Davlatimizda bevosita saylov usuli bilan davlat boshlig‘i - 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlisning
quyi - Qonunchilik palatasi
deputatlari saylanadilar. Shuningdek, saylash uslubi bilan Qoraqalpog‘iston
Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari shakllantiriladi.
Saylovlar referendum kabi xalq irodasi to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri namoyon etilishining
qonunlashtirilgan shaklini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda,
fuqarolar davlat
hokimiyati organlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadilar va shu tufayli
ularning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqlari amalga oshadi.
Shuningdek, demokratik saylovlar - hokimiyat to‘g ‘risidagi masalani kuch bilan
hal etilishining aksidir.
Dostları ilə paylaş: