O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4-§. Dam olish huquqi
Har bir inson sarflagan kuch-g‘ayratini, aqlini, albatta, qayta tiklashi, yangi 
mehnat faoliyatini boshlaganda (jismoniy, aqliy) yetarli ish qobiliyatiga ega 
bo‘lishi kerak. Buning uchun har bir kishi ma’lum vaqtda dam olishi kerak. 
S huning uchun dam olishga bo‘lgan huquq ham konstitutsiyaviy darajada 
m ustahkam langan.
Konstitutsiyaning 38-moddasida: «Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar 
dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta ’tilining 
muddati qonun bilan belgilanadi», - deb belgilangan. Konstitutsiya normasi 
m azmuniga e’tibor bersak, dam olish huquqi, avvalo, ish vaqtiga, mehnat 
faoliyatiga bog‘liqligini ko‘ramiz. Turli toifadagi mehnat qiluvchilarning ish 
hajmi, mehnat sharoiti, jismoniy yoki aqliy mehnat faoliyati turlariga qarab bir 
ish kuni tugagandan keyingi ish kuni boshlanguncha bo‘lgan vaqt fuqarolarning 
o‘z ixtiyorida bo‘lib, shu paytda ular xohlagancha dam oladi. Hafta tugashi 
bilan ham ayrim sohalarda bir kunlik, ayrim sohalarda ikki kunlik dam olish 
belgilanadi.
M ehnat qiluvchilar mehnat kuni, mehnat staji, mehnat sharoitlari hisobga 
olingan holda yillik ta ’til (dam olish) olish huquqiga ega. Bu dam olish huquqining 
yana bir muhim xususiyati unga haq to‘lanadi. Xodim qonunda belgilangan 
muddatda mehnat ta ’tilida bo‘lib, dam olayotganda shu muddatga haq oladi.
Ish vaqti, dam olish vaqti muddatlari, mehnat ta ’tiliga haq to‘lash mehnat 
qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Qonunchilikda kimlar, qaerda qancha 
ishlashi, qancha muddatdagi ta ’tilga chiqishi, unga qancha haq to‘lanishi 
belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlarga umumiy belgilangan ish vaqtidan 
boshqacharoq vaqt miqdorlari belgilangan. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 
xodimlarga haftasiga 36 soatdan, I va II guruh nogironlari bo‘lgan xodimlarga 
ham haftasiga 36 soatdan oshmagan ish haftasi belgilanadi. Zararli ish 
joylarida ishlovchi hamda 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan xodimlarning ham ish 
vaqti qisqartirilgan holda belgilanadi. Pedagog xodimlarning ham ish haftasi 
qisqartirilgan.
131


M ehnat ta ’tillari ham turli toifadagi va yoshdagi xodimlar uchun turlicha 
belgilangan bo‘lib, ular 24 kundan 48 kungacha bo‘lishi mumkin.
M am lakatim izda turli sanalar, voqealar bilan bog‘liq kunlar bayram deb 
e’lon qilinib, dam olish kuni hisoblangan. 1-yanvar - Yangi yil, 8-m art - Xotin- 
qizlar kuni, 21-mart - N avro ‘z bayram i, 9-m ay - Xotira va qadrlash kuni, 
1-sentabr - M ustaqillik kuni, 1-oktabr - 0 ‘qituvchi va m urabbiylar kuni
8-dekabr - Konstitutsiya kuni, Ro‘za va Qurbon hayiti diniy bayram larining 
birinchi kunlari dam olish kuni hamda Yangi yil, Mustaqillik kuni va Navro‘z 
bayramlarida Prezident Farmoniga asosan ko‘shimcha dam olish kunlari taqdim 
etiladi. Bularning barchasi fuqarolarning dam olish huquqi ro‘yobga chiqqanligidir.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin