KO‘P MASHINALI HISOBLASH KOMPLEKSI Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi qator o‘rnatilgan hisoblash mashinalari guruhi bo‘lib, ijiaxsus tutasiitiruvchi vosita yordamida birlashtirilgan. Ular birgalikda yagona axborot jarayonini bajaradi.
Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
lokal-kompyuterlar bitta binoda o‘matilgan sharoitda o‘zaro aloqa uchun maxsus asbob-i^kuna va alohida aloqa kanali talab qilmaydi;
masofali (distension) - kompleksning ayrim kompyuterlari markaziy EHMdan ma’lum masofada o‘rnatilgan bo‘ladi va bu ma’lumotlarni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi.
Kompyuter (hisoblash) tarmog‘i, bu - ma’lumotlarni taqsimlab qayta ishlash talablarini qondiruvchi yagona tizimga aloqa kanali yordamida ulangan kompyuterlar va terminallar jamlanmasidir.
Kompyuter tarmog‘ining umumlashgan tuzilmasi Kompyuter tarmog‘i ko‘p mashinali assotsiatsiyaning oliy shakli sanaladi. Kompyuter tarmog‘ining ko‘p mashinali hisoblash kom- pleksidan asosiy farqini ko‘rsatamiz.
Birinchi farq - hajm, o‘lcham. Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi tarkibiga odatda bitta binoda joylashgan ikkita, ко‘pi bilan uchta EHM kiradi. Hisoblash tarmog'i bir-biridan bir necha metrdan tortib o‘n, yuz va hatto ming km uzoqda joylashgan o‘nlab, yuzlab EHMdan iborat bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi farq - vazifalarning EHMlar o‘rtasida boiinishi. Agar ko‘p mashinali hisoblash kompleksida ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni uzatish va tizimni boshqarish bitta EHMda bajarilgan bo‘Isa, hisoblash tarmog‘ida bu vazifa turli EHMlar o‘rtasida taqsimlangan.
Uchinchi farq - tarmoqda hisoblami marshrutlashtirish vazifasini hal etish zarurligi. Tarmoqda har bir EHMdan boshqasiga EHMlarni bir- biri bilan bog‘lovchi aloqa kanallarining ahvoliga qarab uzatilishi mumkin.
Hisoblash texnikasini, aloqa apparaturalari va ma’lumotlarni uzatish kanallarini bitta kompleksga birlashtirish ko‘p mashinali assosia- siyaning har bir elementi tomonidan o‘ziga xos talablar so‘raydi, shuningdek, maxsus atamalarning shakllanishini talab qiladi.