O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnologiyalar


TARMOQLARNING TAVSIFI VA ULARNI QO‘LLASH XUSUSIYATLARI



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə9/35
tarix17.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#115169
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnolog

TARMOQLARNING TAVSIFI VA ULARNI QO‘LLASH XUSUSIYATLARI
Hozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog‘i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmui- ga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchi- larni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob- uskunalar: katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o‘zgartirib yubordi, xizmat ko‘rsatishning eng keng tarqalgan tarmog‘i - elektron pochta orqali axborot almashuvini amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi - foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo‘lib foydalanishni tashkil etish; shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o‘rtasida ma’lumot- larni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kom­pyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumotlarning umu­miy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta ishlash borasida ko‘pgina vazifa- lar mavjud.
Tarmoqlar tavsifi
Kompyuter tarmoqlarini ko'pgina belgilar, xususan, hududiy ta’- minlanishi jihatidan tavsiflash mumkin. Bunga ko‘ra global, minta- qaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin