Jurnalistning erkinligini ta’minlovchi qonun bo'lishining o‘zi
kifoya emas, u
bu erkinlikdan to‘g ‘ri va maqsadli foydalanishi uchun yetarli bilimga, malakaga
ega bo‘lishi kerak.
Shuning uchun mamlakatimizda jurnalistlar va
ommaviy axborot vositalari
xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Ularni
tayyorlash jahon tajribalariga mos ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Avvalgi jurnalistlar tayyorlash maskanlari
qayta tashkil qilindi, zamonaviy
jihozlar bilan jihozlandi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida xalqaro jurnalistlar
tayyorlovchi
fakultetlar, kurslar ochildi. Bu borada Vazirlar M ahkamasining
1999-yil 26-fevraldagi «Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini
takomillashtirish to‘g ‘risida»gi Qarori, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
2005-yil 2-iyundagi « 0 ‘zbekiston Milliy universiteti huzurida ikki yillik maxsus
Oliy jurnalistika kursini ochish to‘g ‘risida»gi1 hamda 2018-yil 24-maydagi
« 0 ‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil
etish to‘g ‘risida»gi qarorlarining qabul qilinishi muhim ahaniyat kasb etdi.
Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalarining
qonun asosida ishlashi
belgilangan. Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga taalluqli ko‘plab maxsus
qonunlar mavjud, ularning ba’zilarini tilga olib o‘tdik. Bundan tashqari, yana
ko‘plab
qonunlar borki, ularda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyatiga
tegishli qoidalar mavjud. Masalan, «Axborotlashtirish to‘g ‘risida», «Reklama
to‘g ‘risida», «Davlat sirlarini saqlash to‘g ‘rsida»gi qonunlar va boshqa qonunlar.
M amlakatimizning 27 yilligi davrida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga
taalluqli ko‘plab yangi qonunlar qabul qilindi yoki mavjud qonunlarga o‘zgartirish,
qo‘shimchalar kiritildi.
OAVni tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishning
yangi bosqichi
2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan.
Dostları ilə paylaş: