O ‘qish darslarida lug‘at ustida ishlash



Yüklə 139,3 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.05.2023
ölçüsü139,3 Kb.
#106977


O ‘qish darslarida lug‘at ustida ishlash 
Jizzax Davlat Pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti talabasi 
Abduqayumova Maftuna 
Annotatsiya: Ushbu maqola o‘qish darslarida lug‘at bilan ishlash usullarini 
ochib beradi. O‘qish darslarida lug‘at ustida ishlash o‘quvchilarning lug‘at 
boyligini oshirishga va ularning imlo savodxonligini oshirishga yordam beradi. 
Kalit so ‘zlar: lug‘at, o‘qish darsi, lug‘at bilan ishlash, lug‘aviy ma‘no, so‘z 
ustida ishlash. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining zimmasiga ulkan vazifa yuklatilgan. Ular 
o‘quvchilarning savodini chiqarishlari lozim. Bunda ularning asosiy vazifalaridan 
biri o‘quvchilarning nutqini o‘stirishdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
bolalarning bilim olishlariga alohida e‘tibor qaratadilar. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari uchun iloji boricha sifatli bilim berish usullarini qo ‘llashni aytib 
o‘tadilar. Prezidentimiz o‘zlarining 2020-yil 29- dekabrda so‘zlagan nutqida 
quyidagi fikrlarni aytib o‘tdilar: “Kelgusi o‘quv yilidan boshlang‘ich sinflarda 
davlat ta‘lim standartlari o‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha 
yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi” joriy etiladi”[1]. 
Prezidentimiz bu fikrlari orqali o‘quvchilarning bilim olishlari uchun yanada 
kerakli sharoitlarni yaratish haqida aytdilar. O‘quvchilarning bilim olishlari uchun 
barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilish kerak ekanligini aytdilar. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 
matndagi so‘zlar guruhi ustida ishlash
matnni tushunishga yordam beradi va ularning so‘z boyligini boyitadi; maktab 
o‘quvchilarining nutqini adabiy bo‘lmagan so‘zlardan tozalashga yordam beradi. 


O‘qish darsiga tayyorgarlik ko‘rayotganda o‘qituvchi o‘rganilayotgan matnni 
leksik xususiyatlariga ko‘ra oldindan tahlil qilishi, undan o‘quvchilarning 
tushunishini qiyinlashtiradigan barcha so‘zlarni, shuningdek, adabiy bo‘lmagan 
so‘zlarni va matnni yozishi kerak. O‘qish darsida lug‘at bilan ishlash uchun 
so‘zlarni tanlashda, matnni idrok etishni osonlashtirish uchun ulardan qaysi biri 
qisqacha tushuntirilganligi va bu so‘zlar maktab o‘quvchilarining faol lug‘atiga 
kirishi uchun qaysilari ustida puxta ishlash kerakligini aniqlash kerak. Bunda 
o‘qituvchi asosiy e‘tiborni o‘qish darslarida o‘rganilayotgan asarlarga va ularning 
ichidan yangi so‘zlarni tanlab olishga qaratishi lozim. 
O‘qituvchi so‘zlar ustida ishlash metodikasining xususiyatlarini o‘ylab 
ko‘rishi kerak, ya‘ni tushunarsiz so ‘zlarni tushuntirish usullari va lug ‘at 
mashqlarini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi. Matnni leksik tahlil qilish natijasida 
o‘qituvchi qiyin so ‘zlar ro‘yxatini tuzadi va ularni o‘rganish metodikasini ishlab 
chiqadi. Ishlab chiqqan metodikasi asosida o‘quvchilarga lug‘at ustida ishlashni 
o‘rgatadi. O‘z o‘quvchilariga matnda uchraydigan yangi so‘zlarni o‘rgatish 
yo‘llarini o‘rgatib boradi. 
O‘quvchilar lug‘atini va nutqini boyitishda albatta badiiy asarlar eng ishonarli 
manba hisoblanadi. O ‘qish darslarida o ‘quvchilar Oybek, H.Olimjon, M. 
Shayxzoda, G‘. G‘ulom, H. Hakimzoda, Zulfiya, X. To‘xtaboyev, P. Mo‘min, Q. 
Muhammadiy, Sh. Sa‘dulla, A. Obidjon kabi ko‘pgina so‘z ustalaarining asarlarini 
o‘qiydilar[2]. 
Lug‘at ishining mavjud shakllari va usullari xilma-xil bo‘lib, ularni tanlash 
muayyan shartlar bilan belgilanadi; materialning tabiati, sinfning tayyorgarlik 
darajasi, lug‘atlar va ma‘lumotnomalar mavjudligi. 
So‘zlarning lug‘aviy m ‘nosini ochish uchun, masalan, so‘zni sinonim bilan 
almashtirish, so‘zlarni tavsiflovchi ibora bilan almashtirish, so‘zni kompozitsiyaga 
ko‘ra tahlil qilish kabi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 


So‘zning ma‘nosini tushuntirishning eng keng tarqalgan usuli sinonimlarni 
tanlashdir. U boshqa usullarga qaraganda tejamkor bo‘lib, o‘quvchilarning so‘z 
boyligini boyitishda samaraliroq yordam beradi. 
Biroq, hamma hollarda ham sinonimlarni tanlash usulidan foydalanish 
mumkin emas. Demak, atamaviy xarakterga ega bo‘lgan so‘zni tushuntirishda bu 
usuldan foydaanish mumkin emas, shuning uchun bu yerda biz boshqa usuldan 
foydalanishimiz kerak - so‘zni tavsiflovchi ibora bilan almashtirish. So‘zlarning 
ma‘nosini tushuntirishda ushbu texnikadan foydalanish bolalarga nutq mantiqini 
o‘rgatish, ularning fikrlash va nutqini rivojlantirishga yordam beradi. 
So ‘zning lug‘aviy ma‘nosini tushuntirishning bir xil samarali usuli so‘zni 
kompozitsiyaga ko‘ra tahlil qilishdir. Ushbu uslub morfologiya haqidagi bilimlarni 
mustahkamlashga va imlo ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradi. 
O‘qish darslarida qiyin so‘zlarni oson qilib tushuntirish uchun o‘qituvchi 
tomonidan oldindan tayyorlangan devor jadvallari - lug‘atlardan foydalanishni 
tavsiya qilish mumkin. 
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, so‘zlarni tushuntirishda o‘qituvchi 
lug’tning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi va ushbu matndagi ma‘nosini 
ochib beradigan yangi so‘zlarning shunday talqinini berishi kerak. 
Xulosa qilib aytganda lug‘at ustida ishlash orqali o‘quvchilarning nutqi yangi 
so‘zlar bilan boyib boradi. Bu esa ularning o‘z fikrlarini ravon tilda tushunarli qilib 
aytishlariga yordam beradi. Zero, “Til muncha sharaf birla nutqning olatidir va 
ham nutqdirki gar nopisand zohir bo ‘lsa, tilning ofatidir…”[3] deganda Navoiy 
bobomiz insonlarning go ‘zal nutqi uni sharafli qilishini aytganlar. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Sh.M.Mirziyoyev. 2020-yil 29- dekabrdagi nutqi. Toshkent. 


2. 
Karima Qosimjonova va boshqalar “Ona tili o‘qitish 
metodikasi”.Toshkent. 2009 
3. 
A. Navoiy “Mahbub – ul qulub”. 14-tom. Toshkent. 1998 
4. 
www.hozir.org
,  www. Uzreport.news. 

Yüklə 139,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin