FOXBASE, FOXRRO, ACCESS va boshqalar.
Bu tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
ma’lumotlar bazasida joylashgan ma’lumotlarni ko‘rish;
ma’lumotlar bazasidan tegishli hisobotlarni olish;
ma’lumotlar bazasining yozuvlaridan nusxa olish va boshqalar. Har bir tizim bir-biridan buyruqning bajarilish tezligi va miqdori bilan
farqlanadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bir vaqtning o‘zida to‘qqiz xil turdagi fayllar bilan ish yuritadi. Xotirada saqlanayotgan har bir fayl universal nomga ega bo‘lib, fayl nomi va fayl turidan tashkil topadi. Fayl nomi foydalanuvchi tomonidan kiritilsa, faylning turi foydalanayotgan buyruqqa ko‘ra tizim tomonidan avtomatik ravishda o‘matilgan. Ma’lumotlar bazasi fayllari quyidagi turlarga ega: dbt - ma’lumotlar bazasining xotira fayli; dbf - ma’lumotlar bazasining aktiv fayli; ndx - ma’lumotlar bazasining tartiblashgan fayli; mem - xotira faylining ishchi fayli; prg - ma’lumotlar bazasining buyruqli fayli; fmt - ma’lumotlar bazasining formatlashgan fayli; ebe - ma’lumotlar bazasining ko‘rsatkichli fayli; frm - ma’lumotlar bazasining hisobot fayli; txt - ma’lumotlar bazasining matnli fayli.
Hisoblash tarmoqlarining dasturiy ta’minoti ularning hisoblash va axborot resurslariga kollektiv chiqish yo‘lini tashkil etishni, tar- moqning resurslarini dinamik taqsimlash va qayta taqsimlashni ta’- minlab beradi.
Hisoblash tarmoqlarining dasturiy ta’minoti uchta tarkibiy qism- lardan iborat:
umumiy dasturiy ta’minot: tarmoq tarkibiga kiradigan alohida EHMlarning asosiy dasturiy ta’minoti yuzaga keladi;
maxsus dasturiy ta’minot amaliy dasturiy vositalar bilan hosil bo‘lgan;
tizimli-tarmoqli dasturiy ta’minot hisoblash tarmog‘ining hamma resurslarining yagona tizim sifatida o‘zaro ta’sirini saqlab turuvchi dasturiy vositalar kompleksini ifodalaydi.
Hisoblash tarmog‘ining dasturiy ta’minotida o‘ziga xos o‘rin tizimli tarmoqli dasturiy ta’minotga to‘g‘ri keladi. Uning vazifalari tarmoq- ning taqsimlangan operatsion tizim (ОТ) sifatida amalga oshiriladi.
Tarmoqning operatsion tizimi boshqaruvchi va xizmat qiluvchi dasturlar to'plamini o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilarni ta’minlab beradi:
kirish yo‘lining dasturlararo usuli;
alohida amaliy dasturlarning tarmoq resurslariga kirish yo‘li;
bir xilda hisoblash resursiga ularning murojaati sharoitida amaliy dasturiy vositalarining ishini sinxronlantirish;
tarmoq «pochta yashiklari»dan foydalanish orqali dasturlar orasida axborot bilan almashinish;
tarmoqning EHMlari orasida ma’lumotlar (fayl) bilan almashi- nishi;
tarmoqning axborot, dasturiy va texnik resurslaridan foydalana- yotganligi haqida turli xil ma’lumotlarni berish;
axborotlarni bir foydalanuvchidan boshqalariga uzatilishi (elektron pochta).
Tarmoqning ОТ yordamida:
foydalanuvchining masalalarni yechish ketma-ketligi o‘rnatiladi;
foydalanuvchining masalalari tarmoqda saqlanayotgan kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlanadi;
apparat va dasturiy vositalarning ishlashi tekshirib turiladi;
hisoblash tarmoqlaridagi turli foydalanuvchilarning ehtiyojlariga ko‘ra resurslarning rejali va operativ taqsimlanishi ta’minlanadi.
ELEKTRON AXBOROT OQIMLARI Elektron ofisga uzoq va yaqin bo‘lgan turli manbalardan juda ko‘p xabarlar keladi. 0‘z navbatida ofis xodimlari ham tashqi dunyo- ga o‘zining axborot xabarlarini uzatadilar. Shuning uchun ofisda elektron axborot oqimlarini qabul qilib, uzatishga mo‘ljallangan vositalar mavjud.