Elektron pochta manzilgohi shakli quyidagi ko‘rinishda bo'ladi: @ - manzilgoh, host - kompyuterdan foydalanuvchi nomi. Masalan: sobir@ishonch.uz
salimov@cs.msu.ru
Internetda marshrutlovchi faqat @ belgisidan o'ngda turadigan komanda qatorini ishlab chiqadi. Foydalanuvchi nomini kompyuter- ning o‘zi o'qiydi. PING bilan ishlash PING dasturi Internetda boshqa kompyuterlar bilan bog‘lanish mumkinligini tekshirish uchun mo‘ljallangan. U qisqacha xabar jo'natadi, unga boshqa kompyuter avtomatik ravishda javob beradi. Agar siz PING yordamida boshqa kompyuter bilan bog'lana olmasangiz, demak, umuman buni amalga oshirolmaysiz. Ulanishni tekshirish uchun aloqa qilishni istagan host - kompyuter nomini kiritish va Ping komandasini berish kifoya qiladi. Bunga javoban aloqa bog'lash mumkinligi haqida axborot keladi. FTP bilan ishlash FTP (file transfer protocol - fayllami uzatish protokoli) - bu bir host - kompyuterdan boshqasiga nusxa olish imkonini beruvchi FTP protokol va dasturning jamlamasi bo‘lib, Internetning ilk xizmat turlaridan biri sanaladi. FTP imkoniyatlari:
olisdagi mashinadan fayllar qidirish;
fayllarda ma’lumotlarni jo'natish (ham ikkilik, ham matnli ma’lumotlarni).
FTP serverlarda katta hajmdagi fayl arxivlari saqlanadi (matnli axborot, dasturlar, ma’lumotlar bazasi). Hozir Internetda FTP serverining uch xil turi mavjud: