O. T. Husanov konstitutsiyaviy


huquqi, yozishm a va so^lashu vlarn in g sir saqlanish huquqi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

huquqi, yozishm a va so^lashu vlarn in g sir saqlanish huquqi
Konstitutsiyaning 27-moddasida: «Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan 
tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va tu rar joyi 
daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim qonun nazarda tu tg an hollardan va tartibdan tashqari birovning 
tu rar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar 
va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas», - deb 
m ustahkam langan.
Inson boshqa mavjudotlardan sha’ni, qadr-qimmatiga, obro‘ga egaligi bilan 
farq qiladi. Qadr-qimmati qadrlangandagina u o‘zining hayotini munosib qura 
oladi. Shuning uchun insonning sha’ni, obro‘si himoya qilinadi. Har bir kishi o‘z 
hayotini o‘zi xohlagancha tashkil qiladi. Bunda u boshqalarga zarar yetkazmasligi, 
qonun-qoidalar asosida yashashi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi zarur. 
Insonlarning sha’ni, obro‘siga zarar keltiruvchi har qanday harakat taqiqlanadi. 
Biror-bir harakat natijasida insonning sha’ni, obro‘siga zarar yetsa, unga tegishli 
choralar ko‘riladi.
Demokratik mamlakatimizda har bir kishi o‘zining sha’ni, qadr-qimmati, 
obro‘sining buzilishiga olib keluvchi xatti-harakatlardan himoyalanish huquqiga ega.
114


Kishilarning sha’ni, obro‘sini himoya qiluvchi tegishli vositalar bo'lib, ular 
orasida sud muhim rol o‘ynaydi. Har bir kishi o‘zining sha’ni, obro‘sini himoya 
qilishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Insonning sha’ni, obro‘siga turm ush sharoitida, xizmat vazifasini bajarish 
jarayonida putur yetishi mumkin. Shunday hollarda ular sudga murojaat qilishlari 
mumkin. Sud ishni ko‘rib, inson sha’ni, obro‘sining buzilishi hollarini aniqlasa, 
tegishli choralar ko‘radi. Bunday choralar natijasida aybdorlarga turli jazolar 
berilishi, zarar ma’naviy va moddiy tomondan qoplanishi mumkin. Ko‘pincha 
inson sha’ni, obro‘siga tuhm at natijasida zarar keltiriladi. Ko‘ra olmaslik, hasad 
kabilar ham inson sha’ni, obro‘siga tajovuzni tu g ‘diradi.
Jamiyat bir jamoa hisoblanib, uning a’zolari umumiy manfaati, unda yashash 
qoidalariga amal qilish zarurligi bilan birga, har bir kishi o‘z hayotini qonun 
doirasida o‘zicha tashkil qilishi mumkin. Shuning uchun har bir shaxsning 
shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.
Har bir kishining normal hayot kechirishida turar joyi muhim rol o‘ynaydi. 
Turar joy - insonlarning asosiy hayot makoni.
Kishilarning turar joyi daxlsizdir. Bu degani - hech kimning turar joyiga uning 
roziligisiz kirish, tintuv o‘tkazish, biror narsani olib ketish mumkin emas. Qonun 
xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish yoki unga qarshi kurashish 
uchun turar joylarga kirish, tintuv o‘tkazishga ruxsat beradi va qanday hollarda, 
kimning ruxsati bilan shunday harakatlarni sodir etish tartibini belgilab qo‘yadi.
Qonunga asosan, zarurat bo‘lganda, prokurorning sanksiyasi (roziligi) 
bilangina, kishilarning turar joyiga kirish, tintuv o‘tkazish mumkin.
Xuddi shuningdek, hech kim ning yozishmalari, telefonda so‘zlashuvlari 
oshkor qilinishiga yo‘l 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin