- birinchidan, saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli
bo‘lib, fuqarolarni uyushgan holda o‘zlari yashab turgan davlat va jamiyatni
boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Saylov xalq hokimiyatining bevosita
oliy ifodasini tashkil etadi. Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi
bo‘lganidek, saylov jarayonida ishtirok etib, siyosiy tajriba orttiradilar. Ular,
avvalambor, o‘zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-huquqiy madaniyatini
oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini
takomillashtirib boradilar. Shuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, hamjihatlik
bilan, o‘z harakatlarini kelishuv asosida namoyon qilishlarida siyosiy tajriba va
ko‘nikmalarni orttirib boradilar;
- ikkinchidan, demokratik davlatning muhim belgilaridan birini vakillik
demokratiyasi tashkil etadi. Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini
birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul qilishga mutlaq huquq berilgan
saylanadigan muassasalar orqali xalq hokimiyatini amalga oshirishidir. Bundan
kelib chiqadiki, vakillik demokratiyasining haqiqatan amalga oshishi, asosan,
saylov jarayonining demokratik tamoyillarga amal qilishiga to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri
bog‘liq. Bundan xulosa qilish mumkinki, demokratiya va saylovlar bir-biri bilan
uzviy bog‘liq tushunchalardir.
Saylov qonunchiligini takomillashtirish doimiy jarayon bo‘lib, u saylovlarni
yanada demokratlashtirishga olib keladi.
Shuning uchun bu m asalaga
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida alohida to'xtalib, «Bu borada qabul qilingan 6 ta qonun
va bir qator qonunosti hujjatlari, afsuski, haligacha yaxlit bir hujjat shakliga
keltirilmagan. Shu sababli xalqaro norma va standartlarga javob beradigan
yagona saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim» - deb ta ’kidladi.
Jamiyat rivojlanib, demokratlashib borishi har bir o‘tayotgan saylovlarni
takomillashuviga olib kelganidek, saylovlarni demokratlashuvi ham jamiyat
rivojiga bevosita ta ’sir qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: