Qonunlarda siyosiy partiyalarning vakolatli vakili bo‘lish belgilangan.
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod ko‘rsatgan
siyosiy partiyalar ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘z a’zolari orasidan vakolatli
vakil tayinlashga haqli.
Vakillar faoliyati, huquq va burchlari, vazifasi saylov to‘g ‘risidagi qonunlarda
belgilangan.
7. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari saylovni o‘tkazishda faol ishtirok etadi. Ular tashviqot-
ta rg ‘ibot ishlarida, nomzodlar bilan uchrashuvlar tashkil qilishda, saylovchilarning
ro‘yxatini tuzishda, saylov kuni, vaqti, joyi haqida saylovchilarga m a’lumotlar
berishda tegishli organlarga yordam beradi.
8. Davlat organlari. Turli davlat organlari saylov jarayonlarida ishtirok
etadi. Ular turli vazifalarni bajaradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari saylov
o‘tadigan joylar bilan ta ’minlash, saylov uchastkalarini tegishli holatga keltirish,
moddiy ta ’minotiga yordam berish, saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar
taqdim qilish, tegishli Kengashlarga saylov o4kazuvchi komissiyalarni tuzish
bilan saylov jarayonida ishtirok etadi.
9.
0 ‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-dekabrda qabul qilingan
«Volontyorlik faoliyati to‘g ‘risida»gi Qonunida volontyorlar ijtimoiy ahamiyatga
ega tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarining roziligi bilan ishtirok etadi, deb
belgilab qo‘yilgan. S huning uchun ularni alohida saylov ishtirokchisi sifatida
emas, balki ishtirokchilarga yordam beruvchi subyekt deb qarash mumkin.
Saylovlarning adolatli, qonun asosida o‘tishini, fuqarolar saylov huquqlarining
buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida saylov jarayonida sud va prokuratura
organlarining, ijro organlarining (Ichki ishlar, Tashqi ishlar vazirliklari) ishtiroki
ham nazarda tutilgan. Ularning vazifa va vakolatlari saylov to‘g ‘risidagi
qonunlarda belgilangan.
Dostları ilə paylaş: