SHAXSIY ELEKTRON HISOBLASH MASHINASI (SHEHM) ShEHM - bu hisoblash texnikasini tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning yaratilishi mikroelektronika, sxemotexnika va raqamli texnologiya sohalarining rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. ShEHM xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qo‘llanilyapti.
Kompyuterning tuzilishi.Kompyuter quyidagi qurilmalarga ega:
Arifmetik-mantiqiy qurilma - arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi.
Boshqarish qurilmasi - dasturni bajarish jarayonini amalga oshiradi.
Tashqi qurilmalar - informatsiyani kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi.
Operativ xotira - dastur va ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi.
Operativ xotira hajmi Kbayt yoki Mbaytlarda oichanadi. Misol uchun IBM PC Pentium tipidagi kompyuterlar 16 Mbayt va undan yuqori xotiraga ega. Bu xotira ikki qismdan iborat. Birinchi 640 Kb xotira amaliy dasturlar va operatsion tizim uchun foydalanishi mumkin.
Mikroprosessor kompyuteming miyasi hisoblanadi. U kompyuterda ishlayotgan dasturlarni bajarishni amalga oshiradi hamda qolgan qurilmalarning ishini boshqaradi. Uning ishlash tezligi amalda kompyuterning tezligini aniqlaydi. Mikroprosessorlar bir-biridan ikkita tavsiflari orqali farqlanadi: tipi va taktli chastotasi bilan. Taktli chastotasi qanchalik katta boisa, uning unumdorligi shunchalik yuqori bo'ladi va mikroprosessoming informatsiya almashuvi shunchalik tez amalga oshadi. Taktli chastota prosessorning sekundiga nechta elementar operatsiya (taktlar) bajarishini ko‘rsatadi. Taktli chastota megagerslarda (MGs) o‘lchanadi. Misol uchun IBM 80386 DXning taktli chastotasi 25 dan 40 MGs gacha boigan bo‘lsa, Pentium uchun 60 dan 2400 MGs va undan yuqori