O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 12,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/236
tarix21.10.2023
ölçüsü12,57 Mb.
#159277
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   236
Normal-fiziologiya

TomirlargagumoralomiUarn'mgta’siri.
Ayrimgumoralomillartomirlartonusini 
toraytiradi, ayrimlari esa kengaytiradi.
Tomirlarni toraytiruvchi moddalar.
Bularga buyrak usti bezi m ag‘iz moddasi 
gorm onlari-adrenalin va noradrenalin, gipofizning orqa boMagida to'planuvchi 
gormoni - vazopressinlar kiradi. Adrenalin, noradrenalin va vazopressin qon- 
tomirlarga ju d a oz miqdorda ham ta’sir eta oladi. Adrenalinning 1. 10‘7 gfoil miqdori 
ham ta ’sir k o ‘rsata oladi. Natijada arterial bosim ko‘tariladi. Teri artcriya va 
arteriolalariga, hazm a ’zolari, o ‘pka tomirlariga tomir toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy tom irlarga ta’sir qiluvchi omillarga buyrakda ishlab chiqariluvchi renin 
kiradi. U proteolitik ferment bo‘Iib, qonga tushib, qon plazmasi a 2 globulin 
angiotenzinogenni parchalab, faolligi unchalik yuqori bo‘lmagan dekapeptid 
angiotenzinogen I
ga aylantiradi.
U esa dipeptidkarboksipeptidaza ta’sirida, yuqori faollikka ega
-angeotenzin II
ga aylanadi.
Normal hollarda bu m oddaoz miqdorda ishlab chiqariladi. Arterial bosim
240


p a sa y g an d a, bu m oddani is h la b c h iq a rilish i k u c h a y a d i. A n g io ten zin II 
noradrenalinga nisbatan o ‘ta kuchli tom ir toraytiruvchi effektga ega. 
Ichaklaming shilliq qavatida bosh m iyaning ayrim sohalarida ishlab chiqaruvchi 
va trombotsitlar parchalanishida hosil b o ‘lishi modda serotonin pressor effekt 
chaqiruvchi moddalargakiradi.
Trombotsitlar parchalanganda hosil b o ‘lgan serotinni qon tomirlarini toraytirib, 
qon oqishini to ‘xtatadi.
V azopressin-gipofizningorqa boMagidagi gormon. Bu gorm on ta’sirida o ‘pka 
arteriya, arteriolalari torayadi, lekin miya, yurak tomirlari kengayadi.
Gistamin
asosan bazofillarda, terida, skelet muskullarida oshqozon-ichaklaming 
shilliq qavatida ishlab chiqariladi. Ular yurak, j¡gar, ichaklar tomirlarini kengaytirib, 
k ap illa rla rn i qon bilan to 'lis h in i k u c h ay tirad i, e n d o te liy h u jay ralarn in g
o ‘tkazuvchanligini oshiradi va ay lan ib yurgan qon m iq d o rin i kam aytiradi. 
Organizmda gistamin miqdori ortib ketsa-gistamin karaxtligi (shok) holati kelib 
chiqadi.
G orm on ta ’siri terining q iza rish i b ilan boshlanadi. Bu hoi terini kuchli 
ishqalanganda, issiq ta’sirida, ultrabinafsha nurlari ta’sirida, kuchli hayajonlanganda 
kuzatiladi.
Prostoglandinlar -
bu guruhga yuqori biologik faollikka ega boMgan moddalar 
kirib, to ‘yinmaganyog‘ kislotasi hosilalaridir. Buguruh gormonlari birinchi b o lib
topilgan joyi prostata bezi bo‘lgani uchun shunday nomlanadilar. Ular barcha a ’zo 
va to ‘qimalarda hosil bo‘ladi. T a ’siri asosan tomir devorlari silliq muskullariga 
ta ’sir etadi. Ba’zilari tomir m uskullarini qisqartirib arterial bosim ni oshiradi, 
boshqalari esa tomirlami kengaytirib, bosimni pasaytiradi.
Bradikinin
- ja g ‘ osti va oshqozon osti bezi, o ‘pkada va ko ‘pchilik a'zolarda 
mavjud biologik faol modda. U arteriolalar silliq muskullarini b o ‘shashtirib, arterial 
bosimni tushiradi. Teriga issiqlik t a ’sir etganda shu yerda hosil b o ‘lib, tomirlami 
kengaytiradi va ushlab ko'rganda shu soha iliq boMadi.
A
tee/z/xo/m-parasimpatik nerv va simpatik vazodilatatorlar oxirlarida ishlab 
chiqariladi. Qondan ju d a tez parchalanib ketganlagi uchun, uning ta ’siri faqat 
mahalliy hisoblanadi.
AteaW/w-buyrakriing mag‘iz m oddasida ishlab chiqariladigan lipid modda 
bo‘lib, qon-tomirlarga kengaytirkvchi ta ’sir ko‘rsatadi.
Q on d e p o la ri. Odam o rg an izm id a m avjud qonning ham m asi ham qon 
aylanishigajalb qilinmaydi. Uning 4 5 -5 0 % gachasi qon depolari: taloq, jigar, o‘pka, 
teri osti tomirlar to‘rida bo‘iadi. D epo rolini venoz sistemasi ham o ‘taydi.
Organizmning ehtiyoji kuchayganda qon depolaridagi qon chiqishi va aylanib 
yurgan qonning m iqdorini ortishi qon depoiarining asosiy vazifasidir. Qon 
depolaridan qonni chiqishiga asosiy sababiar: emotsional holat, jism oniy ish, 
organizmda kislorod yetishmasligi, qon y o ‘qotish va h. k. b o ‘lishi mumkin.
Taloq.
Sut emizuvchi hayvonlar ta lo g ‘i umumiy qondagi eritrotsitlam ing 20% 
gachasini sig‘dira olishi mumkin. Q onning ushlanib turishiga sabab, uning qon- 
tomiriarini o'ziga hos tuzilishiga ega ekanligidir.
241


Q on kapillarlardan aw alig a yupqa qavatli, cho‘ziIuvchan sinustarga, so‘ngra 
venulalarga o ‘tadi. Taloq arteriyalari va taloq, sinuslarini venulalarga o ‘tayotgan 
joyida maxsus sfikterlari b o iib , qon kelishi va ketishini boshqarib turadi. Sfinkterlar 
qisqarganda qonni oqib ketishi qiyinlashadi va taloqning hajm i kattalashadi. 
Sfinkterlar to ‘liq yopilmaydi, shuning uchun ham qon plazmasi o ‘ta oladi, shaklli 
elem entlar esa o ‘ta olmaydi. Organizmni qonga bo‘lgan ehtiyoji ortganda sfinkterlar 
bo'shashib, qon venoz tomirlarga chiqariladi.
Jigar.
Jigar ham taloq singari ma’lum miqdordagi qonni saqlab turishi mumkin. 
Jigardagi qon taloqdagi singari sirkulyatsiyadan chetda qolmaydi. Jigam ing depo 
vazifasi jig a r venalaridagi sfinkterlari qisqarishiga bog*liq. Depodan qonning 
chiqishi reflektor yo* I bilan boshqariladi. Adrenalin qonni chiqishini tezlashtiradi. 
Charv arteriyalarini toraytirib, jigarga qon kirishini sekinlashtiradi. Adrenalin bir 
vaqtda sfinkterlam i bo‘shashtirib, sinuslar devorlarini qisqartiradi. Jigardan qonni 
chiqishiga kovak venalar va qorin sohasidagi venalardagi bosim ham ta ’sir etadi.
O 'pka.
0 ‘pkaning depo vazifasi uning arteriya va venalarining hajmini 
o'zgarishi hisobiga amalga oshlriladi. 0 ‘pka arteriyalari katta qon aylanish doirasi 
arteriyalariga nisbatan ingichka va cho'ziluvchan bo* lib, bu yerda qon 5 -6 baravar 
past bosim da turadi. Lekin asosiy qon saqlanuvchi qismi venalar hisoblanadi. U 
ham yupqa devorli oson cho‘ziluvchandir. Ayrim omillar ta’sirida katta qon aylanish 
doirasi tom irlari torayishi hisobiga o*pkada qon to ‘planadi. Shunday qilib, har 
ikkala qon aylanish doirasi tomirlari orasida payvasta bog‘lanish bor.
Teri.
T erining so ‘rg ‘ichsimon ostki qavati kapillarlari kengayib, m a’lum 
m iqdordagi qonni sig'dira olishi mumkin. Bu qon ham harakatlanadi va dimlanib 
turadi. Bu yerdagi qon kapillarlar to‘ridan o ‘tmay arterio-venoz anastamozlari orqali 
o ‘tadi. Q onni to ‘planib turishi eng avvalo termoreguyatsiya bilan bogMiq.
L im fa sistem asi. Qon-tomir sistem asidan tashqari organizmda limfa tomirlari 
ham mavjud. Ular organizmda drenaj vazifasini bajaradi. Bular orqali suv, oqsillar, 
k o llo id e ritm a la r, y o g ‘lar e m u lsiy asi, suvda erigan m oddalar, hujay ralar 
yem irilishidan hosil bo‘lgan m oddalar qon tizimiga qaytariladi.
N erv, miya to ‘qimasida va teriningyuza qavatidan tashqari barcha to‘qimalarda 
limfa kapillarlari bor. Ular berk xalta-shaklida boshlanib, kapillarlari diametri 10 dan 
100 m km gacha b o iad i. Ulaming devorlari oson cho'ziluvchi bo*lib, limfa hosil 
bo'lishi kuchayganda 2-3 marta kattalashishi mumkin. Bir necha kapillarlar qo*shilib 
limfa tomirlarini hosil qiladi. Limfa tomirlari yo‘llanda limfa tugunlari joylashadi va 
tom irlari bilan bir butun tizimni hosil qiladi. Tugunlar oval shaklda boMib, guruh 
boMib joylashadilar. Insonda ulam ing soni 460 ta bo‘Iadi. Bir tomoni sal botiq 
bo‘lib, davrozasi deyiladi. Bu yerdan arteriya va simpatik nervtolalari kiradi, vena 
va olib ketuvchi limfa tomirlari chiqadi. Limfa tugunlari limfotsitopoez a’zosi 
hisoblanadi. Uning po'stloq m oddasida V - va T-limfotsitlar hosil b o ‘ladi.
L im fa tugunlari nafaqat m exanik vazifasini bajaradi, balki biologik filtr 
hisoblanadi. Qondagi har xil yot m oddalar bakteriyalar, xavfli o ‘sma hujayralar, 
toksinlar va yog* oqsillar o*tkazilmay ushlab qolinadi.
242


Limfa suyuqligi ¡kkita asosiy y o 'lla rd a y ig ‘ilib vena sistemasiga quyiladi. 
Birinchisi ko‘krak limfa yo‘li, ikkinchisi b o ‘yin limfa yo‘li.

Yüklə 12,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin