O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnologiyalar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/35
tarix17.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#115169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnolog


J
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGITOSHKENT DAVLATTEXNIKA UNIVERSITETI
O.O. HOSHIMOV, M.M. TULYAGANOV
KOMPYUTERLI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligioliy va o'rta maxsus o‘quv yurtlarining bakalavr 5521300 - «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar» ta’limiyo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent «Yangi asr avlodi» 2009

0‘quv qoilanmada raqamli texnologiyada qoilaniladigan sonlar tizimi, razryad og‘irligi, raqamli texnikaning asosiy mantiqiy elementlari va ularning kombinatsiyalari, ular asosida sxemalar yig‘ish va ularni soddalashtirish usullari va boshqa elementlari keltirilgan. Kompyuter texnologiyasi bo‘yicha ularning tuzilishi va elementlarining asosiy vazifalari, axborot texnologiyasi va tizimlari haqida, yo'nalishning andozaviy-dasturiy vositalari hamda elektromexanik tizimlarni avtomatik boshqarish tizimlarini hisoblash va tadqiqot qilish uchun sonli metodlar hamda maxsus dasturlar majmuasi usullari ko‘rib chiqilgan.
Taqrizchilar:
M.M. KARIMOV,
TATU, «Axborot xavfsizligi» kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor
T.M. MAGRUPOV,
TDTU, «Asbobsozlik» kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor
ISBN 978-9943-08-470-4
© Hoshimov O.O., Tulyaganov M.M. «Kompyuterli va raqamli texnologiyalar». «Yangi asr avlodi», 2009-yil.

«Kompyuterli va raqamli texnologiyalar» fanini o'qitishdan maqsad talabalarni elektr-texnik, elektr-mexanik va elektr-texnologik obyekt- larni boshqarish tizimlarini loyihalashda zamonaviy kompyuter va ra­qamli texnika vositalarini qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
Ma’lumki, elektr-texnik, elektr-mexanik va elektr-texnologik obyekt- lami ifodalovchi matematik modellami yuqori o‘lchamliligi va chiziqsiz- ligi, boshqarish algoritmlariningmurakkabligi raqamli hisoblash texnikasi vositalarini keng qo‘llamasdan turib, mazkur obyektlarni avtomatik boshqarish tizimlarini (ABT) yaratish juda qiyin.
Fanni o‘qitishning vazifasi talabalarni mavjud bo‘lgan raqamli va axborot texnologiyalari asoslari hamda tayyor dasturlar vositalari bilan tanishtirish va kelgusida elektromexanik tizimlarini hisoblash va tadqiq qilish uchun maxsus dasturlar majmuasini (MDM) tuzish- dan iborat. Ushbu fan «Informatika» kursida o‘tilgan bilimlarga asos- lanadi. Bunda talabalar informatsiya, xotira, raqamli texnikaning qurilmalari, fayl, dastur, tarmoq va boshqa tushunchalarga ega boiishi kerak.
Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismini raqamli tex- nologiya, ikkinchi qismini esa kompyuter texnologiyasi matnlari tashkil qiladi.
Texnikaga aloqador boMmagan insonlar robotlar, elektron hisoblash mashinalari (EHM), kalkulyatorlar va boshqa elektron qurilmalarga qandaydir tushunib yetish qiyin boigan obyekt deb qarashadi. Aslida esa bu qurilmalar aniq mantiq qonunlari asosida ishlaydi.
Mantiqiy elementlar har qanday raqamli sxemalarning asosini tashkil qiladi. Biz ko‘rib chiqadigan mantiqiy elementlar ikkilik sanoq sistemasidagi raqamlar bilan ishlagani uchun ikkilik mantiqiy elementlar deyiladi. Mantiqiy elementlarni oddiy uzgichlarda, releda, tranzis-torlar, diodlar va integral sxemalarda (IS) yig‘ish mumkin. Arzonligi. ixchamligi va keng tarqalgani tufayli ko‘pgina mantiqiy elementlar IS larda yig‘iladi.

/ BOB

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin