Bu bilan erkin saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi tizimida,
davlatchiligimizda muhim rol o‘ynashi e’tirof etildi va saylov huquqi ahamiyatiga
oqilona baho berildi.
Saylov huquqi bilan fuqarolarni ta ’minlash faqat milliy qonunchiligimizda
belgilangan bolibgina qolmay, saylov huquqining ahamiyati xalqaro hujjatlarda
ham
qayd qilingan, jumladan, «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»ning
21-moddasida: «Har bir inson bevosita yoki erkinlik bilan saylangan vakillari
vositasida o‘z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadir», - deb
belgilab qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida: « 0 ‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylanish
huquqiga egadirlar», - deb belgilangan.
Fuqarolarning saylov huquqi - saylash va saylanish huquqidan iborat. Shu
ikkala huquqqa to‘la ega bo‘lgandagina saylov huquqi amalga oshgan hisoblanadi.
Yuridik adabiyotlarda fuqarolarning saylash huquqini aktiv saylov huquqi,
saylanish huquqi esa, passiv saylov huquqi deb yuritiladi. Ularga ega bo‘lishda
ba’zi talablar qo‘yiladi.
Saylash huquqiga m a’lum yoshga yetgan mamlakatning
barcha fuqarolari
ega bo‘ladi. Konstitutsiyaga binoan sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb
topilgan, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan m ahrum etish joylarida
saqlanayotgan fuqarolar saylash huquqiga ega emas. Chunki muomalaga
layoqatsizlar aqliy tomondan ojiz, ongsiz kishilar bo‘lib, ular o‘z xatti-harakatining
oqibatini anglay olmaydi, tushunmaydi. 0 ‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanib,
ozodlikdan m ahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi m a’lum
davrga
cheklangan, chunki u joylarda alohida rejimda yashashga to‘g ‘ri keladi.
Ozodlikdan m ahrum qilish joylaridan ozodlikka chiqqandan so‘ng, ular yana
saylov huquqidan to‘la foydalanadi.
Fuqarolarning saylanish huquqiga ega bo‘lishi uchun ham ayrim shartlar,
chegaralar o‘rnatiladi:
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek,
o g ‘ir va o‘ta o g ‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan
m ahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovlarda ishtirok etmaydi;
- saylash huquqiga ega bo‘lish uchun yosh
chegarasi ham yuqoriroq
o‘rnatiladi. Masalan, 0 ‘zbekistonda Prezident bo‘lib saylanish uchun 35 yoshga,
Oliy Majlisga saylanish uchun 25 yoshga, mahalliy vakillik organlariga saylanish
uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lish kerak. Xuddi shuningdek, saylanish huquqiga
ega bo‘lish uchun boshqa talablar ham o‘rnatiladi. Masalan, mamlakat hududida
m a’lum yil yashagan bo‘lishi, til bilishi va hokazo. Bu masalalarga keyingi
mavzularda kengroq to‘xtalib o‘tiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqida qo‘llaniladigan
shartlar,
chegaralar
boshqa
demokratik
mamlakatlar
qonunlarida
ham
belgilangan.
213
Fuqarolar saylov huquqlarini amalga oshirish jarayonida faqat saylash va
saylanish
huquqidangina emas, boshqa huquqlardan ham foydalanadi. M asalan,
saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish, nomzodlar to‘g ‘risida m a’lumotlar
olish, kuzatuvchilar tarkibida ishtirok etish ishonchli va vakolatli vakil sifatida
ishtirok etish va boshqalar.
Fuqarolarning saylov huquqlari qo‘shimcha ravishda «Fuqarolar saylov
huquqlarining kafolatlari to‘g ‘risida»gi Qonun1 bilan ta ’minlanadi. Bunday
m axsus qonunning borligi mamlakatimizda fuqarolarning saylov huquqlari
himoyasiga alohida e’tibor qaratilganligini ko‘rsatadi.
Fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishiga turli yo‘llar bilan to‘sqinlik
qilganlik uchun javobgarlik mavjudligi Saylov kodeksida belgilab qo‘yilgan.
Bundan
tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida saylov
qonunlarini buzganlik uchun alohida moddalarda jinoiy javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksining 146-147-moddalarida fuqarolar saylov huquqlarining har
qanday buzilishiga olib keluvchi holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Saylovlar m a’lum prinsiplarda o‘tkazilib, ular demokratik talablarga, xalqaro
hujjat normalariga mos bo‘ladi.
Konstitutsiyada saylov umumiy, teng va to‘g ‘ridan to‘g ‘ri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi, har
bir saylovchi bitta ovozga
ega ekanligi, ovoz berishda fuqaro o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi ko‘rsatib
qo‘yilgan (117-modda).
Ana shular saylov huquqining asosiy prinsiplari bo‘lib, saylov to‘g ‘risidagi
qonunlarda har biri alohida moddalarda berilgan.
Umumiy saylov prinsipi - mamlakatdagi barcha fuqarolarga kimligidan
q at’iy nazar (ya’ni, millati, dini, irqi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, partiyaviyligidan
q at’iy nazar), saylov huquqidan foydalanish imkoniyatini beradi. Umumiy saylov
huquqi yosh chegarasining bo‘lishi, sud yo‘li bilan saylov huquqidan cheklash
mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Boshqacha har qanday
cheklashlar umum iy saylov
huquqi prinsiplariga ziddir. Avvalroq saylov qonunchiligimizga sudgacha qamoqda
saqlanayotgan fuqarolarning ham saylovda ishtirok etishining o‘rnatilishi
umum iy saylov prinsipini kengaytirgan bo‘lsa, Konstitutsiyaga kiritilgan
o‘zgartirish umumiy saylov prinsipini yanada kengaytiradi. Unga asosan, Sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va
o‘ta o g ‘ir jinoyatlar sodir etilganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan
m a h ru m etish joylarida saqlanayotgan shaxslargina saylovda ishtirok etmaydi
ya’ni saylanmaydi va ovoz bermaydi. Boshqa har qanday
hollarda fuqarolarning
saylov huquqlarini to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Teng saylov huquqi prinsipi - har bir saylovchining bir ovozga ega ekanligi,
fuqarolar faqat bir saylov uchastkasida ro‘yxatga olinib, ovoz berishda ishtirok
Dostları ilə paylaş: