O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnologiyalar


Lokal kompyuter tarmog‘ida ishlashning afzalligi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə11/35
tarix17.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#115169
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnolog

Lokal kompyuter tarmog‘ida ishlashning afzalligi
Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalligi quyidagicha: ko‘p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog‘idagi disketlaming umumiy resurslaridan va hamma kirishi mumkin bo‘lgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir kompyuterdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati. Fayl - serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarini sanab o‘tamiz:

  1. Shaxsiy va umumiy foydalanuvchi та ’lumotlarni faylli serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu bois umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (matnlar, elektron jadval va ma’lumotlar bazasini ko‘rib chiqish, o‘qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidagi ma’lumotlar ko‘p tomonlama himoya qilinadi; umumiy ma’lumotlaming Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan mahsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda amaliy dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operatsion tizimi orqali o‘matilgan chegara doirasida bo‘ladi.

  2. Ко 'pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo ‘ladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: u yagona nusxada fayl-server diskida bo‘ladi. Shuni qayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi. Ko‘pgina foydala­nuvchilar uchun zarur bo‘lgan dasturli vositaga avvalo matn va grafik tahrirlovchi, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Ko‘rsatilgan imkoniyatlar orqali quyidagi ishlami bajarish mumkin: ishchi stansiyalarining lokal diskni dastur­langan vositalarni saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operatsion tizim himoya vositasidan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli mahsulotlarni ish- lashga layoqatli ahvolda ushlab turishni va ularni yangilashni sodda- lashtirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.

  3. Tarmoqning barcha kompyuterlari o'rtasida axborot almashishi. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar o‘rtasida dialog saqlanadi, shuningdek, elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta’minlanadi.

  4. Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi bar­cha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta’minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi; kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoni (malakasiz muomaladan himoyalangan holda); dasturli mahsulotlar sifatida bosish (yozish)ni amalga oshirish.

  5. Talabalar va o'qituvchilar kompyuterlari o'rtasida axborot alma- shishning maxsus dasturini qo ‘llash hisobiga o‘quv jarayonini uslubiy takomillashtirish uchun tarmoq muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilami amalga oshirish mumkin: o‘qituvchi kompyuterida bajariladigan ishlami talabalar kompyuterida ko‘rsatish; o‘qituvchining kompyuter monitorida talabalar kompyuterlari ekranlarini aks ettirish orqali talabalar bajaradigan ishlami nazorat qilish.

  6. Global tarmoqning yagona kommunikatsiya uzeli bo'lganda lokal tarmoqning har qanday kompyuteridan global tarmoq resurs- lariga kirishni ta’minlash.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin