O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Karimov I.A. 0 ‘zb ek iston d a d em okratik o ‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik ja m iy a ti



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Karimov I.A. 0 ‘zb ek iston d a d em okratik o ‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik ja m iy a ti
asoslarini sh ak llan tirish n ing a so siy y o ‘nalishlari. - Т.: « 0 ‘zb ek iston », 2 0 0 2 . 21-bet.
138


Agar davlatda yetarli iqtisodiy, moddiy, moliyaviy manbalar, imkoniyatlar 
bo‘lmasa, huquqlarni amalga oshirish uchun sharoit bolmaydi. Davlat iqtisodiy 
tomondan qanchalik kuchli bo‘lsa, huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyati 
ham shuncha kuchayib boradi.
Bilim olish, ta ’minot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarining 
kengayishi davlatning iqtisodiga bevosita bog‘liq.
Bulardan tashqari, huquq va erkinliklarning kafolatlanishida jamoatchilik 
nazorati ham alohida o‘rin tutib, bunda nodavlat tashkilotlar ham ishtirok etadi.
Demak, huquq va erkinliklarning kafolatlari deganda, ularni ta ’minlash, 
amalga oshishi uchun yetarli asoslar va zarur mexanizm mavjudligi tushuniladi.
Huquq va erkinliklarning kafolatlari tizimi huquqiy, siyosiy, iqtisodiy 
asoslardan va ularning amalga oshishini ta’minlay oladigan mexanizmdan iborat 
bo'ladi.
2-§. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda
m illiy huquq tizim ining o‘rni
Inson huquqlari masalasi davlatning nafaqat ichki masalasi balki xalqaro 
ahamiyatga ham egadir. Inson huquqlarini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar, 
ular tomonidan qabul qilingan hujjatlar alohida rol o‘ynaydi.
Lekin, har bir shaxs, inson, asosan, biror-bir mamlakat hududida yashaydi 
va ko‘pincha ma’lum mamlakatning fuqarosi hisoblanadi. Shuning uchun alohida 
shaxslar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta ’minlashda davlat markaziy 
o‘rinda turadi.
Davlat buning uchun, eng avvalo, insonlarning huquqini ta’minlovchi huquq 
tizimini yaratadi. Ya’ni inson huquqlarini ta ’minlovchi huquq tizimi milliy huquq 
tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
M amlakatimizda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy huquq tizimida 
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi alohida o‘rin tutadi.
Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari 
mustahkamlanadi, ularni ta ’minlash yo‘llari belgilanadi. Konstitutsiya insonlarga 
tegishli barcha huquqlarni qayd qila olmaydi, faqat inson uchun eng zarur 
hayotiy huquq va erkinliklarni mustahkamlab qo‘yadi. Konstitutsiyamiz ishlab 
chiqilayotgan vaqtda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro ahamiyatga ega asosiy 
hujjatlar: «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlar to‘g ‘risida»gi xalqaro pakt, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‘g ‘risida»gi xalqaro pakt va unga qo‘shimcha (fakultativ) Protokollarning 
qoidalaridan keng foydalanildi. Bundan tashqari, inson huquqlariga taalluqli 
xalqaro hujjatlar: «Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga 
barham berish to‘g ‘risida»gi Konvensiya, «Bola huquqlari to‘g ‘risida»gi Konvensiya 
va boshqa hujjatlarga qo‘shilish bilan mamlakatimiz o‘z zimmasiga shu hujjatlar 
ko‘rsatmalarini bajarish va hujjat qoidalarini milliy qonunchiligimizga singdirish 
majburiyatini oldi.
139


Agar xalqaro hujjatlardagi qoidalar m am lakatlarning bajarishi uchun 
ko‘rsatm a bo‘lsa, har bir mamlakat, jumladan, 0 ‘zbekiston milliy qonunchiligida 
ana shu ko‘rsatm alarni am alga oshirish choralari ham belgilanadi va shu bilan 
inson huquqlarini ta ’minlash real voqelikka aylanadi.
Inson huquqlari, ularning asosiylari Konstitutsiyamizda ko‘rsatilgan bo‘lib, 
ularni ta ’minlash yo‘llari haqida Konstitutsiyada ko‘rsatm alar bo‘lsa, shu 
huquqlarni yanada kengroq ta ’minlash imkoniyati Konstitutsiya asosida qabul 
qilingan boshqa qonunlarda belgilangan.
M am lakatim izning inson huquqlarini ta’minlovchi qonunlari qatoriga Saylov 
va M ehnat kodekslari, «Fuqarolik to‘g ‘risida»gi, «Ta’lim to‘g ‘risida»gi, «Ijtimoiy 
ta’minot to‘g ‘risida»gi va ko‘plab boshqa qonunlarni ko‘rsatish mumkin.
Ular Konstitutsiyada qayd qilingan inson va fuqarolarning huquqlarini 
ta’minlash mexanizmlarini ham yaratgan.
Bulardan tashqari, ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar, idoraviy hujjatlar 
inson huquqlarini ta ’minlashda muhim rol o‘ynaydi va milliy huquq tizimini 
boyitadi.
M amlakatimizda qabul qilinayotgan har qanday normativ-huquqiy hujjat 
inson huquqlari, manfaatlari ustuvorligi prinsipini ta ’minlashni nazarda tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev inson huquq va 
erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati sifatida, Konstitutsiya va qonun 
ustuvorligi, qonuniylik prinsipini ta ’minlashni ko'rsatadi1.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin