g ‘ayriqonuniy
xatti-harakatlari
ustidan
sudga
shikoyat
qilish
huquqi
kafolatlanadi», - deb belgilangan. Bu moddaning mazmuni shuni ko‘rsatadiki,
fuqarolar o‘zlarining har qanday huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun
sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Bunday huquq fuqarolarning huquqlari davlat
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari tomonidan g ‘ayriqonuniy
xatti-harakat oqibatida buzilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Kafolatlar «Sudlar to‘g ‘risida»gi,
«Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g ‘risida»gi qonunlarda ko‘zda tutilgan.
Sud hokimiyati organlarining asosiy vazifasi sobiq tuzum dagi singari
jazolash bo‘lmasdan, qonunlarga asosan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlarini har qanday tajovuzlardan himoya qilish hisoblanadi.
Sudlarga shikoyat qilish tartibini belgilovchi qonun esa, har qanday hollarda
sudga
buzilgan huquqlarini tiklashni, tegishli organ, mansabdor shaxs, jam oat
birlashmalarining noqonuniy hujjatlarini bekor qilishni so‘rab murojaat qilish
mumkinligini belgilagan.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklari oshkora buzilganda (agar fuqaro shunday
xulosaga kelgan taqdirda), huquq va erkinliklarining amalga oshishiga to‘sqinlik
qiluvchi holatlar mavjud bo‘lsa, zimmasiga qonunlarda ko‘zda
tutilm agan
vazifalar yuklansa, sudga murojaat etishga haqlidir.
Qonunda shikoyatni qaysi sudga berish tartibi, sudga murojaat qilish
muddatlari, murojaatni ko‘rib, hal qilish tartibi va muddatlari belgilab qo‘yilgan.
Sud shikoyatni ko‘rib chiqib, u asosli bo‘lsa, shikoyatni qondirish, qisman
qondirish haqida, shikoyat asossiz bo‘lsa,
uning asossizligini isbotlab, qaror
qabul qiladi.
Shikoyat qondirilganda sud shikoyatga sabab bo'lgan xatti-harakatni,
qarorni to‘xtatish, bekor qilish haqida qaror chiqaradi. Sudning chiqargan
qarorini bajarish barcha organlar va mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari
uchun majburiydir. Sud o‘z qarorida shikoyatni
qondirish bilan birga, fuqarolarga
yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash choralarini ko‘radi.
Fuqaro bergan shikoyati yuzasidan sudning chiqargan qaroridan norozi
bo‘lsa, yuqori sudga belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga
ega. Bu shikoyat endi shikoyatni ko‘rgan sud xatti-harakati va qarori ustidan
ham norozilikdan iborat bo‘ladi.
Fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi to‘la ta’minlangandagina huquq
va erkinliklarning kafolati to‘la bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun sud-huquq
sohasida olib borilayotgan islohotlar bu masalani yanada takomillashtirish
choralarini belgilamoqda va shunga erishilmoqda.
Sud tizimidagi ko‘pgina muammolarni hal qilishning va uni chinakam
fuqarolik huquqini himoya qilish vositasiga aylantirishning eng muhim omili,
sudlarning haqiqiy
mustaqilligini
ta ’minlashdir.
Dostları ilə paylaş: