O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. M itinglar, y ig ‘ilishlar va nam oyishlarda



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3-§. M itinglar, y ig ‘ilishlar va nam oyishlarda
ishtirok etish huquqi
H ar qanday m am lakatning (jamiyatning) taraqqiyoti ham, tanazzuli ham 
fuqarolar faoliyatiga bog‘liq. M amlakatda bo‘layotgan siyosiy voqealarda, 
iqtisodiy jarayonlarda, xalqaro masalalarda fuqarolar kuzatuvchi sifatida emas, 
shu jarayonlarning ishtirokchisi sifatida o‘z o‘rnini topsa, jamiyat rivojlanadi 
va bu rivojlanish fuqarolar taqdiriga ijobiy ta ’sir qiladi. Demak, fuqarolarning 
siyosiy faollik asosida jamiyat hayotida ishtirok etishi zaruratdir.
Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga Konstitutsiya va qonunlar asosida 
beriladigan va kafolatlangan siyosiy huquqlar orqali ta ’minlanadi.
Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga berilgan ayrim huquqlar orqali amalga 
oshiriladi.
Jahon mamlakatlari tajribasida fuqarolarning jamiyat va davlat taraqqiyotiga 
ta ’siri turli shakllarda amalga oshiriladi. Fuqarolar voqea-hodisalarga ta ’sir
X akim ov R. «D avlat h okim iyati tarm oqlari o'rtasida m u vozanatn i ta ’m in la sh n in g h u quqiy
m exanizm larini takom illashtirish*. Yuridik fanlari doktori (D o c to r of S c ie n c e s ) ilm iy darajasini olish u chun
d isserta tsiy a si. T. 2 0 1 8 . 34-bet.
122


etuvchi vositalarga erishish uchun uzoq vaqt kurash olib borishgan, natijada, 
ularga miting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish huquqi berilgan.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida ham demokratiyaningajralmasxususiyatlaridan 
bo‘lgan va fuqarolar faoliyatini ta’minlovchi miting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish 
huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. 33-moddada: «Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va 
namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari 
faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish 
yoki taqiqlash huquqiga ega», - deb belgilangan.
Shu 
m oddaning 
m azm uniga 
e’tibor 
bersak, 
birinchidan, 
miting, 
y ig ‘ilish, namoyish fuqarolarning ijtimoiy faolligini namoyon qilish usullari 
hisoblanadi. Ikkinchidan, mitinglar, yig*ilishlar, nam oyishlar faqat qonunga 
aso san o‘tkaziladi.
Miting, yig‘ilish, namoyishlar o‘tkazish natijasida boshqa kishilarning, 
fuqarolarning manfaati, huquqi buzilmasligi kerak. Masalan, shunday tadbirlar 
o‘tkazilishi natijasida transport harakati to‘xtab qolsa yoki fuqarolar o‘zlari uchun 
zaru r m a sh g ‘ulotlar bilan shug‘ullanish imkoniyatidan m ahrum bo‘lsa, buni 
boshqa fuqarolarning manfaatiga zarar keltiruvchi harakat deb qarash mumkin.
Miting, yig‘ilish, namoyishlar vaqtida qonun doirasidan chiqib ketish natijasida 
turli-tuman zararli holatlar, ya’ni, fnol-mulklarning nobud bo‘lishi, fuqarolarga 
jismoniy zarar yetkazish hollari uchrab turadi. Yoki ko‘pchilik to‘plangan vaqtda 
ularni tartibli ushlab turish imkoniyati bo‘lmay qolishi natijasida chegaradan 
chiqib ketish oqibatida xavfsizlikka ziyon yetkazilishi mumkin.
Bu holatni keyingi vaqtda arab mamlakatlarida bo‘layotgan voqealar ham 
tasdiqlaydi.
Shuning uchun Konstitutsiyaning o‘zida hokimiyat organlari xavfsizlik 
nuqtai nazaridangina miting, yig‘ilish, namoyishlar o‘tkazishni to‘xtatib qo‘yishi, 
taqiqlashi mumkinligi belgilangan.
Miting, yig'ilish, namoyish o‘tkazish tashkilotchilari bu tadbirlar nima 
uchun, qaerda, qachon o‘tkazilishi haqida hokimiyat organlariga xabar berishi 
va tadbir o‘tkazishga ularning roziligini olishi qonun doirasida belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 217-moddasida: «Yig‘ilishlar, 
mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar o‘tkazish tartibini buzish» uchun 
jinoiy javobgarlik belgilangan.
M iting, y ig ‘ilish va n am o y ishlarn in g xavfsizlikka ham da fuqarolar 
m anfaatiga zarar yetkazm asligi nuqtai nazaridan, ularni o‘tkazishga ru x sat 
berish yoki to ‘xtatish, taqiqlash tartibi boshqa m a m lak a tla rn in g qonunlarida 
ham uchraydi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin