O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

2-§. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida
ishtirok etish huquqi
Siyosiy huquqlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishini 
ta’minlaydi. Konstitutsiyaning 32-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari
1 2 0


orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi 
boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda 
tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik 
nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi», - deb 
belgilangan.
Demak, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki, eng avvalo
davlat va jamiyatni boshqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni bu - davlat va jamiyat 
ishlarini boshqarish huquqidir. Ana shu huquq turli shakllar, vositalar orqali 
ro‘yobga chiqariladi.
Konstitutsiyaning o'zida qayd qilinishicha, fuqarolar davlatni boshqarishda 
bevosita 
hamda 
vakillari 
orqali 
ishtirok 
etadi. 
Fuqarolarning davlatni 
boshqarishdagi ishtirokini ta ’minlovchi huquq, eng avvalo, saylov huquqidir.
«Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari,
birinchi navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik
organlariga saylash va saylanish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqi
m illiy davlatchiligim iz m odelining asosini tashkil etadi»1.
0 ‘zbekiston fuqarolari m a’lum yoshga yetgach, saylov huquqidan foydalanadi. 
Bu saylash huquqi va saylanish huquqidir. Saylovlarda fuqarolarning bevosita 
ishtirok etish huquqi ham, vakillari orqali ishtirok etish huquqi ham ta’minlanadi. 
A gar fuqarolarning saylovda ovoz berishi, saylov komissiyalari faoliyatida 
ishtirok etishi bevosita ishtirokiga misol bo‘lsa, fuqarolar tomonidan saylangan 
deputatlar, Prezident xalq nomidan ish ko‘rishi sababli xalqning vakillari orqali 
ishtirokiga misol bo‘ladi.
Senatorlarni fuqarolar to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylamasa-da, ular ham vakillik 
ifodasidir, ularni xalq saylagan deputatlar o‘z orasidan saylaydi. Davlat organlari 
ishida ham m a fuqarolarning bevosita ishtirok etishiga imkoniyat yo‘q, shuning 
uchun bir guruh fuqarolar yoki shaxslar davlat organlarida davlatni boshqarishda 
bevosita ishtirok etsa, (deputat, Senator, Prezident), bir g uruh fuqarolar ularning 
vakili sifatida ishtirok etadi (yana deputatlar, senatorlar, Prezident).
Fuqarolar davlat va jamiyat hayotiga taalluqli muhim masalalar yuzasidan 
referendumda (ovoz berishda) ishtirok etish, qonun loyihalari muhokamasida 
ishtirok etish orqali ham davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etgan hisoblanadi. 
0 ‘zbekistonda 
oxirgi 
referendum 
2002-yil 
27-yanvarda 
o‘tkazilib, 
unda 
P arlam entning ikki palatali strukturasiga o‘tish, Prezidentning vakolat muddatini 
besh yildan yetti yilga o‘zgartirish masalasi hal qilindi. Referendumda ham 
saylovdagi kabi m a’lum yoshga yetgan fuqarolar ishtirok etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining referendumi 
to‘g ‘risida»gi Qonuni 2001-yil 30-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lib, 
unga asosan, referendum xalq irodasining bevosita ifodasi hisoblandi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin