O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnologiyalar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə10/35
tarix17.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#115169
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnolog

Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuv- chilarni qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoq- likdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo‘ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shahar- lari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzel- lari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
EHMning lokal tarmoqlari bir kotxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoq­lar juda keng tarqalgan, chunki 80-90 % axborot o‘sha tarmoq atro- fida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lckin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanali- ning bo‘lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Tarmoqning dasturiy ta’minoti
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan o‘lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan boiishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko‘p- gina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo‘lgan bosh kom­pyuter resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo‘lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo‘lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk hajmi odatdagi kompyuterdagidan ko‘p bo‘lishi kerak, chunki undan ko‘pgina kompyuterlarda foydalaniladi.
Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo‘lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serveming boshqa tur serverlarini sanab o‘tish mumkin. Masa­lan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko'pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti tarmoqning ope- ratsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stansiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilina- digan dasturlar oralig‘idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta boimagan qobiq joylashtiriladi.
Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo‘ljallangan dastur tizimlari foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo‘yicha ushbu dasturli tizimlar fayl-serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo‘lganda foyda­lanuvchi kompyuteriga, ya’ni ishchi stansiyasiga o‘tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha ma’lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo‘lsa va faylli serverda saqlanayotgan bo‘lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubhasiz, buning uchun ma’lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga ko‘chirilishi kerak.
Ikkinchi tamoyil «klient-server» arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa bo‘lib foydalanishgagina mo‘ljallanib qolmay, ularni qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko‘ra resurslarni joylashtirishga mo'ljallangan. «Klient-server» arxi- tekturalar dasturi tizimi ikkita bo‘linmadan iborat: serverning dasturli ta’minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta’minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz - dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga so‘rov jo‘natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuv­chi kompyuteriga faqat bajarilgan so‘rov natijalari yuboriladi. Ma’­lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir necha 10 gegabayt va undan ko‘p) bilan ishlashga mo'ljallangan va ko‘p sonli foydalanuvchilar yuqori, unumli ishlab chiqarishni, ishonch va hi- moyalanganlikni ta’minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida klient- server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta matnli sahifalarni saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi mashhur Web- serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar ma’lum. Sanab o'tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun so‘rash imkonini beradi.
Taqsimlanadigan resursga ega har qanday kompyuter tarmog'i server deb yuritilishi mumkin. Chunki boshqa kompyuterlarda foyda- lanishga ruxsat bo‘lgan boiinuvchi modemli kompyuter modem yoki kommunikatsiyali serverdir.
Shaxsiy kompyuterlarning lokal tarmog'i keng tarqalgan. Dunyo- dagi ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar shu tarmoqlarda ishlaydi. Lokal tarmoqlar bir-biridan uncha uzoq bo'lmagan masofada joylashgan kompyuterlarni bog‘lab turadi. Odatda ular bir yoki bir necha yaqin joylashgan korxona, muassasa va ofislar kompyuterlarini birlashtira- di. Lokal tarmoqning asosiy farqlanuvchi xususiyati - barcha uni yagona kompyuterlarning ma’lumot uzatish tezkor kanali va kom- munikatsiya asbob-uskunalarida xatolik yuzaga kelish ehtimolligining deyarli yo‘qligi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin