munosabatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining
Qoraqalpog‘istonda amal qilishi tartibi alohida ahamiyatga ega.
Konstitutsiyaning 15-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasida 0 ‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi», - deb
belgilangan qoida Qoraqalpog‘istonga ham taalluqlidir.
Chunki Konstitutsiyaning
68-moddasida:
« 0 ‘zbekiston Respublikasi viloyatlar,
tumanlar, shaharlar,
shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston
Respublikasidan
iborat», - degan qoida Qoraqalpog‘iston o‘z hududi bilan 0 ‘zbekistonning
tarkibiy qismi ekanligini ko‘rsatadi.
Demak, shunday ekan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlari Qoraqalpog‘istonda ham ustuvor ekanligi, bajarilishi
majburiy ekanligi
qonuniydir.
Bu bajarilishi jihatdan 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining
Qoraqalpog‘istonda ustunligini ko‘rsatsa, bu holat 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog'iston
konstitutsiyalari va qonunlari munosabatida Qoraqalpog'iston Konstitutsiyasi va
qonunlari 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bolmasligi qoidasining
belgilanishida ham ko‘rinadi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 16-moddasidagi: «Birorta
ham qonun yoki
boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi
mumkin emas», - degan qoida 0 ‘zbekistonda, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda
qabul qilinadigan har qanday normativ-huquqiy hujjatlarning 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasiga mos kelishi, unga zid bo‘lmasligini nazarda tutadi.
Bu masala 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 71-moddasida: «Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Konstitutsiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga zid
bo‘lishi mumkin emas», 72-moddasida esa: « 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir», - degan qoidalar
asosida hal qilingan.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining Qoraqalpog‘istonda ustunligi,
so‘zsiz
bajarilishi, Qoraqalpogliston Konstitutsiyasi va qonunlari 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmasligi Qoraqalpog‘iston Respublikasining
Konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Konstitutsiyasining 15-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasi va qonunlarining so‘zsiz tan olinishi alohida belgilab qo‘yilgan.
Yana shunga e’tibor berish kerakki, ayrim masalalarda Qoraqalpog‘istonda
m axsus Qoraqalpog‘iston Respublikasi
qonuni qabul qilinmasdan, masala
0 ‘zbekiston qonuni bilan tartibga solinaveradi. M asalan, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida fuqarolikka ega bo‘lish va
uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi
to‘g ‘risidagi qonun bilan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Demak, 0 ‘zbekistonning ayrim qonunlari Qoraqalpog‘istonda to‘g ‘ridan-
to‘g ‘ri amal qiladi. Shu masala bo‘yicha Qoraqalpog'iston o‘zining
qonunini
qabul qilishiga hojat yo‘q.
202
Ayrim masalalar esa, Qoraqalpog‘istonning o‘z qonuni bilan tartibga
solinadi. Masalan, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qoraqalpog‘iston
Qonuni mavjud, lekin bu qonun 0 ‘zbekistonning shunday qonuniga zid emas.
0 ‘zbekiston
va
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
va qonunlari munosabatini to‘g ‘ri ta’minlashda 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi muhim rol o‘ynaydi. Konstitutsiyaviy
sudning vazifalarini
belgilovchi Konstitutsiyaning 109-moddasi 2-bandida: «Konstitutsiyaviy sud
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
qonunlari 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g ‘risida
xulosa beradi», - deb qayd qilingan.
Dostları ilə paylaş: