asosini talab tashkil etadi. Shikoyatlar orqali sodir etilgan yoki sodir etilayotgan,
etilishi mum kin bo‘lgan qonunsiz harakatlar to‘g ‘risida xabarlar berilishi mumkin.
Fuqarolarning murojaatlari yozma yoki og‘zaki bo‘lishi, ular aloqa vositalari
orqali, ommaviy axborot vositalari orqali taqdim qilinishi yoki shaxsan
topshirilishi mum kin.
Konstitutsiyada murojaatlarni ko‘rish tartibi va
muddati qonun asosida hal
qilinishi belgilangan. 0 ‘zbekistonda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rish tartibi
va muddati, bu boradagi vakolatli organlar, mansabdor shaxslarning huquq-
burchlari m axsus qonun bilan belgilangan1.
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi amalga oshishida eng muhim masala -
murojaat qanday hal qilinishidan q at’iy nazar, vaqtida asosli, ishonchli javob
olish hisoblanadi. Vaqtida
va ishonchli javob olinmasa, takror murojaatlar, yuqori
organlarga murojaatlar soni ortib boradi.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rish tartibi sud organlarida o‘ziga xos
jihatlarga ega
bo‘lib,
bu
masala 0 ‘zbekiston Respublikasining «Sudlar
to‘g ‘risida»gi Qonuni va Fuqarolik protsessual kodeksi asosida tartibga solinadi.
Fuqarolar murojaat qilish huquqidan boshqalarga tuhm at qilish, boshqaruv
tartiblarini izdan chiqarishda foydalanmasligi, g ‘arazli niyatlarni amalga
oshirishga urinmasligi kerak. Shunday hollar bo‘lsa, aybdor shaxslar jazolanadi.
Fuqarolarning murojaatlariga keyingi vaqtda e’tibor yanada kuchaytirildi.
Bunga misol qilib, 0 ‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 28-sentabrdagi «Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini
tubdan takomillashtirishga
doir chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi Farmonini ko‘rsatish mumkin.
Murojaatlar bilan ishlash va ularning ahamiyatini «Xalq qabulxonalari»
va «Prezidentning virtual qabulxonalari»ning tashkil qilinishi yanada yuqori
pog‘onaga ko‘tardi.
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi Konstitutsiyaning «Siyosiy huquqlar»
bobida shu turdagi huquqlar tizimida berilgan.
Umumiy qoidalarga asosan siyosiy huquqlardan faqat fuqarolar foydalanishi
kerak. Lekin bu yerda shu qoida istisno tariqasida amal qilmaydi. Sababi,
murojaat qilish huquqi davlat ishida ishtirokni ta ’minlashdan ancha kengroq
vazifalarni, ya’ni iqtisodiy turm ush, o‘zining qadr-qimmati, sha’nini himoya
qilishni ham ko‘zlaydi.
Avvalgi boblarda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Oliy
Majlisning Inson
huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g ‘risida»gi Qonunida O mbudsman
chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lm agan shaxslarning murojaatlarini
ko‘rishi mumkinligi belgilanganini ko‘rdik. Chet el fuqarolari faqat ariza va
shikoyatlar bilan murojaat qilishi mumkin. Taklif bilan murojaat qila olmaydi.
Taklif davlat hayotiga tegishli masalalar bo‘yicha beriladi.
Dostları ilə paylaş: