O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Boshqa dem okratik
davlatlar kabi 0 ‘zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga
olish, shuningdek, boshqa protsessual majburlov choralarini qo‘llash
uchun sanksiya berish huquqini ham sudlarga o‘tkazish kerak»2, -
deb Prezident bu masalani kun tartibiga qo‘ygan edi. Ushbu masalani hayotga 
tatbiq qilish uchun 2005-yil 8-avgustda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g ‘risida»gi 
Farmon3 qabul qilindi va uning asosida tegishli qonunchilikka o‘zgartirish 
kiritildi. Natijada, shaxsning daxlsizligini ta ’minlash kuchaytirildi.
Bu masalaning mohiyati to‘g ‘risida Prezident shunday degan edi: 
«Bu
borada «Xabeas korpus» in stitu tin in g joriy etilishi, ya’ni 200 8 -y ild a n
1 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh etishdir. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 2005. 48-bet.
2 0 ‘sha asar, 47-bet.
3 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2005-y., 3 2 -3 3 -so n , 242-modda.
112


ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining
prokurordan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam b o id i» 1.
3-§. Shaxsni aybdor deb topish. Sudda himoya bilan
ta’m inlanish huquqi
Konstitutsiyaning 26-moddasida: «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan 
har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi 
aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini 
himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr- 
qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin 
emas», - deb belgilab qo‘yilgan.
Har qanday kishini aybdor deb topishning faqat sud organlari vakolatiga 
berilishi demokratik huquqiy davlatga xos xususiyat bo‘lib, bu shaxsni 
himoyalashning muhim vositasidir.
Jahon huquqshunoslik tajribasida «aybsizlik prezumpsiyasi» degan so‘z 
ishlatiladi. Bu degani, shaxsning aybi aniq isbotlanib, aybli ekanligi sud tomonidan 
e’tirof etilmaguncha unga hech qanday ayb qo‘ymaslik va aybdor deb e’lon 
qilmaslikni anglatadi. Shaxsning aybi qonunlarda belgilangan tartibda, sudda 
ko‘rib chiqilib isbotlansagina u aybdor deb topilishi mumkin. Bunda yana bir 
muhim shart sudda ishning oshkora ko‘rilishi hisoblanadi. Sudda ishni oshkora 
ko‘rish deganda, manfaatdor tomonlarni oldindan sudda ish ko‘rish vaqti va joyi 
haqida ogohlantirish, sud majlislarida ishtirok etishga to‘sqinlik qilmaslik, sud 
majlislarida jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalarining ishtirokiga 
imkoniyat yaratish tushuniladi.
Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish, aybsizligini isbotlash 
uchun barcha tegishli imkoniyatlar yaratiladi. Ular dalillar taqdim qilishni, 
suddan guvohlarni chaqirish va boshqa harakatlar sodir etishni so‘rashi mumkin.
Sudda ayblanayotgan shaxsning himoyaga bo‘lgan huquqini ta ’minlashni 
Konstitutsiyaning 116-moddasi ham ko‘zda tutgan, unga asosan: «Ayblanuvchi 
himoyalanish huquqi bilan ta ’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har 
qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi».
«Aybsizlik prezumpsiyasi» yana ayblanayotgan shaxsga o‘z aybsizligini 
isbotlash majburiyatini yuklamaydi (bu tegishli organlarning majburiyati), 
shuningdek, gumonlar isbotlanmasa, bunda gumonlar ayblanuvchi foydasiga 
hal etilishini ko‘zda tutadi.
Amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotining eng muhim jihatlaridan 
biri advokatlar rolini oshirish, ularning holatini davlat ayblovchilari bilan

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin