O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnologiyalar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə15/35
tarix17.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#115169
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnolog

Bir darajali tarmoq. Bunday tarmoqda ishchi stansiyalar o‘zaro ta’sirini boshqarishnir : yagona markazi yo‘q va ma’lumotlarni saq- lash uchun yagona qurilma mavjud emas. Tarmoq operatsion tizimi barcha ishchi stansiyalar bo‘yicha tarqalgan. Har bir tarmoq stansiya- si ham mijoz, ham server vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalaridan olingan so‘rovlarga xizmat ko‘rsatishi va o‘z so‘rov- larini tarmoqqa jo‘natishi mumkin. Bir darajali tarmoqning afzalligi: narxi arzon va o‘ta ishonchli.
Bir darajali tarmoqning kamchiligi:

  • tarmoq ish samaradorligining stansiyalar soniga bog'liqligi;

  • tarmoqni boshqarish murakkabligi;

  • axborotni himoyalash qiyinligi;

  • stansiyalar dasturiy ta’minotini yangilash va o‘zgartirishning qiyinligi.

Bu xildagi tarmoqdan LAN tastic, NetWare Lite tarmoq operatsi­on tizim bazasida keng qoilaniladi.
Ajratilgan serverli tarmoq. Ajratilgan serverli tarmoqda kompyu- terlardan biri barcha ishchi stansiyalar uchun mo'ljallangan ma’lu­motlarni saqlash, ishchi stansiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani bosh­qarish va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi. Bunday kompyuter odatda tarmoq serveri deb yuritiladi. Unga tarmoq operatsion tizimi o‘rnatiladi, yana unga barcha taqsimlanadigan tashqi qurilma - qattiq disklar, printerlar va modemlar ulanadi.
Ishchi stansiyalar o'rtasidagi o‘zaro ta’sir odatda server orqali amalga oshiriladi. Markaziy qurilma rolini server bajaradi. Markaz- lashtirilgan boshqaruv tarmoqlarida ishchi stansiyalar o‘rtasida ax­borot almashuv imkoniyati mavjud. Buning uchun Netlink dasturidan foydalanish mumkin.
Ajratilgan serverli tarmoqning afzalligi:

  • axborotni himoyalashning ishonchli tizimi;

  • tezkor harakat;

  • ishchi stansiyalar sonining cheklanmasligi;

  • birinchi darajali tarmoqqa nisbatan boshqaruvning oddiyligi.

Ajratilgan serverli tarmoqning kamchiligi:

  • server uchun bitta kompyuter ajratilishi tufayli narxining qim- matligi;

  • bir darajali (rang) tarmoqqa nisbatan kam moslashuvchanligi.

Ajratilgan serverli tarmoqlar nisbatan keng tarqalgan kompyuter
tarmog'i hisoblanadi.
Har qanday kompyuter tarmog‘ini uzellar majmui sifatida ko‘rishi mumkin.
Uzel - tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilma.
Lokal tarmoqlar dasturiy ta’minoti
Tarmoqlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarga turli xil xizmatlar ko'rsatishdir. Biror xizmatni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot ushbu xizmat serveri hisoblanadi. Xizmat ko'rsatish va serverlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: faylli server, bosmali server, elektron pochta serveri, kommunikatsion server. Tarmoqli dasturiy ta’minot lokal tarmoqda xizmat ko‘rsatish va ishlashning turli variantlarini amalga oshiradi.
Bir darajali (bir rangli) tarmoqlarda barcha kompyuterlar teng huquqli. Ular tarmoqda alohida ish joyi sifatida ishlaydi, lekin ayni shu paytda har qanday tarmoq kompyuterining diskidan, bosish quril- masidan hamkorlikda foydalanish, ma’lumotlarni uzatish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Lokal tarmoqda keng tarqalgan ish varianti sifatida fayl-server konsepsiyasidan foydalaniladi. U markaziy, nisbatan kuchli tarmoq kompyuterining dasturiy ta’minoti tomonidan amalga oshiriladi. Fayl-server tarmoq resurslarini boshqaradi va boshqa kom­pyuterlar ishchi stansiyalaridan kirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan birgalikda foydalanish uchun taqdim etiladigan asosiy resurs - bu markaziy kompyuterning diskli xotirasidir. Bu kompyuter ham fayl-server deb yuritiladi. Ishchi stansiyalar foydalanuvchining faol ishlashi uchun mo'ljallangan. Ishchi stansiya sifatida nisbatan arzon printer va hatto qattiq diskka ega bo‘lmagan kompyuterlardan foydalanish mumkin. Dasturiy ta’minot tarmoqning barcha foy- dalanuvchisiga dastur va ma’lumotlarni saqlash uchun fayl-server- ning tashqi xotirasini, umumiy printerini taqdim etadi va ishchi stan- siyalari o‘rtasida axborotlar almashinuvini ta’minlaydi. Fayl-serverda saqlanuvchi dasturlar va ma’lumotlar bajarish va qayta ishlash uchun ishchi stansiyaga aloqa kanali orqali uzatilishi kerak.
Tarmoq faoliyatini quvvatlovchi va tarmoq xizmatini tashkil etuv- chi tarmoqning dasturiy ta’minoti tarmoqli operatsion tizimni amalga oshiradi. Tarmoq operatsion tizim tarmoq ishi uchun zarur. Chunki lokal shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimlardan biri - DOS, Windows, OS/2, UNIX zarur.
Tarmoq operatsion tizim fayl-serverda odatdagi vazifalardan tashqari (diskka kirish, fayllarni saqlash, xotiradan foydalanish) fayl- serverdagi ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalaydi va foyda­lanuvchi huquqlari asosida boshqaradi. Bundan tashqari operatsion tizim turli operatsion tizim o‘rnatilishi mumkin bo'lgan barcha ishchi stansiyalar bilan ishlashni ta’minlaydi.
Hozir to'rtta asosiy 32 xonali tarmoq operatsion tizimini (ОТ yoki tarmoq xizmatini) ajratib ko‘rsatish mumkin: NetWare 4.1 («Novell» firmasi), Windows NT Server 4.0 («Microsoft» firmasi), Vines 6.0 («Banuan» firmasi), OS/2 Warr Advanced Server (IBM firmasi).
Bundan tashqari, UNIX oilasiga mansub tarmoq OTni eslatib o‘tish lozim.
Tarmoq operatsion tizimini tarmoq muhitida bo'lgan asosiy talablarga muvofiqligiga qarab, quyidagi imkoniyatlar bo‘yicha baholash mumkin:

  • yuqori samaradorlikda ishlashda fayllar va printerlardan birgalikda foydalanish;

  • «mijoz-server» arxitektura uchun, xususan ishlab chiqaruvchilar amaliy dasturiga mo‘ljallangan amaliy dasturlarni samarali bajarish;

  • turli platformalarda va turli tarmoq asbob-uskunalari bilan ishlash;

  • Internet bilan integratsiyani ta’minlash: TCP/IP protokolini dinamik sozlash (Dynamic Host Confiration Protocol - DHCP), WEB-server dasturiy ta’minotni ta’minlash;

  • tarmoqqa masofadan kirish;

  • ichki elektron pochtani, guruh boiib munozara qilishni tashkil etish;

  • hududiy jihatdan tarqoq, ko‘p serverli tarmoqlardagi resurslarga kataloglar va nomlar xizmati yordamida kirish.

Sanab o‘tilgan tarmoq operatsion tizimlaridan har biri garchi ularning hech biri foydalanuvchining barcha talablarini to‘liq qondira olmasa-da, u yoki bu nuqtayi nazardan eng yaxshi deb sanalishi mumkin. Barcha talablarni qondirish uchun turli ishlab chiqaruvchilar tarmoq operatsion tizimlarini birlashtirishi maqsadga muvofiq. Universallikka va samaradorlikka erishish uchun ko‘pincha NetWare va Windows NT Serverdan birgalikda foydalanishadi. Bunda NetWare fayllar bilan ishlash va bosish xizmati uchun ishlatiladi. Chunki u bu xizmatlaming yanada keng imkoniyatlari va universalligini ta’minlaydi. Windows NT esa ma’lumotlarni almashish va ilovalar serveri ishi uchun foydalaniladi.
NetWare va Windows NT tarmoqlarida kataloglarni boshqarish xizmati prinsip jihatidan turlicha qurilgan. NetWare 4.Ida tarmoqni ijara ko‘rinishida ishlovchi NetWare Directory Service (NDS)dan foydalaniladi. Windows NT tarmog‘ida kataloglarni boshqarish xizmati ishonchli munosabatlardagi domenlar to‘plamini ifodalaydi. Har ikki xizmat turida ko‘plab serverlar bilan markazlashgan holda boshqarish imkoniyati mavjud. Tarmoqda bir marta qayd etilgan foydalanuvchiga turli serverlar bilan birlashish imkoniyati beriladi. Doment tizim domenlar o‘rtasidagi munosabatga ancha moslashib qarash imkonini beradi. Domen boshqa doment haqida to‘liq yoki qisman ma’lumotga ega bo'lishi yoki hech qanday axborotga ega bo‘lmasligi mumkin. Sanab o‘tilgan barcha operatsion tizimlar fayllar bilan ishlash va bosish uchun yetarli darajada yaxshi mijoz vositasiga ega. Ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar har xil turdagi serverlar bilan ishlay oladigan mijoz dasturiy ta’minotini chiqarmoqda, masalan, Windows yuqorida sanalgan barcha tarmoq operatsion tizimi serverlar bilan ishlash qobiliyatiga ega universal mijozni o‘z ichiga oladi. Foydalanuvchi qaysi server xizmatiga murojaat qilayotganini bilmasligi mumkin.

Ill BOB

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin