aholining urf-odatlari, qadriyatlari, tarixiy tajribasini hisobga oladi va o‘ziga
m a’qul m a’muriy-hududiy birliklarni o‘rnatadi.
M a ’muriy-hududiy tuzilish konstitutsiyaviy asosda
hal qilinadigan ijtimoiy
munosobatlar qatoriga kiradi.
Shuning uchun, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasida:
« 0 ‘zbekiston
Respublikasi
viloyatlar,
tumanlar,
shaharlar,
shaharchalar,
qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat», - deb
belgilangan. Bu, birinchidan, 0 ‘zbekiston hududi nimalardan iborat bolishini,
ikkinchidan, 0 ‘zbekiston hududining, qanday m a’muriy
birliklardan tashkil
topganini ko‘rsatadi.
Bu hududiy birliklarning huquqiy maqomi, hududiy holati, aholisining soni,
moddiy ne’matlar ishlab chiqishi yoki aholi m ashg‘ulotiga qarab bir-biridan farq
qiladi.
0 ‘zbekiston ma’muriy-hududiy
birliklarini huquqiy maqomi, darajasiga qarab
uchga bo‘lish mumkin.
Birinchisi, yuqori pog‘ona - unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri;
ikkinchisiga, tuman va shaharlar; uchinchisiga, shaharlar,
shaharchalar, qishloqlar va ovullar kiradi.
Tuman va shahar bir maqomdagi ma’muriy-hududiy birlik bo‘lsa-da,
ular ijtimoiy hayot, kishilarning asosiy m ashg‘ulotlari,
ishlab chiqarishdagi
ishtirokiga qarab bir-biridan farq qiladi. Tumanlar, asosan, qishloq xo‘jaligi
bilan, shaharlar sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari,
tum anga bo‘ysunuvchi shahar va shahar tarkibidagi tum anlar ham mavjud,
ularning faoliyat doirasidan maqomi belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: