1957-yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARPANet tajriba tarmog‘ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972-yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo‘lishi edi. 1975-yil ARPANet tajriba tarmog‘i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o‘zgartirdi.
80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning o‘zaro ta’sir protokollari standartlashtirildi. Boshlang‘ich variant TCP/IP (Transfer Control Protocol/Internet Protocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCP/IP ni UNIX ОТ safiga kiritdi. 1983-yilda Internet tashkil etildi. ARPANet 2 ta qismga bo‘lindi: MILNet va ARPANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi.
yil ARPANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin edi.
Gipermatnli inqilob: 1965-yil Nelson gipermatn so‘zini qo‘lladi. Van Dam va boshqalar 1967-yilda gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987-vil ma’lumotlarning gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva S^R.N (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li
yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Xalqaro Axborot Tarmog‘i - World Wide Web (WWW) ga poydevor qo‘yildi. 1993-yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporasiyasiga o‘tib Netscape brauzerini ishlab chiqdi. 90-yillar o‘rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo‘llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar: tarmoq kanallarini ortiqcha yuklash va axborotni himoyalash mavjud edi. Internetning statistik ma’lumotlari quyidagicha:
1981-y. - Internet ga 213 ta kompyuter ulangan;
1983-y. - Internet ga 562 ta kompyuter ulangan;
1986-y. - 5089 ta kompyuter ulandi;
1992-у. - 727000 kompyuter ulandi;
1995-y. - 20-40 million kompyuter birlashdi.
Ko‘pchilik zamonaviy tarmoqlar ISO/OSI etalon modeliga faqat yaqindan mos keladi. Bir xil nomdagi darajalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’sir qila olmaydi. Har qanday daraja faqat qo‘shni (yuqori yoki pastki) daraja bilangina o‘zaro ta’sir ko'rsatadi. Qo‘shni daraja bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatish interfeys deb yuritiladi.
Protokol qoidani belgilaydi. Bu qoida asosida ikkita dastur yoki ikkita kompyuter birgalikda harakatlanadi. Ayrim protokollar ma’lumotlar harakatini boshqaradi, ayrimlari xabarlar butunligini tekshiradi, yana birlari esa ma’lumotlarni bir formatdan boshqasiga o‘tkazadi.
Internet bo‘ylab yuborilgan har bir axborot protokol orqali kamida uch daraja bo'ylab o‘tadi:
tarmoq daraja - bunda xabarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish kuzatib boriladi;
transport daraja - bunda uzatiladigan xabarlar butunligi kuzatiladi;
amaliy darajada - xabarlarning kompyuter formati kishining ma’lumotni qabul qilishi uchun qulay ko‘rinishga o‘zgaradi.
Internetda ikkita asosiy protokoldan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: