Server - tarmoqqa ulangan va undan foydalanuvchilarga ma’lum xizmatlar ko‘rsatuvchi kompyuter.
Serverlar ma’lumotlarni saqlashi, ma’lumotlar bazasini boshqarishi, masalalarni masofadan qayta ishlashi, masalalarni bosib chiqarishi va boshqa bir qator vazifalami bajarishi mumkin.
Ishchi stansiya- tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuter, foydalanuvchi shu orqali axborot resurslariga kirib boradi.
Tarmoqning ishchi stansiyasi ham tarmoq, ham lokal rejimida ishlaydi. U shaxsiy operatsion tizim (MS-DOS, Windows va hokazo) bilan ta’minlangan amaliy vazifalarni hal etish uchun foydalanuvchini barcha zarur vositalar bilan ta’minlaydi. Server turlaridan biri - fayl- serverga (File Server) alohida e’tibor berish kerak.
Fayl-server tarmoqdan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini saqlaydi va ularning ushbu ma’lumotlarga kirishini ta’minlaydi. Bu kompyuter katta hajmdagi tezkor xotiraga, katta hajmdagi qattiq diskka ega.
U maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi.
Fayl-server quyidagi vazifalarni bajaradi: ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlarni arxivlash, ma’lumotlar o‘zgarishini sinxronlash, ma’lu- motlami uzatish.
Ko‘pgina vazifalarni bajarishda bitta fayl-serverdan foydalanish kamlik qiladi. Bu paytda tarmoqqa bir qancha fayl-serverlar qo‘shilishi mumkin.
Axborot tizimlari kompyuter tarmoqlari bazasida yaratilgan, u quyidagi vazifalar yechimini hal etadi: ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, foydalanuvchining ularga kirishini ta’minlash va ma’lumotlarni qayta ishlash natijasini uzatish.
Markazlashgan qayta ishlash tizimida bu vazifalarni markaziy EHM (Mainframe, Host) bajaradi. Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni qayta taqsimlab, qayta ishlashni amalga oshiradi. Bu holatda ma’lumotlarni qayta ishlash ikki obyekt: mijoz va server o‘rtasida taqsimlanadi.
Mijoz (klient)- vazifa, ishchi stansiya yoki kompyuter tarmog‘idan foydalanuvchi.
Mijoz ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida qiyin ishlarni bajarishi, faylni o‘qishi, ma’lumotlar bazasida axborot izlash uchun serverga so‘rov jo‘natishi mumkin.
Ilgaritdan belgilangan server mijozdan tushgan so‘rovni bajaradi. Server hamma foydalanadigan ma’lumotlarni saqlaydi, ushbu ma’- lumotlarga kirishni tashkil etadi va mijozga ma’lumotlarni beradi.
Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlangan natijalarni foydalanuvchiga qulay ko‘rinishda taqdim etadi. Bunday tizimlar uchun mijoz-server yoki mijoz-server arxitekturasi atamasi qabul qilingan.
Mijoz-server arxitekturasidan bir darajali lokal hisoblash tarmog‘i- da, shuningdek, ajratilgan serverli tarmoqda foydalanish mumkin.