erkin kasb tanlash huquqidan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Oliy o‘quv
yurtlarida xalq xo‘jaligi, boshqaruv uchun yetarli kadrlar tayyorlanishi yo‘lga
qo‘yilgan.
M ehnat huquqining amal qilishi natijasida ko‘plab mehnat munosabatlari
vujudga keladi, ya’ni ishga kirish, normal sharoitlarda ishlash, mehnatni muhofaza
qilish; ishdan bo‘shash yoki bo‘shatish va boshqalar. Mehnat qilish huquqining
amalga oshishi doirasidagi shunday munosabatlar mehnat qonunchiligi, ya’ni
0 ‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
0 ‘zbekistonda voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilish hollariga
chek qo‘yish maqsadida ko‘pgina tadbirlar o‘tkazildi.
Dostları ilə paylaş: