4-§. Ommaviy axborot vositalari faoliyatida senzuraga yo4l qo4yilm asligi 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida so‘z va axborot erkinligi
m ustahkamlab qo‘yilishi bilan birga, axborot olish va tarqatishda ayrim
cheklashlar bo‘lishi ham belgilab qo‘yilgan. Unga asosan, faqat konstitutsiyaviy
tuzum ga qarshi axborotlarni cheklash mumkin. Shuningdek, davlat siriga
taalluqli cheklashlar ham bo‘lishi belgilanadi.
M amlakatimizda maxsus «Davlat sirlarini saqlash to‘g ‘risida»gi Qonun
mavjud bo‘lib, unda: «Davlat tomonidan qo‘llaniladigan va maxsus ro‘yxatlar bilan
chegaralab qo‘yilgan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga ma’lumotlar 0 ‘zbekiston Respublikasining
davlat sirlari hisoblanadi», - deb belgilangan. Bunday m a’lumotlarni oshkor
qilishga hech qanday jurnalist, ommaviy axborot vositalari haqli emas.
Konstitutsiyaning 67-moddasida: «Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi», - degan
qoida mavjud. Senzura ma’lumotlarni e’lon qilingunga qadar o‘qish, uni tarqatish,
qo‘shimchalar kiritish yoki umum an nashr qilishni cheklashdir. Ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilinayotgan m a’lumotlarda davlat siriga zid, konstitutsiyaviy
tuzum ga qarshi m a’lumotlar bo‘lmasa, ularni o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish,
ayrimlarini olib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi, degan qoida shu m a’noni beradi.
Ommaviy axborot vositalarida senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi qoidasining
Konstitutsiyaga kiritilishi sababi, avvalgi tuzum (sovet tuzumi)da ommaviy
axborot vositalari nashriy faoliyati nihoyatda senzuralashgan, hech qanday
m a’lumot avvaldan o‘qib chiqilmay, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritilmasdan, ayrim joylari olib tashlanmasdan nashr qilinmas edi.
Senzura ommaviy axborot vositalarining erkinligini, umuman, so‘z, fikr
erkinligini cheklovchi kuchli vosita edi. Konstitutsiyada ommaviy axborot
vositalari faoliyatida senzuraga yo‘l qo‘yilmasligini belgilovchi qoidaning
kiritilganligi, ommaviy axborot vositalari, umum an, jamiyatda so‘z, fikrlash
erkinligini ro‘yobga chiqaruvchi, ta ’minlovchi muhim shart hisoblanadi.
Senzuraning yo‘qligi ommaviy axborot vositalari o‘rtasida sog‘lom raqobatning
mavjud bo‘lishini, kuchayishini, jurnalistlarning ijodiy tashabbuskorlik faoliyati
rivojlanishini ta ’minlovchi muhim vositasidir.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga taalluqli barcha qonunlarda ham
senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.
191
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunlarda qanday
masalalarda m a’lumotlar oshkor qilinmasligi ham belgilab qo‘yilgan. Bular
xavfsizlik, fuqaro manfaatlaridan kelib chiqadi.