sudyalarni odil sudlovga ta’sir o'tkazadigan omillardan himoya qilish
kerak»1,
- degan muhim g ‘oyani ilgari surdi mamlakat Prezidenti.
5-§. Voyaga yetm aganlart mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz
keksalarning huquqlarini himoya qilish
Har qanday mamlakat singari bizning mamlakatimizda ham qo‘shimcha
himoyaga muhtoj, huquqlarini alohida va yanada
kuchli himoya qilish zarur
bo‘lgan aholi qatlamlari yashaydi.
Aholining himoyaga muhtoj qatlamini alohida muhofaza qilish davlat
siyosatining bosh yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Ana shu tamoyil Konstitutsiyada ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib,
u 45-moddada himoyaga muhtoj fuqarolarining
huquqlari davlat himoyasida
ekanligini qonuniy mustahkamlagan. 45-moddaga ko‘ra, «Voyaga yetmaganlar,
mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir».
Bu moddaning
mazmuni shundan iboratki, voyaga yetmaganlar,
mehnatga
layoqatsizlar (turli toifadagi nogironlar) va yolg‘iz keksalar barcha huquq va
erkinliklardan
foydalanishidan tashqari, qo‘shimcha ravishda ularning huquqlari
davlatning alohida himoyasidadir. Bu esa, ularning huquqlarini ta’minlovchi,
himoya qiluvchi qo‘shimcha chora-tadbirlar mavjudligida ko‘rinadi. M azkur
toifadagilarning huquqlarini ta ’minlashga, himoya qilishga
qaratilgan qonunlar
mavjudligida ko‘rinadi. Masalan, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g ‘risida»gi,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g ‘risida»gi
Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar mavjud.
M am lakatim izda yoshlarga oid siyosat davlat faoliyatining ustuvor
yo'nalishi ekanligi yuqorida tilga olingan qonunda m ustahkam langan
Dostları ilə paylaş: