Davlatimiz boshlig‘i o‘z farmonlari bilan m untazam ravishda bunday
toifadagi kishilarga imtiyoz beruvchi, huquqlarini himoya qiluvchi tadbirlarni
belgilab kelmoqda.
0 ‘tgan har bir yilni ma’lum
nomlar bilan belgilashda ham, eng avvalo,
shunday kishilarning huquqlarini himoya qilishga e’tibor beriladi. Jumladan,
«Homiylar va shifokorlar yili» deb nomlangan 2006-yilda ham shu munosabat
bilan belgilangan
tadbirlarda voyaga yetmaganlar, nogironlar, yolg‘iz kishilarga
imtiyozlarni kengaytirish orqali ularning huquqlarini himoyalashni kuchaytirish
ko‘zda tutilgan.
Konstitutsiyaning 45-moddasi
nafaqat voyaga yetmaganlar, nogironlar,
yolgiz keksalarning huquqini himoya qilishni, balki uning g ‘oyasi va maqsadi
aholining
barcha nochor qatlamlarini, keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar,
ko‘p
bolali oilalar, o‘quvchi yoshlarning davlat tomonidan muhofazaga bo‘lgan
huquqlarini ta ’minlashni ham nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: