O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnologiyalar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə8/35
tarix17.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#115169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnolog

Telefaks tarmog‘i orqali qog‘ozdagi xabarlar keladi. Turli xil og‘- zaki xabarlar kompyuterga maxsus «o‘zgartirgichlar» yordamida kiritiladi yoki chiqariladi. Lokal yoki global tarmoq vositalari orqali elektron xabarlar kompyuterga modem yordamida kiritiladi yoki chi­qariladi. Ofisda kompyuterlar axborot oqimlariga ishlov berib, bir- lashtirish vazifalarini bajaradi.
Elektron pochta kompyuterlar yordamida olingan korrespondensi- yani yuborish va ishlov berishda elektron usullarni ishlatadi. U orqali hujjatlar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasm va fotografiyalar, ro‘znoma, oynomalar, og‘zaki xabarlar olish imkoni bor. Xabar jo‘na- tuvchi maxsus elektron pochta dasturini ishlatadi. Xabarlar maxsus elektron pochta qutisiga jo‘natiladi. Server adresat pochta qutisiga uning adresiga xat kelganligi to‘g‘risidagi xabarni qo'yadi.
Elektron pochta - bu qog‘ozsiz pochta, u telefon tarmog‘i bilan kompyuterga ulangan, elektron pochta - pochta, telegraf, faksimil aloqa imkoniyatlarining bir qismini o‘ziga olib, o‘zining tezkorligi tufayli, umuman yangi axborot xizmatlarini taklif etadi. Masalan: jamoat telekonferensiyalarini o‘tkazish bo‘yicha. Bu jamoa a’zolari o‘rtasidagi bir vaqtga binoan axborot almashuvi amalga oshiriladi. Bu so‘zlashuvda har xil muammolar muhokama qilinadi. Bu degani yozilgan matnlar orqali aloqada boiishdir.
«Teleks»-axborot almashish tizimi. Bu axborot tizimi axborotning ulkan oqimlarini har xil abonentga avtomatik ravishda tayyorlash va uzatish imkonini beradi. Matn tayyorlashning bu tizimida yuqori sifatli displeylar bilan jihozlangan terminallar yordamida uzatilayot- gan axborot massivi kompyuter xotirasida saqlanib qoladi. Keyin maxsus ma’lumotlarni uzatish apparatlari yordamida tayyorlangan massiv abonentga jo‘natiladi yoki undan qabul qilinadi.
«Telematn» axborot tizimi foydalanuvchilarning ko‘p guruhlari uchun doimo qiziqarli bo‘lgan dolzarb axborotni uzatish uchun yaratilgandir. «Telematn» - bu gazeta, jurnal, agentlik xizmatlaridan olingan matn varaqlarini uzluksiz o‘tkazib beradigan «elektron gaze­ta» yoki «elektron byulleten».
Bu tizimning xususiyatlari:

  • axborot varaqlarini uzluksiz va ketma-ket ravishda o‘tkazuvchi stansiya tomonidan to'planadi, efirga oddiy televizor signallari bilan yoki kabel orqali uzatiladi;

  • «telematn» axboroti uzluksiz yangilanib boriladi;

  • kerakli axborotning varag‘ini belgilash uchun televizorga qo‘- shimcha qurilma kerak;

  • foydalanuvchi elektron gazeta varaqlarini varaqlash, bo‘limlar- dan sakrab o'tishi, o'qigan varaqlarga qaytib borish, videomagnito- fonga yozib olishi mu- .kin. Lekin u matn mazmunini o'zgartira ol- maydi.

«Videomatn» axborot tizimi. Bu axborot tizimi axborot qabul qilish va tanlash erkinligi imkoniyatini kengaytiradi hamda telefon, kom­pyuter, televizor imkoniyatlarini birlashtiradi.
Telefon chaqirig'i tufayli telefon tarmog‘iga ulangan kompyuter va televizor orasida aloqa o‘rnatiladi.
Ma’lumotlar bazasi menyusi va bu ma’lumotlarni ishlov berish algoritmlari orqali foydalanuvchi (boshqa kompyuterga) birovning axborotini shakllantirish, o‘zining telepristavkasi xotirasiga ko‘chirish buyrug'ini beradi. Foydalanuvchilar telematn menyusiga bog‘lab qo'yilgan emas.
Insoniyat jamiyati ba’zi bir murakkab masalalami yechish, odam- larning ma’lum bir jamoaga to'planishini talab etadi. Bu maqsadda mukammalroq tizimlar inson muloqotining o‘mini bosa olmaydi, lekin ular ishtirokining samarasini tashkil qilishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Videokonferensiyalar masofa- dagi vizual guruh muloqotini tashkil etishda, majlis, ta’lim o‘tkazish- larning eng yangi axborot texnologiyasidir. Bu texnologiya muassasa devorlari va masofalar bilan bir-biridan bo‘lingan ko‘plab shaxslami bir vaqtning o‘zida muloqotiga imkon beradi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin