Sobiq tuzumda jamiyatdagi notenglikni xususiy mulkka ega boMish keltirib
chiqaradi, mulk kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya qilish, ezish sababi deb
ko‘rsatilar edi.
Aslida esa, mulkka ega bo‘lish, mulkdor bo‘lish insonlarning
erkinligi, har narsada o‘z fikri bo‘lishini ta ’minlovchi vositadir.
Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston mulk masalasiga, unga egalik qilish
masalasiga boshqacha, aniqrog‘i, to‘g ‘ri yondashdi. Mamlakatda olib borilayotgan
mulkdorlar sinfini
shakllantirish siyosati ham, har bir kishini boyitish va u orqali
m am lakatning iqtisodiy qudratini oshirishni ko‘zlaydi.
Konstitutsiyaning 36-moddasida: «Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.
Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan
kafolatlanadi», - deb belgilangan.
Bu moddadagi qoidalar birdaniga bir necha masalani hal qilgan.
Birinchi, har bir kishining mulkdor bo‘lishi, ya’ni mulkka ega bo‘lishini;
ikkinchi, mulkning ajralmas qismi bo‘lgan bankka qo‘yilgan omonatlarning sir
saqlanishini; uchinchi, mulk bilan bog‘liq masala
- meros huquqining qonun
bilan kafolatlanishini.
Mulkka ega bo‘lish har bir insonning faqat farovon hayot kechirishini
emas, erkinligini, kelajakka ishonch bilan qarashini, avlodlar oldida obro‘sini
ta ’minlovchi shartlardan hisoblanadi. Respublikamizda mulkdor bo‘lish huquqi
Konstitutsiyadagina
belgilanib qolmasdan, shu huquqni ro‘yobga chiqaruvchi,
aniqrog‘i, kishilar mulkdor bo‘lishini ta ’minlovchi ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul
qilindi va tadbirlar o‘tkazildi.
Iqtisodiy islohotlarning turli bosqichlarida amalga oshirilgan turli mulklarni
davlat tasarrufidan chiqarib,
xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash va yaratilgan boshqa sharoitlar natijasida aholining ko‘plab qismi
mulkka ega bo‘ldi va jamiyatda barqarorlik shartlaridan biri bo'lgan mulkdorlar
tabaqasi shakllandi va rivojlanmoqda.
Mulkiy
masalalarni
tartibga
soluvchi
0 ‘zbekiston
Respublikasining
«Fuqarolik kodeksi» normalari mulk masalalarini belgilashga, bozor sharoitidan
kelib chiqib yondashdi va mulkdor bo‘lish huquqining kafolatlarini kuchaytirdi.
Endi mulk faqat mehnat qilish evaziga orttirilgan
daromadlar bilan cheklanmay
(sobiq tuzum davridagi kabi), boshqa turli qonuniy faoliyat turlari orqali ham
mulkka ega bo‘lish mumkinligi qonunda mustahkamlandi.
Konstitutsiyaga asoslanib qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining
«Banklar va bank faoliyati to‘g ‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, banklar mijozlarning
bankdagi omonatlari miqdorinigina emas, amalga
oshirgan har qanday bank
operatsiyalari hisob raqamlarini sir saqlash majburiyatini oladi.
Xuddi shuningdek, «Meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi», degan
konstitutsiyaviy qoidani amalga tatbiq etish uchun qonunchiligimizda aniq
va keng normalar mavjud. Mulkdorning mulki vasiyat bo‘yicha yoki qonunda
belgilangan tartibda merosxo‘rga qoldirilishi meros huquqining kafolatidir.
Mulkdor qonunsiz mulkidan m ahrum qilinishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: