K o nstitutsiyaning saylov tizimi bobi bitta, ya’ni 117-moddadan iborat bo‘lib,
u fuqarolarning saylov huquqini,
saylov huquqi prinsiplari, qaysi organlar
saylov yo‘li bilan tashkil qilinishi, saylov o‘tkazish n in g muddatlari, Oliy
Majlis Senati a’zolarini saylash tartibini, kimlar saylovda qatnashm asligini va
M ark aziy saylov komissiyasini tashkil qilish hamda
vakolatlarini belgilovchi
qoidalardan iborat.
A gar Konstitutsiyamiz nuqtai nazaridan qarasak, unda qayd qilingan shu
masalalar yig‘indisi saylov tizimi hisoblanadi. Haqiqatan ham shunday. Lekin,
ilmiy nuqtai nazardan qaralsa, saylov tizimi Konstitutsiyada belgilangan qoidalar
y ig‘indisidan ancha keng. Chunki saylov munosabatlari ancha keng bo‘lib,
ularning hammasini Konstitutsiya bilan tartibga solish imkoniyati yo‘q.
Saylov
munosabati ko‘plab qonun va boshqa normativ hujjatlar
bilan ham tartibga
solinadi. Saylov tizimi barcha saylov o‘tkazilishi bilan bog‘liq tartiblar va barcha
tartiblarni mustahkamlovchi, o‘rnatuvchi huquqiy normalar yig‘indisidir. Saylov
huquqi normalari fuqarolarning saylov huquqlarini, saylovni tashkil qilish va
o‘tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash masalalarini tartibga soladi. Saylov
tizimi - bu saylov o‘tkazilishi tartibi va shu tartiblarni mustahkamlovchi
huquqiy normalar yig‘indisidir. Saylov o‘tkazish tartiblari huquqiy normalar
bilan belgilanadi va ular birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.
Ba’zida saylov tizimi tor ma’noda saylovning ba’zi jihatlari, xususiyatlariga
ham tatbiq qilinadi, masalan, ovoz berish natijasini aniqlashga qo‘llanilganda
«proporsional» va «majoritar saylov tizimi» degan tushunchalar kelib chiqadi.
Aslida, majoritar va proporsional saylov deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish va
ularga ovoz berish hamda natijalarini aniqlashdagi alohida tartibdir.
Proporsional tizimda ovozlar partiya ro‘yxati bo‘yicha berilib, deputatlik
o‘rni olingan ovozlarga nisbatan taqsimlanadi. Bu
tizim Rossiyada parlament
saylovlarida qo‘llaniladi.
Majoritar
tizimda
saylovchi
aniq
bir
nomzodga
ovoz
beradi
va
saylovchilarning yarmidan ko‘pchilik ovozini olgan nomzodlar saylangan
hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda majoritar saylov tizimi qo‘llaniladi.
Keng m a ’noda saylov tizimi faqat ovoz berish, u n in g natijalarini
aniqlash tartibi bilan cheklanmay, saylov tizimi saylov huquqi prinsiplari,
qoidalari, saylov o‘tkazish tartibi y ig ‘indisi hisoblanadi.
Unda fuqarolarning
saylash va saylanish huquqlari; saylov huquqining asosiy prinsiplari; turli
darajadagi hokimiyat organlariga saylov o‘tkazish; saylov belgilash; saylov
ishtirokchilari (subyektlari), kim lar saylovda
ishtirok eta olmasligi kabi
m asalalar belgilanadi.
«Saylov huquqi» atamasi bir necha m a’noda ishlatiladi. Saylov huquqi deganda,
birinchidan, mamlakatda saylovlarni tashkil etuvchi huquq normalari tushunilsa;
ikkinchidan, fuqarolarni saylash va saylanishga bo‘lgan huquqlari tushuniladi
(aktiv va passiv saylov huquqi). Saylov bilan bog‘liq munosabatlar, masalalar
faqat Konstitutsiya normalari bilan tartibga solish bilan chegaralanmaydi,
211
boshqa maxsus qonunlar bilan ham tartibga solinadi. Masalan, 2019-yilgacha
«Markaziy saylov komissiyasi to‘g ‘risida», «Fuqarolar
saylov huquqlarini
kafolatlash to‘g ‘risida»gi qonunlar bilan saylovlar o‘tkazib kelingan.
2019-yil 25-iyunda 0 ‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini qabul
qilish orqali barcha saylov haqidagi normalar yagona hujjatga jamlandi. Bu
g ‘oyani 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida
Dostları ilə paylaş: