O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnologiyalar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə13/35
tarix17.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#115169
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
O. O. Hoshimov, M. M. Tulyaganov kompyuterli va raqamli texnolog

Tarmoq abonentlari - tarmoqda axborotlarni yuzaga keltiruvchi yoki iste’mol qiluvchi obyektlar.
Alohida EHMlar, EHM komplekslari, terminallar, sanoat ishlari, raqamli dastur orqali boshqariladigan dastgoxlar va hokazo abonent bo‘lishi mumkin. Har qanday abonent tarmog‘i stansiyaga ulangan.
Stansiya - axborot uzatish va qabul qilish bilan bog‘liq vazifalarni bajaruvchi apparatura.
Abonent va stansiya majmuini abonent tizimi deb atash qabul qilin- gan. Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi moddiy vosita kerak.
Uzatuvchi moddiy muhit - bu aloqa tarmog‘i yoki elektr signallari tarqatiladigan kenglik va ma’lumotlarni uzatish apparaturasi.
Bunday yondashuv har qanday kompyuter tarmog‘ini abonentlar tizimi va kommunikatsiya tarmog‘ining majmui sifatida ko‘rib chi- qishga imkon beradi.
HISOBLASH TARMOG4NING TASNIFI
Abonent tizimining hududiyjoylashuviga ko‘ra hisoblash tarmog‘i- ni uchta asosiy sinfga bo‘lish mumkin:

  • global tarmoqlar (WAN - Wide Area Network);

  • mintaqaviy tarmoqlar (MAN - Memrorolitan Area Network);

  • lokal tarmoqlar (LAN - Local Area Network).

Global hisoblash tarmog'i turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog'i, radio-aloqa va yo‘ldosh orqali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global hisoblash tarmog'i barcha inso- niyatning axborot resurslarini birlashtirish va ushbu resursga kirishni tashkil etish muammosini hal etadi.
Regional (mintaqaviy) tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan abonentlarni bog‘laydi. U alohida mamlakatning katta shahridagi, iqtisodiy mintaqadagi abonentlarni o'z ichiga oladi. Mintaqaviy hisoblash tarmog'ining abonentlari orasidagi masofa o'n- lab, yuzlab km ni tashkil qiladi.
Lokal hisoblash tarmog'i uncha katta bo‘lmagan hududda joylash­gan abonentlarni birlashtiradi. Hozirda lokal hisoblash tarmog'i tarqalgan hududda aniq chegara yo‘q. Odatda bunday tarmoq aniq bir joyga bog'langan. Lokal hisoblash tarmog'iga mansub sinfga alo­hida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmog'i kiradi. Bunday tarmoq 2-2,5 km hududni qamrab oladi.
Global, mintaqaviy (regional), lokal hisoblash tarmoqlari ko‘p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etadi. Ular ulkan axborot to'plamini qay­ta ishlovchi kuchli iqtisodiy vositani yaratib, cheksiz axborot resursiga kirish imkonini beradi. Lokal hisoblash tarmog'i mintaqaviy tarmoq tarkibiga komponent sifatida kirishi mumkin. Mintaqaviy tarmoq global tarmoqqa kirishi va nihoyat, global tarmoq murakkab tuzilmani tashkil etishi mumkin. Misol uchun INTERNET kompyuter tarmog'i mashhur global tarmoq hisoblanadi. Uning tarkibiga ko'pgina erkin birlashgan tarmoqlar kiradi. INTERNETga kiruvchi har bir tarmoq ichida aniq aloqa tuzilmasi va ma’lum boshqaruv tarkibi mavjud. INTERNET ichida ma’lum bir foydalanuvchi uchun turli tarmoqlar o'rtasidagi birlashish tuzilmasi va usullari hech qanaqa ahamiyatga ega emas.
Hozirgi kunda har qanday boshqaruv tizimining ajralmas qismi bo'lib qolgan shaxsiy kompyuterlar lokal hisoblash tarmog'i yaratish borasida shov-shuvga sabab bo'lmoqda. Bu ham o'z navbatida zamonaviy axborot texnologiyasini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Shaxsiy kompyuterlar fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida qo'llash amaliyoti shuni ko'rsatdiki, hisoblash texnikasini tatbiq qilishda alohida ShHM emas, balki lokal hisoblash tarmoqlari ko'proq samara beradi.
Har qanday kommunikatsiya tarmog‘i, albatta, quyidagi asosiy komponentlarni: uzatish (peredatchik), xabar, uzatish vositasi, qabul qilish (priyomnik)ni o‘z ichiga oladi.
Har qanday kompyuter tarmog‘ining asosiy vazifasi foydalanuvchiga axborot va hisoblash resurslarini taqdim etishdir. Shu nuqtayi nazardan lokal hisoblash tarmog'ini serverlar va ishchi stansiyalar majmui deb qarash mumkin.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin