O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Eng muhimi, bu — keksa avlod vakillari va ijtimoiy himoyaga



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Eng muhimi, bu — keksa avlod vakillari va ijtimoiy himoyaga
muhtoj fuqarolar to4g ‘risidagi g^m xo'rlikdir»1.
6-§. Tibbiy xizm atdan foydalanish huquqi
Konstitutsiyaning 40-moddasida: «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan 
foydalanish huquqiga ega»ligi mustahkamlangan.
Bu huquq insonning hayotga, yashashga bo‘lgan huquqining qo‘shimcha 
kafolatidir. Inson so g ‘-salomat, jismoniy kamchiliksiz yashasa, baxtli hayot 
kechirishi mumkin. Inson o‘z sog‘lig‘iga o‘zi turli yo'llar bilan g ‘amxo‘rlik qiladi 
va bunda davlatning ko‘magiga, yordamiga tayanadi.
Davlat insonning so g ‘lig‘ini himoya qilib, ularga malakali tibbiy xizmatdan 
foydalanishga imkoniyat yaratib beradi. Bu huquq amal qilganda mamlakatda 
inson salomatligini saqlovchi, tiklovchi muassasalarning malakali, bilimli 
mutaxassislar tizimi (kasalxona, poliklinika, sanatoriylar) faoliyat ko‘rsatadi. 
Ular zamonaviy texnik vositalar orqali jihozlanadi. Inson salomatligini tiklovchi, 
saqlovchi muassasalarni ta ’minlashni davlat o‘z zimmasiga oladi. Fuqarolarga 
tez yordam ko‘rsatish xizmati ta ’minlanadi.
1 M ir z iy o y e v S h . X a lq im izn in g roziligi b iz n in g faoliyatim izga berilgan e n g oliy bahodir. Т.:
« 0 ‘zb ek isto n » , 2 0 1 8 . 2 -to m , 35 -b e t.
133


Bu huquqning amal qilishi natijasida har bir kishi tibbiy m uassasalarga o‘z 
muammolari bilan murojaat qilishi va ulardan tegishli yordam, maslahat olishga 
haqlidir.
S og‘lom fuqarolar har bir m am lakatning eng qimmatli boyligi hisoblanadi. 
S huning uchun ham so g‘lik uchun davlat m as’ul va o‘z vazifasini bajarish uchun 
tegishli choralarni ko‘radi. Bunday choralar qatorida aholi o‘rtasida profilaktika, 
emlash ishlari olib boriladi.
0 ‘zbekistonda 2005-yilning «Sihat-salomatlik yili» deb belgilanishi asosida 
tibbiy xizmat ko‘rsatish choralarining amalga oshirilishi, tibbiyotni isloh qilish 
bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar insonlarning tibbiy xizmatdan foydalanish 
huquqini kengaytirib, tibbiy xizm atning yanada malakali bo‘lishini ta ’minlashga 
qaratilgan edi.
M amlakatimizda 2006-yil «Homiylar va shifokorlar yili» deb belgilanib
unda ko‘zda tutilgan tadbirlar ham tibbiyot sohasini takomillashtirishga, tibbiyot 
xodimlarining malakasini oshirish, turm ush sharoitini yaxshilashga, tibbiy 
yordamga muhtojlarga yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishini ta ’minlagan.
Davlatimizning sog ‘lom avlod uchun qayg‘urishi va bu borada qilayotgan 
ishlari boshqa davlatlar uchun ham ibrat bo‘lishi mumkin. 0 ‘zbekiston mustaqil 
davlat bo‘lgach, orden va medallarni ta’sis etar ekan, «Sog‘lom avlod uchun» 
ordenining birinchi ordenlar qatorida ta ’sis etilishi ham m am lakatning inson 
so g ‘lig‘i uchun, tibbiyot sohasidagi huquqlarni ta ’minlash uchun alohida e’tibor 
berayotganligini ko‘rsatadi.
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g ‘risida», «Psixiatriya yordami to‘g ‘risida», 
«Vich (OIV infeksiyasi) infeksiyasiga qarshi kurashish to‘g ‘risida»gi (2013-yilda 
yangi tahrirda qabul qilindi) «Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g ‘risida»gi 
qonunlar va boshqa qabul qilingan huquqiy hujjat va davlat dasturlari 
fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini ta ’minlashning 
huquqiy asoslaridir.
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va bu boradagi ishlarning 
davom ettirilishi natijasida sezilarli va katta ahamiyatli ishlar olib borilmoqda, 
natijada, ko‘plab sog‘liqni saqlash muassasalari zamonaviy meditsina texnika 
vositalari bilan ta’minlandi; aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanib bormoqda.
Bularning 
amaliy 
ifodasini 
Respublikamiz 
aholisining 
um r 
ko‘rish 
ko‘rsatkichi yuqorilab borayotganligida, bolalar va onalar o‘limi kamayib 
borayotganligida, bolalarni turli kasalliklarga qarshi emlash davlat hisobidan 
amalga oshirilayotganligida ko‘rish mumkin.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin