tarmoqlaridagi davlat organlarida fuqarolarning
huquq va erkinliklarini
ta ’minlash vazifasi hamda vakolati mavjud.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan ta’minlashni
amalga oshirish tizimida 0 ‘zbekiston Prezidenti alohida rol o‘ynaydi. Chunki
u fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining kafili ekanligi
Konstitutsiyaning 93-moddasi 1-bandida belgilangan. Bu bilan Prezidentga
juda katta m as’uliyat yuklangan. Fuqarolarning huquq
va erkinliklari davlat
tomonidan
t a ’minlanishini
ko‘plab
huquqni
muhofaza
qiluvchi
organlar
amalga oshiradi. Bular: Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura va
boshqalardir. Bu organlar fuqarolar huquqlarini ta ’minlashda
maxsus tuzilmalari
faoliyatiga tayanadi. Adliya vazirligining «Inson huquqlarini himoya qilish»,
«Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish» va boshqa boshqarmalari bevosita
inson huquqlarini ta ’minlash vazifasini bajaradi.
Bulardan tashqari, turli hokimiyat tarmoqlarida huquq va erkinliklarni
ta ’minlovchi
maxsus organlar mavjud, masalan, Oliy Majlisning inson huquqlari
bo‘yicha vakili (Ombudsman), hukumat tizimidagi Inson huquqlarini himoya qilish
Milliy markazi. Inson huquqlarini himoya qilish tizimi kengayib, yangi institutlar
vujudga kelmoqda. Bunga misol sifatida 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes ombudsman), bola huquqlari bo‘yicha vakil
lavozimlari ta ’sis etilganligini ko‘rsatish mumkin. Xulosa chiqarish mumkinki,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish m as’uliyati
davlatga tegishli
bo‘lib, u bu ishga barcha davlat organlarini, milliy institutlarni jalb qilish bilan
birga, nodavlat tashkilotlarning ham faoliyatidan foydalanadi. Bu borada, ya’ni
inson huquqlarini ta ’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘zaro
hamkorlik
qiladi.
Dostları ilə paylaş: